"Og'ir va o'layotgan bemorlar bilan muloqotning o'ziga xosligi"



Yüklə 367,52 Kb.
tarix10.04.2023
ölçüsü367,52 Kb.
#104876
Og\'ir va o\'layotgan bemorlar bilan muloqotning o\'ziga xosligi








 Bemor bilan muomalaga kirishishning


o 'ziga yarasha shartlari bor, albatta. Shifokor bemor xastaligining taxminiy diagnozini, shaxsini, kasbini, ijtimoiy sharoitini, saviyasini, dunyoqarashini, bilim darajasini, lashqi psixik belgilarini o 'rganganidan so 'ng, o 'zini ham bu muloqotga ruhan tayyorlaganidan keyingina u bilan muloqot qilish uchun ma'naviy haqqi paydo bo'ladi.

 Bemor va shifokor muloqoti (shartli ravishda) ikki doirada kechadi. Birinchi, tashqi doira zanjirida yuqorida aytilgandek, shifokorning bemor bilan muloqotga tayyorlanish bosqichidagi amallar kiradi. Ikkinchi, ichki doirani esa bemor shaxsini, uning kasallik sabablarini begilovchi dalillar zanjiri tashkil etadi.





    • Birinchi doira sohibining mahorat darajasi qay darajada yuksakligi uning ikkinchi doiraga

«ko'prik» sola olish san'ati Man belgilanadi. Aynan shu «ko'prik» solinganidan so'ng bemor shifokorga ishonch va umid ko'zi bilan qaray boshlaydi.



    • Shifokor, bemor bilan muloqotga kirishar ekan, uning ko 'z o 'ngida ma 'lum ma'noda kamchiliklardan holi, yuksak axloqli inson sifatida gavdalanishi zarur. O'z axloq normalarini to'g'ri belgilay olmagan shifokor bemor ko'z o'ngida obro'sizlanadi. Obro'sini yo'qotgan shifokorning esa, tabiiyki, o'z bemori bilan talab qilingan saviyada muloqot qilishga ma'naviy haqqi bo'Imaydi. Shifokor ma'naviyati deganda, ma'nili fikrlashi, so'zlashi, shuningdek shaxsiyatidagi, tarbiya va odobidagi hamda amaliyotidagi barcha ijobiy xatti-harakatlar majmuasi tushuniladi.

 Allomalar aytadilar-ku, yer yuzida uzoq muddat
qamal qo'yishga eng muhtoj narsa tildir, deb. Shifokor aynan shu qoidadan holi sub'ekt bo'lmog'i kerak. Shuningdek, bemor bilan muloqotda uning diqqati va ixtiyorini shifokor suiste'mol qilmasligi, ya'ni so'zda me'yorni saqlay bilishi muhim. Aytar so'zni ayt, aytmas so'zdan qayt, deydilar. Shifokor bemor bilan muloqotda unga baayni zarur gaplardan so'zlamog'i uning amaliyoti uchun juda foydalidir. Ibn Burayda aytadi:«... Yaxshi so'zlarni so'zlagin, foyda topgaysan, yomon so'zni aytishdan o'zingni tiygin, salomat bo'lgaysan...» Zero, «Inson a'zolari ichida eng harakatchan va juda yengil harakat qiladigani til bo'Iib, shu bilan birga insonga eng zararlisi ham udir»


  • Zero, I.V. Gyote aytgandek, «so'zni ishonch bilan gapir, eshituvchilarga ta'sir etish esa o'z o'zidan kelib qoladi».

  • Tibbiyot ilmiy allomalaridan bo'lmish

Buqrot: «San'atlar ichida tabobat eng olijanob san'atdir», - deb ta'kidlagan. Yana
Buqrot: «Bemorni dori bilan emas, balki so 'z bilan davolash afzal» desa, Abu Ali ibn Sino uning bu fikrini quvvatlarkan: «Bemor borki, uni so'z bilan davolasa bo 'ladi», - deb aytgan.



  • Shifokor bemor bilan samimiy, chin ko’ngildan, uning shaxsini xurmat qilib, qo’llab-quvvatlab, aniq va tushunarli muloqat o’rnatishi kerak. Bemorda muloqat davrida turli extiyojlar kelib chiqishi mumkin. Bunda ularga maslaxatlar berish, ko’nglini ko’tarish, tinchlantirish yoki u bilan ijtimoiy aloqa o’rnatish lozim, bu vaqtda shifokorga uning tajribasi, muloqat ko’nikmalari va muommala vositasi katta axamiyat kasb etadi.




    • Ishtirok etish xissi.

    • Eshita bilish.

    • Tushuna bilish.

    • Qaygusiga sherik bo’lish.

    • O’zi xam samimiy bo’lishi unga ko’nglini ochib

borishi.

    • Begona qarashlarni to’g’ri qabul qilish.

    • Xamdardlik bildirish.

    • Xaqgo’ylik.

    • Shaxsini, axloq-odobini xurmat qilish.

    • Insonparvarlik, inson shaxsini, fazilatlarini xurmat qilish.

Ezgulik, yaxshilik xususiyati..




Yüklə 367,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə