Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова


«E» tovushi telefon, teatr, okean, material kabi so‘zlarda «i»ga monand aytiladi, lekin «e» yoziladi. 5. A



Yüklə 249,07 Kb.
səhifə19/67
tarix20.04.2023
ölçüsü249,07 Kb.
#106575
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67
O\'zbek tili (majmua) IQ - S

4. «E» tovushi telefon, teatr, okean, material kabi so‘zlarda «i»ga monand aytiladi, lekin «e» yoziladi.
5. A tovushi zamon, hamon, baho, jahongir kabi so‘zlarda o kabi aytiladi, ammo a yoziladi.
6. O tovushi Pomir, okean, konsert singari so‘zlarda a, tonna, orden kabi so‘zlar o‘ aytilsa-da, o yoziladi.
7. Termos, tormoz, direktor kabi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘ini i ga moyil aytilsa ham, o yoziladi.
8. I tovushi bilan, bir, kir, qirg‘oq, zirapcha, likopcha kabi so‘zlarda qisqa talaffuz etilsa ham, yozuvda i harfi bilan yoziladi.
9. Kunduz, qovun, tovuq kabi so‘zlarda ikkinchi bo‘g‘indagi u tovushi i kabi aytilsa ham, u yoziladi.
10. E harfi kecha, ekran, ne’mat kabi so‘zlarda to‘liq talaffuz qilinadi. Telefon, teatr, okean, material kabi so‘zlarda i ga monand aytiladi, lekin e yoziladi.
11. O‘ tovushi ko‘l, o‘s, cho‘l, jo‘ra, mo‘tabar kabi so‘zlarda torroq, bo‘ri, qo‘ri, xo‘roz, ro‘mol kabi so‘zlarda esa kengroq eshitiladi, ammo har vaqt bir xil shaklda yoziladi.
UNDOSHLAR IMLOSI
1. «В» tovushi borib, javob, hisob, bob, xitob kabi so‘zlarda «р», qibla, tobla so‘zlarida «tarzida aytilsa ham, «b» yoziladi.
2. Avtomat, avtobus, avtomobil kabi so‘zlarda «v» tovushi «tarzida tallafuz qilinsa-da, doimo «v» yoziladi.
3. Fursat, fizika, fabrika, fahm-farosat, fasl singari so‘zlarda «f»tovushi «р» kabi aytiladi, lekin asliga muvofiq ravishda har doim «f» yoziladi.
4. Obod, ozod, faryod, tadbir, tadqiqot kabi so‘zlarda «d» tovushi «t» tarzida aytilsa-da, har vaqt «d» yoziladi.
5. Iztirob, izquvar, tuzsiz, bo‘zchi so‘zlarida «z» tovushi «s» kabi aytiladi, biroq hamisha asliga mos ravishda «yoziladi.
6.Farzand, band, poyezd so‘zlaridagi «undoshi, go‘sht, past, artist so‘zlaridagi, «t» undoshi talaffuzda tushib qolsa ham, yozuvda doimo ifodalanadi.

Yüklə 249,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə