Ограждения дорожные. Методы


Sinov natijalariga ishlov berish



Yüklə 358,97 Kb.
səhifə11/13
tarix22.03.2024
ölçüsü358,97 Kb.
#183385
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
3486 Йўл тўсиқлари Натурал синов усуллари Стандарт вариант lotin

6 Sinov natijalariga ishlov berish


6.1 Ruxsat etilgan tasma doirasida chiqib ketish xavfsizligini baholash ishlari sinov avtomobilining tepasidan va uning harakatiga qarama-qarshi yo‘nalishda amalga oshirilgan kino va/yoki video tasvirlarga ishlov berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Transport vositasining chiqib ketish jarayonidagi trayektoriyasi 2-rasmda taqdim etilgan sxemaga muvofiq baholanadi.
2 Rrasm Avtomobil to‘siqqa urilganidan keyin avtomobilning chiqib ketish koridori chegaralari
1–urilish trayektoriyasi; 2 -to‘siq; 3–xavfsizlik talablarini qondiradigan chiqib ketish trayektoriyasi; 4–xavfsizlik talablarini qondirmaydigan chiqib ketish trayektoriyasi.
Sinov avtomobili to‘siq bilan o‘zaro taʼsirga kirishganidan keyin V koridor uzunligida K kenglikdagi tasma doirasida harakatlanadigan chiqib ketish xavfsiz chiqib ketish hisoblanadi (2 Rasm). Old g‘ildirakning harakatlanish trayektoriyasi to‘siq tomondan ko‘rib chiqiladi. Koridor uzunligi V yengil va yuk (avtobus) avtomobili tomonidan urilganda mos ravishda 10 m yoki 20 m ga teng deb qabul qilinadi. Koridor kengligi (1) formula bo‘yicha aniqlanadi
K=C+0,16*L+0,22*B (1)
bu yerda: C va L sinov avtomobilining gabarit kengligi va uzunligi, m.


7. EN 1317-1 va EN 1317-2 Yevropa standartlarida to‘siqning ushlab qolish qobiliyatiga qo‘yiladigan asosiy xavfsizlik talablari


To‘siqning maʼlum darajadagi ushlab qolish qobiliyatini aniqlash maqsadida sinovda quyidagi xavfsizlik talablari bajarilishi zarur (dinamik egilish va ishchi kenglikdan tashqari):
a) to‘siqning hech bir qismi undan ajralib chiqishi va boshqa transport vositalari, yo‘lovchilar va yo‘l ishlarini bajarayotgan ishchilarga jiddiy xavf tug‘dirmasligi kerak;
b) to‘siqning alohida qismlari transport vositasining saloniga va kabinaga tushmasligi zarur;
v) transport vositasi to‘siq bilan to‘qnashgandan so‘ng to‘siq ustida yoki harakatlanish qismiga ag‘darilib ketmasligi va transport vositasiing og‘irlik markazi to‘siqning markaziy o‘qini kesib o‘tmasligi zarur;
g) ushlab qolingan transport vositasi g‘ildirak izi V masofagacha to‘siqning transport vositasi tomonidagi yuzasidan o‘tkazilgan chiziqni va A parametr, transport vositasining eni va uning uzunligining 16 % teng bo‘lgan uzunlik yig‘indisiga teng bo‘lgan masofadagi chiziqni kesib o‘tmasligi zarur.
A va B parametrlar (masofalar) qiymatlari 3 Jadvalda keltirilgan.
3 Jadval

Avtomobil turi

А(m)

В(m)

Yengil

2,2

10,0

Yuk avtomobili yoki avtobus

4,4

20,0

d) transport vositasining saloning deformatsiyasi haydovchi va yo‘lovchilarning jiddiy shikastlanishiga olib kelmasligi zarur;


е) yengil avtombilning to‘siqga urilgandagi inersion o‘ta yuklanishi (jarohatlanish og‘irligi indeksi) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
ASI = [(Nx/12)2 + (Ny/12) + (Nz/12)]0,5, (2)
va u quyidagi chegaraviy qiymatlardan ortib ketmasligi zarur - А (1,0) yoki В (1,4). Keltirilgan formulalarda Nx, Ny va Nz – avtomobil og‘irlik markazidagi inersion o‘ta yuklanishning uch o‘q bo‘yicha taʼsir etuvchi o‘rtacha qiymatlari.



Yüklə 358,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə