Oliy matematika, statistika va ekonometrika



Yüklə 6,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/237
tarix28.11.2023
ölçüsü6,24 Mb.
#135537
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   237
statistika (4)

Yakuniy nazorat (YaN)
talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-
o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy 
nazoratni o‘tkazishda ishtirok etmaydi. 
YaN shakli kafedra tomonidan belgilanadi hamda u semestr yakunida o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq quyidagi 
mezonlarga asoslanib o‘tkaziladi: 
Baho 
Talabaning bilimiga qo‘yilgan talablarning asoslanishi 
5
(a’lo) 
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan 
bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib 
beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
4
(yaxshi) 
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) 
mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega 
deb topilganda;
 
3
(qoniqarli) 
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay 
oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda; 
 
2
(qoniqarsiz) 
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan 
(mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda.
 
Talaba fandan baholanishi natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 
24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. 
YaNga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baholangan talaba 
akademik qarzdor hisoblanadi. Fandan akademik qarzdor talabaga nazorat turlari(ON va YaN)ni qayta topshirish uchun 1 
oy muddat beriladi. 
Nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari 
bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin. Fandan nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi 
“3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (a’lo)ga baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Baholash natijalarini qayd qilish

Fandan talabalar bilimini baholash shu kunning o‘zida (yozma ish shaklida 
amalga oshirlgan hollarda 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda) akademguruh jurnalida qayd etib boriladi. Talaba nazorat 
turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli, sabablarsiz qatnashmagan hollarda akadem guruh jurnaliga “0” belgisi yozib qo‘yiladi. 


236 

Yüklə 6,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə