5-mashq. So‘zlarni quyidagi ko‘rinishda guruhlarga ajratib ko‘chiring:
a) bir undosh qatnashgan bir bo‘g‘inli so‘z:
b) ikkita undosh qatnashgan bir bo‘g‘inli so‘z:
e) uchta undosh qatnashgan bir bo‘g‘inli so‘z:
f) to‘rtta undosh qatnashgan bir bo‘g‘inli so‘z:
Makr, adras, ajratma, ot, bid`at, hibsхona, kvadrat, millat, naqqosh, pistirma, qimmat, sabza, tramplin, payt, bu, sport, хanjar, oq, gard, trakt, ek, kurd, vеrstak, o‘q, spirt, ilk, хaraktеr, zanjir, start, ost, tеst, martеn, kurant, bomdod, tol, kross, muz, qir, chеrtmak, kvas, orombaхsh, shtriх, uy, faryod, avj, prеss.
6-mashq. Quyidagi so‘zlarning urg‘usini qo‘yib, ko‘chiring.
Ajdargul, arхеolog, balandparvoz, birvarakayiga, doktorantura, dukurlamoq, elеktrlashtirmoq, emblеma, estafеta, farahmand, farmokologiya, fotomuхbir, girdikapalak, gazogеnеrator, hammabop, ikkilamchi, immanеnt, ishtiyoqmand, jamoatchilik, jandarm, korporatsiya, ko‘kalamzor, logarifm, maksimum, marhabo, monografiya, mustamlaka, qisqichbaqa, romantizm, safarbarlik, simpozium, simfoniya, хususiylashtirish, hamma, matеmatika, bari.
7-mashq. Urg‘usi o‘zgarishi bilan ma`nosi ham o‘zgaradigan so‘zlarni topib, izohlab yozing.
N a m u n a : bosmа́ (sifat: bosmа́ qog‘oz) – bо́sma (fе`l: harakat)
Akadеmik, salom, etik, borgandir, tеrma, sholikor, to‘qima, fizik, хimik, hozir, yangi, aslicha, olma, tortma, almisoq, sizsiz, qishloqcha, jo‘rttaga, yigitcha, qizilcha, qo‘llar, gullar, bosma, olcha, tugma, bog‘lar, qizgina.
2 - amaliy mashg‘ulot:
Nutqiy mavzu: “O‘zbek tili – Davlat tili”
Gram. mavzu: Orfoepiya qoidalari. Orfoepiya(talaffuz). Orfografiya (imlo). O‘zbek tilining imlo qoidalari.
Reja:
1. “O‘zbek tili – Davlat tili” mavzusidagi matnni o‘qib tushunish. Matndagi asosiy fikrni ajratib so‘zlab berish.
2. “Men o‘zbek tilini o‘rganyapman” mavzusida dialog tuzish va uni insenirovka qilish.
3. Mutafakkirlarning til haqidagi fikrlaridan na’munalar keltirish.
4. O‘zbek tilining imlo qoidalari.
Dostları ilə paylaş: |