|
Oilada bola tarbiyasi masalasining pedagogik va psixologik tomondanDo`sjonova Nilufar Rustam qizi часть
1
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
864
o‘stirish uchun musiqa o‘rganmoq kerak, ammo rasm chizish singari musiqa o‘rganish ham
oddiy hunarga aylanib ketmasligini kuzatib turish muhim deydi. U xotin-qizlarning tarbiyasi
xususida gapirib, bu erkaklarning tarbiyasiga o‘xshab ketmasligini, chunki ularning tabiati
mutloq erkaklarnikidan farq qilishini aytadi.
Atomizm nazariyasini yaratgan atoqli faylasuf - materialist Demokritning qarashlari
(eramizdan avvalgi 460-370 yillar) qadimgi yunon falsafasining cho‘qqisidir. U o‘z
nazariyasida tabiat qonunlariga, xurofotni va qo‘rquvni emirib tashlaydigan chinakam
bilimlarga murojaat qiladi. Demokrit tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini
birinchi bo‘lib ilgari surdi. “Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o‘xshaydi” deb yozadi u. Demokrit
“ta’lim mehnat asosidagina go‘zal narsalarni hosil qiladi”, deb, tarbiya ishida mehnatning
roli juda katta ekanligini ta’kidladi.
Qadimgi yunon faylasuflari bola tarbiyasini jamiyat o‘z ixtiyoriga olishi, tarbiya
jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g‘oyani ilgari surgan edilar.
Ular o‘z fikrlarini farzand tarbiyasi jamiyat ma’nfaatlari bilan bog‘liq deb isbotlamoqchi
bo‘lganlar. Shunga ko‘ra bola tarbiyasi bilan, asosan, davlat shug‘ullanishi kerak, degan
g‘oya ilgari surilgan. Ammo, Sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan, asosan, ota-ona
shug‘ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta
e’tibor berganlar.
Eramizdan avvalgi 528-529 yillar orasida buyuk mutafakkir Zardusht tomonidan
yaratilgan “Avesto” kitobida ham ta’lim-tarbiyaga, axloq-odobga oid qator g‘oya va
qarashlarni ko‘rish mumkin. “Avesto”da ta’kidlanishicha, tarbiya hayotning tayanchi, shu
boisdan har bir yoshni yaxshi o‘qish va yozishga o‘rgatish lozim. Uni yosh paytidanoq
mehnat qilib, mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish uchun daraxt ko‘chati o‘tkazishga,
uy-ro‘zg‘or qurollari yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga o‘rgatilishi
shart. Zotan uning fikricha, yaxshi va ezgu ishlar yaratish uchun kishi mehnat qilishi zarur,
o‘z qo‘llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratmas ekan, u yashash lazzatini ham his
qilmaydi, hayotning qadriga ham yetmaydi deb hisoblagan.
Qur’oni Karim, hadisi shariflarda oila, oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaga oid
bir butun izchil qarashlar tizimi mavjud bo‘lib, u o‘z ichiga oilaning shakllanishi, rivojlanishi
va mustahkamlanishiga qaratilgan barcha jihatlarni qamrab oladi. Islomiy ma’naviyatda
bolani oilada axloqiy tarbiyalash haqidagi qarashlar insoniylik, ezgulik va yaxshlikka da’vat
etgani uchun ham umuminsoniy mazmunga egadir. Bunga misol tariqasida Qur`oni
Karimning 136-hadisid hech bir ota o'z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros
berolmasligi aytib o`tilgan.
Sharq mutafakkirlari o`zlarining ilmiy merosida oila va oilada farzand tarbiyasi
masalalariga katta e’tibor berganlar. Ulardan biri Muhammad ibn Muso al Xorazmiy bo`lib,
u: «Ota-onalar ikki xil: tug‘ilish otasi va ta’lim berish otasi: birinchisi jismoniy hayot sababli,
ikkinchisi ruhiy hayot sababli»,-degan fikrni ilgari suradi. Shunga ko'ra ularni uzviy birlikda
olib qarash tarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir deb hisoblaydi.
Международный
научный
журнал
№
5
(100),
Dostları ilə paylaş: |
|
|