Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова



Yüklə 249,07 Kb.
səhifə21/67
tarix20.04.2023
ölçüsü249,07 Kb.
#106575
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67
O\'zbek tili (majmua) IQ - S

6. Ruscha-baynalmilal yoki tarjima qilingan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: telestudiya,
fotoapparat, radioto‘lqin, elektrarra kabi.
7. Qisqartmalar va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar har doim qo‘shib yoziladi: O‘zMU, SamDUning. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: O‘zXDP MK
8. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: kiryuvdi, kelintushdi, qoryog‘di, Urto‘qmoq, Ochildasturxon kabi.
9. Takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va fe’llar qo‘shib yoziladi: sharshara, pirpira
AJRATIB YOZISH
1. Qo‘shma fe’l, shuningdek, ko‘makchi fe’lli qo‘shilmalar doimo ajratib yoziladi: kirib chiqdi, olib keldi, oshkor etdi, aytib qo‘ya qoldi, o‘qib chiqdi kabi.
2. Har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha, hamma kabi so‘zlar o‘zi birikib kelgan so‘zdan ajratib yoziladi: har kim, hech narsa, bir zum, qay kuni, bu yerda, o‘sha joyda, hamma vaqt kabi. Lekin birpas, biroz, birato‘la, birvarakayiga, birmuncha, ozmuncha, buyon, qayoqqa, qayer so‘zlari qo‘shib yoziladi.
3. Ko‘makchilar o‘zi bog‘langan so‘zdan ajratib yoziladi: Vatan uchun, siz bilan, shahar tomon.
4. Sifatning darajasini yasovchi to‘q, och, tim, liq, lang, jiqqa kabi so‘zlar ajratib yoziladi: tim qora, och yashil, to‘q sariq, liq to‘la, lang ochiq, jiqqa ho‘l kabi.
5. Qo‘shma sonlar ajratib yoziladi: o‘n to‘qqiz, bir yuz yigirma besh, ikki ming birinchi va
hokazo.
6. Yildan yilga, kundan kunga, ko‘pdan ko‘p, tekindan tekin kabi ko‘rinishdagi
birliklar ham ajratib yoziladi.
7. Nuqtayi nazar, tarjimayi hol, dardi bedavo kabi izofali birikmalar ham ajratib yoziladi.
8. Qo‘shma ravish va olmoshlar ajratib yoziladi: har kuni, hech kim.
BOSH HARFLAR IMLOSI
1. Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusi bosh harf bilan yoziladi: Sobirov Zokirjon Shukurjonovich, Abdurauf Fitrat kabi.
2. Mamlakatlar, shaharlar, qishloqlar, shaharchalar, daryo, dengiz, tog‘, tepa, adir nomlari ham bosh harf bilan yoziladi: Hindiston, Muborak, Urgut, Tentaksoy, Qo‘ng‘irtog‘, Qashqadaryo, Qora dengiz va hokazo.
3. Korxona, tashkilot, muassasa nomlari, adabiyot va san’at asarlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalarining nomlari bosh harf bilan yoziladi: «Malika» firmasi, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni, «O‘zqishloqxo‘jmashxolding» kompaniyasi, «Damas» avtomobili, Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi, Xorazm chanqovbosdi ichimliklar zavodi, Qizilqum fosforit kombinati, «Amudaryo» jurnali, «Shaytanal» asari va hokazo.

Yüklə 249,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə