O‘lchashlar birligini ta’minlash va etalonlar. Reja: O’lchashlar haqida


O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi



Yüklə 31,44 Kb.
səhifə4/4
tarix20.01.2023
ölçüsü31,44 Kb.
#98879
1   2   3   4
O‘lchashlar birligini ta’minlash va etalonlar. Reja O’lchashlar (1)

O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimiga doir ma’lumotlarni yoritishdan oldin o‘lchashlar va birlik etalonlar to‘g‘risidagi asosiy tushunchalarni qarab chiqamiz.
O‘lchov bu berilgan noaniq qiymatni oldindan birlik qilib qabul qilingan etalonlardan biri bilan solishtirishdir. O‘lchov bizga berilgan o‘lchanadigan kattalikni mikdoriy tavsiflashga imkon beradi. O‘lchov muxandislik va ilmiy soxalarda muxim ro‘l o‘ynaydi.[1]
O‘lchov birligining 2 ta asosiy talabi bor:
1. Taqqoslashda ishlatiladigan etalonlarning aniqligi yuqori va xalqaro miqyosda kelishilgan bo‘lishi kerak.
2. Taqqoslashda ishlatiladigan apparatura va uskunalar metrologik tasdiqlangan bo‘lishi kerak.[1]
O‘lchash jarayoni quyidagi ketma-ketlikda bo’lib o’tadi:

O‘lchash o’bekti => Taqqoslash => Natija => ETALON;
O‘lchash ob’ekti bu yerda o‘lchanishi lozim bo‘lgan kattalikni ifodalaydi. Qiymat oldindan mavjud bo‘lgan massa, uzunlik, vaqt va shu kabi etalonlar bilan taqqoslanib natijani xosil qiladi.
[1] Turli qiymatlarni (o‘lchov birliklarini) ifodalash uchun etalonlar ishlab chiqilgan bo‘lib, Parij yaqinidagi Sevr shahrida ”O‘lchov va Tarozilar” xalqaro byurosida saklanadi.
O‘lchov birliklarining etalonlari quyidagi sinflarga bo‘linadi:
- Xalqaro etalonlar;
- Birlamchi etalonlar;
- Ikkilamchi etalonlar;
- Ishchi etalonlar.
Xalqaro etalonlar- xalqaro o‘zaro kelishuvni ifodalaydi.Ular doimiy ravishda rivojlanib boradi va absolyut fizik o‘lchov birliklari orqali tekshirilib turiladi. Ushbu xalqaro etalonlar o‘lchash va kalibrlash kabi oddiy metrologik tadbirlarni bajarilishda ishlatilmaydi.[1]
Birlamchi etalonlarning asosiy funktsiyasi ikkilamchi etalonlarni kalibrlash va tekshirib turishdir. Birlamchi etalonlar turli davlatlarning Milliy Standart Labaratoriyalarida saqlanadi. Birlamchi etalonlar Milliy Labaratoriyalardan tashkarida foydalanish mumkin emas.[1]
Ikkilamchi etalonlar sanoat labaratoriyalarida o‘lchash va kalibrlash uchun asosiy etalon xisoblanadi. Ikkilamchi etalonlar kaysi sanoat yo‘nalishiga tegishliligidan kelib chiqgan xolda tasdiklanadi. Xar bir ikkilamchi etalonlar kalibrlash va birlamchi etalonlar bilan taqqoslash uchun Milliy Standartlash Labaratoriyalariga yuboriladi. [3]
O‘lchashlar birliligiga erishish mahsulotlar, xizmatlar, texnologiyalarning sifatini, xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha bajaradigan ishlarning asosidir. O‘lchashlar birliligini ta’minlash dunyodagi har bir mamlakat uchun davlat ahamiyatidagi masaladir. Ma’lumki, o‘lchashlar birliligi O‘zbekistonda o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi asosida amalga oshiriladi.
O‘lchashlar birliligi hozirgi zamon metrologiya faoliyatidagi asosiy tushunchasi bo‘lib hisoblanadi va o‘lchashning shunday holatini tavsiflaydiki, unda o‘lchash natijalari kattaliklarni qonunlashtirilgan birliklarida ifodalangan ularning xatoliklari esa berilgan ehtimollik bilan o‘rnatilgan chegarada bo‘ladi.

O‘lchashlar birliligini ta’minlashning ilmiy asosi bo‘lib o‘lchashlar to‘g‘risidagi “Metrologiya” fani hisoblanadi. Hozirgi zamon metrologiya 3 bo‘limdan iborat:
− nazariy metrologiya;
− qonuniy metrologiya;
amaliy metrologiya;


O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining texnikaviy asoslari bo‘lib hisoblanadi:
− Milliy etalonlar kompleksi bo‘lib ular kattalik birliklarini takrorlash va saqlash uchun mo‘ljallangan.
− O‘lchash vositalari va o‘lchashlarni bajarish usullarining qonuniyligini o‘rnatish tizimi.
− Birliklar o‘lchamligini etalonlardan ular bilan o‘zaro bo‘ysunishda bo‘lgan o‘lchash vositalariga uzatish tizimi.


Tizimning tashkiliy asosi bo‘lib, O‘zbekiston metrologiya xizmati hisoblanadi. Ushbu xizmat davlat metrologiya xizmati va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatidan tashkil topgan.

Tizimning qonuniy asosi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”dagi qonuni hisoblanadi.
Metrologiya xizmatining rahbariy va yetakchi markazi bo‘lib metrologiya bo‘yicha milliy organ O‘zstandart hisoblanadi. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart agentligi”)ning tashkiliy tuzilishi 1-rasmda, “O‘zstandart” agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-rasmda ketirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-son «O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va seritifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorinning 3-ilovasida “O‘zstandart” agentligi to‘g‘risida nizom keltirilgan.
“O‘zstandart” agentligi tuzilishi quyidagilar kiradi:
●Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari;
●Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda uning hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari;
●Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi;
●Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti;
●Milliy etalonlar markazi;
●Shtrixli kodlashtirish markazi ;
●Axborot-ma’lumotlar markazi ;
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmati Davlat boshqaruv organlari, birlashmalar va tashkilotlar tomonidan zaruriy hollarda “Bosh metrologiya xizmati” yoki “Asos metrologiya xizmati” shaklida ochilishi mumkin.
O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimining normativ-huquqiy asosi bo‘lib O‘zbekistonda o‘lchovlar birliligini ta’minlash Davlat sistemasining hujjatlar kompleksi hisoblanadi.


XULOSA.
Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, bizning yurtimizda har bir sohaga bo’lgani kabi metrologiya sohasiga ham katta e’tibor berilmoqda. Shuning uchun bir nechta qonunlar ham ishlab chiqilgan. Dunyo bo’ylab ishga qo’yilgan o’lchashlarni birliligini ta’minlash tizimining yo’lga qo’yilganligi metrologiya sohasidagi o’sishni yaqqol ko’rsatib beradi. O’lchashlar birliligini ta’minlash tizimini yo’lga qo’yish hozirgi har bir davlat uchun dolzarb mavzulardan biriga aylangan. Sababi o’lchashlar birliligini ta’minlash tizimi hozirgi kundagi zamonaviy metrologiyaning eng asosiy tushunchalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Davlatlar maxsus shaxslarni yoki katta idoralarni aynan shu ish bilan shug’ullanishi uchun tayinlashadi. Bizning yurtimizda ham ushbu soha rivojlangan. Bittagina “Metrologiya to’g’risida” gi qonunning o’zi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bundan tashqari mana shu sohani yuritish maqsadida maxsus apparat ham yo’lga qo’yilgan, bu O’zstandart agentligi. Bir so’z bilan O’zbekistonda metrologiya sohasi va o’lchashlarni birliligini ta’minlash tizimi jadal suratlar bilan o’sib va rivojlanib kelmoqda. Yaqin yillar ichida ushbu bo’yicha mutaxasislarimiz jahon darajasidagi mutaxasislarga aylanib ketishsa ham ajab emas.


Foydalanilgan adabiyotlar

1. I.A. Karimov. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. T. O`zbekiston,-1992. 
2. I.A. Karimov. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. O`zbekiston, 1993. 
3. I.A. Karimov. O`zbekiston – bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. T. O`zbekiston, 1993 
4. I.A. Karimov.  Bizdan ozod va obod Vatan, qolsin T. O`zbekiston, 1994. 
5. I.A. Karimov Istiqlol va ma’naviyat. T. O`zbekiston, 1995 
Yüklə 31,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə