Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2014 йил сонли буйруғига илова



Yüklə 89,1 Kb.
səhifə1/8
tarix11.12.2023
ölçüsü89,1 Kb.
#147045
  1   2   3   4   5   6   7   8
41732 1 C617687065C95AB09C62A01790F9F502B43B16AD


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI






“TASDIQLAYMAN”
BuxDU o’quv ishlari bo’yicha prorektor R.G’. Jumaev




202___ yil “___”___________







DINSHUNOSLIK


FAN DASTURI

Bilim sohasi:

100000 – Gumanitar soha




Ta’lim sohasi:

120000 – Gumanitar fanlar






Ta’lim yo’nalishi:

5120301 – Tarix (islom tarixi va manbashunosligi)
























BUXORO –2021



Fan/modul kodi
DSH10025

O‘quv yili
2021-2022

Semestr
4

ECTS - Kreditlar
5

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Dinshunoslik

60


90


150


2.

I. Fanning mazmuni



Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar ila uyg‘unligini tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvini shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tarbiyalashdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga hozirgi davrdagi dinlarning ma’lum xalq hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, ularning davlat va din munosabatlari, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi va madaniyati to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitish; din va diniy qadriyatlarning talqin etilishi va bugungi kundagi ahamiyatini o‘rgatish; globallashuv jaryonida diniy sohada kechayotgan tendensiyalarni yoritish, yoshlarda turli zararli diniy sekta va oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalariga qarshi immunitetni shakllantirish.



II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. “ Dinshunoslik” fanigakirish
Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Fanning falsafa, tarix, psixologiya, sosiologiya, antropologiya, arxeologiya kabi fanlar bilan bog‘liqligi. Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi. Dinshunoslik fanining vujudga kelishi va tadrijiy taraqqiyoti. Dinlar tarixi Sharq ilmlarining uzviy bo‘lagi sifatida. Dinlar tarixini o‘rganishda Sharq allomalarining yondashuvlari. Abu Rayhon Beruniy, Ibn Hazm Andalusiy, Abdulkarim Shahristoniy va Abu Mansur Bag‘dodiylarning asarlarida dinshunoslik asoslari. Gʻarb dinshunosligining o‘ziga xos jihatlari. Dinlarni tasniflashda Gʻarb olimlarining qarashlari. Jahonning ilg‘or ta’lim maskanlarida dinlar tarixini o‘rganish va o‘qitish tajribalari.


2-mavzu: Dinning ijtimoiy hayotdagi o‘rni
Din tushunchasining vujudga kelishi. Dinga berilgan ta’riflar. Dinshunoslikda “Din” tushunchasiga nisbatan ishlab chiqilgan konsepsiyalar: teologik yoki konfessional, falsafiy (I.Kant, G.Gegel, Feyerbax), ijtimoiy (M.Veber, E.Dyurkgeym, B.Malinovskiy, R.Merton, T.Parsons), biologik (Z.Freyd), psixologik (U.Djeyms, L.Levi-Bryul, K.G.Yung, E.Fromm), etnologik (B.Malinovskiy) yondashuvlar. Dinning kompensatorlik, integratorlik, regulyatorlik, legitimlovchilik kabi ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy funksiyalari hamda vazifalari, falsafiy, nazariy jihatlari.



Yüklə 89,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə