Xodimlarni mukofatlash tamoyili. Reja: «Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fanining obyekti va predmeti


«MEHNATNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH» FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA VAZIFASI



Yüklə 97,63 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü97,63 Kb.
#141050
1   2   3
husni akas222

2.«MEHNATNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH»
FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA VAZIFASI

Mehnat jarayoni tarkibiy qismlari (usul va uslublar)ning murakkabligi va xilma-xilligi, ularining bajarilish tartibini mustaqil tanlash, hisoblash, loyihalashtirish va muvofiqlashtirish imkoniyatlari mehnatning mazmuniga muhim o‘zgarishlar kiritadi. SHuni ta'kidlash joizki, mehnatni tashkil etish, normalash va uni boshqarishning obyekti jonli mehnat bo‘lgani uchun bu fanning o‘tmishdagi buyumlashgan mehnat bilan aloqasi yo‘q, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Aksincha, ular bir-birlari bilan juda ham yaqin va aloqador hamda bog‘liq, chunki buyumlashgan mehnat sarfi normasining ko‘payishi, masalan, bir oddiy va hayotiy misolni olsak, ya'ni ketmon dastasi tayyorlashda jihozning kesish chuqurligi haddan tashqari, ya'ni normada ko‘rsatilganidan ko‘p, yanada chuqurroq bo‘lsa, bu holat jonli mehnat sarfining ham ko‘payishiga olib keladi. O‘z navbatida, jihozning ishlash tartibini asoslanmagan ravishda oshirish natijasida, qo‘shimcha jonli mehnat sarfini qisqartirishga intilish esa, asbob-uskunalarning muddatidan oldin sinishiga, jihozlarning haddan tashqari yemirilishiga, eskirishiga yoki ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi, ya'ni buyumlashgan mehnat sarfi miqdorini ko‘paytiradi.
«Mehnatni tashkil etish va boshqarish» iqtisodiy fanlardan biri bo‘lib, mehnatni yengillashtirish, osonlashtirish va unumdorligini oshirish maqsadida sifat jihatidan bajariladigan ish, xizmat mazmunini va bajarish usullarini, uslublarini, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi shakllarini, mehnat sharoitini, vaqt sarflarini kuzatish va o‘lchash, mehnatni normalash uslublarini tashkil etishni o‘rganadi va ularni yanada takomillashtiradi.
Korxonalarda xodimlar mehnat faoliyatining eng samarali bo‘lishini ta'minlovchi atroflicha sharoit yaratish maqsadida mehnatni o‘rganish, takomillashtirish va har tomonlama aoslangan mehnat normalarini belgilashning nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqish hamda ish vaqtidan samarali foydalanish asosida mehnat unumdorligini o‘stirish imkoniyatlarini qidirib topish «Mehnatni tashkil etish va normalash» fanining predmetidir.
Ming afsuski, mehnat unumdorligini oshirishni sekinlashtiruvchi va to‘xtatuvchi omillar bozor iqtisodiyotining hozirgi sharoitida ham mavjud. Chunki, mahsulot ishlab chiqarayotgan, xizmat ko‘rsatayotgan korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarini to‘xtovsiz kamaytirish, tayyorlanayotgan mahsulotlarning hajmini ko‘paytirish bilan emas, balki
o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar yoki ko‘rsatayotgan xizmatlar kamchilligidan, tanqisligidan foydalanib, ularning baholarini oshirish evaziga rejalashtirilgan miqdorda daromad (foyda) olishga
erishmoqdalar. Bunday hol, o‘z navbatida, nafaqat boshqarib bo‘lmaydigan inflyasiya jarayonining yanada rivojlanishini kuchaytiradi, balki har tomonlama ilmiy asoslangan mehnat normalarini keng joriy etib, mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish va boshqarish xarajatlarini qisqartirishga umuman imkon bermaydi.Mehnatni tashkil etish tekshirish, tahlil etish, hisoblash, tatbiq etish, nazorat, tashkiliy va texnikaviy ishlar qamrovidagi masalalar majmuini o‘z ichiga olib, uning mazmuni quyidagilar bilan belgilanadi:

  • korxonalarda texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish ishining rivojlanishi;

  • xodimlarning madaniy-texnik darajasi o‘sib borishi munosabati bilan mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini takomillashtirilishidan;

  • bu vazifalar ijobiy hal etilishi uchun ijrochilarni joy-joyiga qo‘yish va ish vaqtidan foydalanishning eng maqsadga muvofiq yo‘llarini belgilash;

  • ko‘p jihatdan, agregatda va ish joyida ishlash hamda kasblar o‘rindoshligining eng samarali shakllarini tanlash, ishlab chiqarish jamoasidagi har bir a'zoning vazifalari, huquq va burchlarini aniq belgilashdan;

  • ish joylarini tashkil etish va ijrochini uning fiziologik va antropometrik xarakteriga hamda estetik idrokiga mos bo‘lgan asbob- uskunalar bilan ta'minlash, ish joylariga xizmat ko‘rsatishni uzluksiz yaxshilab borishdan, ish vaqtining isrof bo‘lishini yo‘qotadigan eng samarali xizmat ko‘rsatish tartiblarini joriy qilishdan;

  • mehnat jarayonini takomillashtirish, mehnatning ilg‘or usul va uslublarini joriy qilish, bunga xodimlarning yuqori mehnat unumdorligini ta'min etuvchi eng oqilona mehnat jarayonini loyihalash va tatbiq qilish, shuningdek, mehnatning ilg‘or usul va uslublarini aniqlash, o‘rganish, tanlash va yoyish yo‘li bilan erishishdan;

  • xodimlarni tanlash, tayyorlash, ularning malakalarini oshirishni tashkil etishni, bu jarayondagi ish shakllarini yaxshilash3.


Yüklə 97,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə