Оила психологияси


Test natijalarini baholash



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə112/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Test natijalarini baholash:
2,4,6,8,10,12,14,16 — savollardagi «ha» va

  1. 3,5,7,9,11,13,15 — savollardagi «yo‘q»

javobiga 10 balldan, har bir savol belgisiga 5 balldan qo‘shing.
Test natijalari tahlili:
100—160 ball. Siz his-hayajonga beriladigan odamlar turiga mansubdirsiz. Chuqur sevish xislatiga egasiz va vafodor bo‘la olasiz, o‘z muhabbatingizdan tortinmaysiz va uni namoyon eta bilasiz. Ammo ba’zi bir holatlarda muhabbatingiz Siz uchun qayg‘u-alam manbayiga aylanishi, yaqin kishingiz bilan muno- sabatdagi qiyinchiliklar haqiqiy fojiaga sabab bo‘lishi mumkin. Sevgining murakkab san’atini o‘rganib olish uchun barcha ko‘rsatkichlarga egasiz, chunki sizda sevish va shunday javob his-tuyg‘ularini uyg‘otish qobiliyati mujassam.
50—99 ball. Siz ta’sirchan insonsiz. His-tuyg‘u masalasi hayot uning hamma vaqt ham birinchi o‘rinda turmasligini is- botlab bergan bo‘lsa-da, siz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday holatlar bo‘lganki, tuyg‘u butunlay sizni qamrab ol­gan, biroq bu vaziyatlarda o‘zingizni yo‘qotish xavfi sizdan yiroq. Realizm, sabr-bardosh, ayrim paytlarda g‘urur — aynan shular sizning xatti-harakatingizni boshqarib turadi. O‘zgarib turish xususiyatingiz sevgilingiz tomonidan unga nisbatan sovuqlik yoki erkatoylik, deb qabul qilinishi mumkin.
5-test. «Nikohga ma’naviy tayyorgarlik» testi.
Tekshirilayotgan odam quyidagi keltirilgan 16 ta savol va tasdiqlarning har biriga berilgan javoblardan birini, ya’ni o‘z qarashlariga mos kelganini tanlab javob berishi kerak.
Bunda: butunlay qo‘shilaman — 5 ball, qo‘shilaman — 4 ball, biror narsa deyish qiyin — 3 ball, qo‘shilmayman — 2 ball, mutlaqo qo‘shilmayman — 1 ball sifatida baholanadi.

  1. Agar odamlar oila-oila bo‘lib yashashni bas qilsalar, un­da hayot nihoyatda jozibasiz bo‘lib qolgan bo‘lar edi.

  2. Oilaviy hayotning yaxshi bo‘lishida maxsus bilimlardan ko‘ra omadning ahamiyati kattadir.

  3. Erta boshlangan jinsiy hayot nafaqat sog‘liqqa, balki bo‘lajak oilaning muvaffaqiyatiga ham katta ziyon keltiradi.

  4. Agar turmush o‘rtog‘i bilan yumshoq munosabatda bo‘linsa, uning holati e’tiborga olinaversa, unga achinilsa, hamdardlik qilinaversa, o‘z ko‘zlaganingga erishish juda qiyin bo‘ladi.

  5. Topshirilgan ishni oxirigacha bajarish — bu men uchun burchdir.

  6. Ota-onalar va ularning voyaga yetgan farzandlari bilan bo‘ladigan nizolar bartaraf qilinib bo‘linmaydigan muqarrar ni- zolardir.

  7. Men o‘z tengdoshlarim bilan bo‘ladigan nizolarni bar­taraf eta olaman.

  8. Xotin (er) oldida o‘z odatlaridan qaytishi yoki ularni o‘zgartirishi kerak emas, chunki bu tobelikka olib keladi.

  9. Har kim o‘z baxtini yaratuvchisidir, degan ibora oilaviy hayotga butunlay taalluqlidir.

  10. Men, oila ko‘proq hayotdan qoniqqanlikka olib kelishi­ga ishonaman.

  11. Agar odamda ezgulik, xushmuomalalik bor bo‘lsa, de­mak oilaviy hayot uchun juda ko‘p narsa bordir.

  12. Agar oilaviy hayot xuddi orzu qilinganidek yaxshi tashkil qilinmayotgan bo‘lsa, unda hech qanday chora uning buzilishining oldini ola olmaydi, shuning uchun yaxshisi ajra- lishgan ma’qul.

  13. Men doimo ota-onamni tushunishga harakat qilaman, agar ularning talablari haqligiga ishonsam, ularga bo‘ysuna- man.

  14. Kishining ayrim beparvoligi va yengiltakligi, hatto oilaviy hayotni mustahkamlaydi ham.

  15. Kimki o‘zini oilaviy hayotga to‘la tayyorman desa, tez- da o‘zini qayta baholashga to‘g‘ri keladi. Chunki doimo ni- manidir o‘rganish va o‘zida nimanidir o‘zgartirishga to‘g‘ri ke­ladigan narsalar mavjud.

  16. Qarama-qarshi jins vakillari bilan muloqotda bo‘lar ekan, odamga o‘zini atay xushmuomala va sertakalluf tutishning zarurati yo‘q.



Tasdiqlarning yuqoridagi ro‘yxatdagi tartib raqamlari bo‘yicha toq va juft raqamli tasdiqlar bo‘yicha olingan ballar yig‘indilari alohida-alohida hisoblab chiqariladi.

  1. toq nomerlar yig‘indisi.

  2. juft nomerlar yig‘indisi.

Natija quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
32+S1-S2
K= x 100%
64
Agar topilgan son, ya’ni K 50% dan kam bo‘lsa — shaxs­ning oilaviy hayotga ma’naviy tayyorgarligi past darajada bo‘la- di.
Agar K 50% dan ko‘p bo‘lsa — oilaviy hayotga ma’naviy tayyorgarlik o‘rtacha va yuqori darajada bo‘ladi.



Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə