Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова



Yüklə 89,1 Kb.
səhifə3/8
tarix11.12.2023
ölçüsü89,1 Kb.
#147045
1   2   3   4   5   6   7   8
41732 1 C617687065C95AB09C62A01790F9F502B43B16AD

7-mavzu. Islom ta’limoti asoslari
Qur’on va hadis – islom ta’limotining asosiy manbalari. Kalom (aqida) ilmining mohiyati. Moturidiylik va ash’ariylik. Imon va uning shartlari. Kalom ilmida «shirk», «kufr», «qiyomat» tushunchalarining talqin etilishi. Jannat va do‘zax. Moʻjiza va karomat. Qur’oni karim va umuminsoniy g‘oyalar. Moturidiya kalom maktabi vakillari. Abul Muin Nasafiy va uning ilmiy merosi.


8-mavzu. Islomdagi mazhablar va yo‘nalishlar
Musulmonlar orasidagi ixtiloflar. Sunniylik. Xorijiylik. Shialik. Moʻtaziliylik. Qadariya, jabariya va mushabbihalar. Islomdagi oqim va yo‘nalishlarning hozirgi kundagi ko‘rinishlari va ularning islom birligiga tahdidi. Mazhablarning paydo bo‘lishi: hanafiylik, molikiylik, shofeiylik va hanbaliylik. Hanafiylikdagi bag‘rikenglik g‘oyalari. Ijtihod, fatvo masalalari. Mazhablar orasidagi farqlar. Mazhabga ergashish va mazhabsizlik.


9-mavzu:Tasavvuf: tarix va voqelik
Tasavvuf tushunchasi va uning mohiyati. Tasavvufningkelibchiqishi, mazmunivarivoji. O‘rtaOsiyodaYassaviya, Kubroviya, Naqshbandiyatariqatlariningshakllanishi. Tasavvufdaukomilinsong‘oyasi. “DilingAllohdaqo‘lingmehnatdabo‘lsin” g‘oyasiningahamiyati.


10-mavzu. Missionerlik va prozelitizm: tarix va bugun, targ‘ibot usullari
Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. Zamonaviy missionerlik uyushmalari. Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi. Missionerlik faoliyatlarini amalga oshirishning moliyaviy manbalari. Missionerlik: mintaqaviy xususiyatlar. Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari. Missionerlikning milliy hayotga tahdidi. Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari.


11-mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizm: mafkura va amaliyot, qarshi kurash strategiyasi
Mutaassiblik, ekstremizm, aqidaparastlik, fundamentalizm, terrorizm, xalqaro terrorizm tushunchalarining mazmun-mohiyati. Diniy ekstremizm: tarix va voqelik. Terrorizmning davlatlar taraqqiyotiga tahdidi, millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglikka tahdidi. Dunyo bo‘yicha amalga oshirilgan yirik terrorchilik amaliyotlari. Diniy ekstremizm va terrorizmning moliyaviy manbalari. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash. O‘zbekiston Respublikasida diniy ekstremizm va terrorizm xavfini oldini olishning huquqiy asoslari. “Jaholatga qarshi ma’rifat” konsepsiyasi.



Yüklə 89,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə