Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə110/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

A

B

D




A

B

D

1.

10

8

7

6.

4

7

0

2.

7

3

1

7.

9

4

7

3.

6

7

3

8.

9

1

7

4.

10

2

7

9.

2

1

7

5.

2

7

10

10.

10

7

5

Test natijalari tahlili:
30 balldan kam bo’lsa: balkim siz uchun do’stona munosabatlar uning shaxsidan muhimroqdir.Balkim siz uni etarli darajada bilmasdirsiz, aniqroqi uning tashqi ko’rinishidan qoniqasiz xolos. «Mana qanday g’alabaga erishdim, kimni o’zimga rom qilib oldim!», — degandek. Ba’zan bunday holat yoqimli hamdir, biroq ehtiyot bo’ling, axir Siz birovlar uchun emas, balki o’zingiz uchun juft tanlayapsiz!
31 dan 65 ballgacha: Ideal sevgi shunaqa: Siz o’z tanlaganingizning tashqi ko’rinishini ham, xarakterini ham sevasiz, uning nafaqat afzalliklarini, yaxshi xislatlarini qadrlab qolmay, balki yaxlitligicha qabul qilasiz. Siz uni bilishga va tushunishga intilasiz. Albatta, sizga o’z hayotingizni bajonidil baham ko’rishni istagan odamingiz bilan qiziqmasangiz, yana boshqa kim bilan qiziqasiz. Siz ikkovingiz hamma narsaga qodir ekanligingizni his qilasiz.
65 balldan ko’pi: Sevgi — ajoyib narsa! Faqat u agar ikkovlon sevgining o’zini emas, balki bir-birlari sevsa uzoq davom etishi mumkin. Siz o’z predmetingiz bilan shu qadar mashg’ul bo’lib ketgansizki, odamning o’zini ko’rmaysiz, balkim u haqidagi o’z tasavvuringizga asoslanasiz. Balkim siz o’z sevgilingizda, agar uni o’z fantaziyangizda yaratilgan ideal obrazgagina asoslanib qolmay, uni yaqindan bilishga intilsangiz pushaymon bo’lmaysiz. Sevgi barcha tuyg’ular ichida eng qudratlisidir, shuning uchun ham u aql-u xayolni, qalb va vujudni egallab oladi. F.Volter.
4-TEST. «SEVGI-MUHABBATGA LOYIQMISIZ?» TESTI.
O’zbekistonning taniqli yozuvchilaridan bo’lgan Pirimqul Qodirov ta’kidlaganidek «Sevgi — bu shunday bir ulug’ va ilohiy so’zdirki, kimdir bu so’zni bir gap bilan, kimdir ko’p gap bilan, va yana kimdir aytolmay qoladi». Quyida taklif etilayotgan test biz oilaviy hayot kechishi yoki kimgadir keraklilik hissi bo’lishi uchun shaxsning o’zi bu hisga loyiqligini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun siz quyidagi gaplarni «ha» yoki «yo’q» so’zlari bilan tasdiqlashingiz kerak bo’ladi.
1. Erkak kishi, menimcha, hamisha ayolga nisbatan faolroq bo’lishi kerak.
2. Men sevimli kishimga hatto arzimas sababga ko’ra ham shodlik bag’ishlashni yaxshi ko’raman.
3. Begona kishilar orasida sevimli, muloyim bo’lishdan o’zimni yo’qotib qo’yaman.
4. Sevimli kishimga o’zimni nihoyatda zarur, deb hisoblayman.
5. Hamkorlikdagi hayotning 15 yilidan keyin xislatlar asosiy narsaga aylanadi.
6. Men osonlik bilan o’z his-tuyg’ularimni namoyon etamanva ular haqida bamaylixotir gapira olaman.
7. Farzandlarim, uyim, xislatlarim bo’lmaganida hayotimni o’zgartirardim.
8. Taqdirim bilan bog’liq bo’lgan kishi men uchun eng aziz va mehribon inson sanaladi.
9. Ochig’ini aytganda, sevgi nima ekanini aytishga qiynalaman.
10. Men sevadigan inson bilan oramizda yuz berayotgan narsalar juda muhim va asosan o’zim uchun.
11. Men sevgilimni sog’inishdan ko’ra, uni ko’proq rashk qilaman.
12. Taqdir meni bog’lagan insonni juda sevaman.
13. Ayrim paytlari sevgan insondan charchab ketaman.
14. Har doim suyukli kishini shod etishga harakat qilaman.
15. Ba’zi hollarda bir-birimizni tushunmayotgandek va turmushimizni turlicha tasavvur etayotgandek tuyuladi.
16. Oilaviy hayot muvaffaqiyatli bo’lishi uchun muhim qarorlarni er-xotindan biri qabul qilishi lozim.
Test natijalarini baholash:

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə