O’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash 8-mavzu: Elektr o’lchash vositalarini qiyoslash usullari


Elektrodinamik o’lchash asboblari



Yüklə 426,33 Kb.
səhifə4/6
tarix17.12.2023
ölçüsü426,33 Kb.
#149658
1   2   3   4   5   6
Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 8

Elektrodinamik o’lchash asboblari
Elektrodinamik o’lchash asbobi 1, 1'-qo’zg’almas g’altaklar; 2- qo’zg’aluvchan g’altakdan iborat.
Ikkita bir xil 1 va 11 qo’zg’almas g’altaklardan, qo’zg’aluvchan 2 g’altakdan o’zgarmas toklar I1, I2 o’tganda har bir o’ram atrofida magnit maydoni hosil bo’ladi (5-rasm). I1, I2toklar hosil qilgan magnit maydonlarining o’zaro ta’sirida aylantiruvchi moment M hosil bo’ladi. Tokli qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan g’altaklarning elektromagnit maydon energiyasi quyidagiga teng
bu yerda
L 1 - qo’zg’almas g’altakning induktivligi;
L2- qo’zg’aluvchan g’altak induktivligi bo’lib, ular g’altaklarning o’zaro holatiga bog’liq emas;
M12 - o’zaro induktivlik koeffitsienti bo’lib, uning qiymati qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan g’altak o’qlari o’rtasidagi burchakka bog’liq.
We qiymatini (1) ifodaga qo’yib aylantiruvchi moment ifodasini yozamiz
Aylantiruvchi va teskari ta’sir etuvchi momentlar o’zaro teng bo’lganlarida asbob qo’zg’aluvchan qismi uchun turg’un muvozanat holati vujudga keladi
bundan
ifoda elektrodinamik o’lchash mexanizmlarining shkala tenglamasi deb ataladi. Toklar o’zgaruvchan bo’lsa quyidagi ifodaga ega bo’lamiz
bu yerda p - I1 va I2 toklar o’rtasidagi faza siljish burchagi. I1 va I2 toklarning effektiv qiymati
Qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan g’altaklar ketma-ket ulanganda (15) ifoda quyidagicha yoziladi
Bunday asboblarning shkalasi notekis (kvadratik) xarakterga ega bo’ladi.Elektrodinamik o’lchash mexanizmlari ampermetr va volbtmetrlar sifatida kam ishlatiladi. Ular asosan quvvatni o’lchash uchun vattmetr sifatida va logometrik mexanizmi printsipida yasalganida esa fazometr va chastotomer sifatida ishlatiladi.
Afzalliklari:
  • ham o’zgaruvchan, ham o’zgarmas tok zanjirlarida ishlatiladi;
  • yuqori darajadagi aniqlikka ega;
  • elektr quvvati sarfini hisoblashda qo’llanilishi mumkin;
  • bir vaqtning o’zida ikkita kattalikni tekshirish mumkin.

  • Kamchiliklari:
  • xususiy energiya sarfi katta;
  • tashqi temperaturaga bog’liqligi kuchli;
  • katta qiymatlarni bevosita o’lchay olmaydi.


Yüklə 426,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə