Oliy matematika, statistika va ekonometrika



Yüklə 6,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/237
tarix28.11.2023
ölçüsü6,24 Mb.
#135537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237
statistika (4)

462 
 
Testlar 
486 
 
 Talabalar bilimini baholash mezonlari 
517 



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
I.O‘QUV MATERIALLAR 
 
MA’RUZALAR matni
 



Tayanch so’z va iboralar:
statistika, ahvol, siyosiy arifmetika, tasviriy statistika, statistik kuzatish, to’plam, 
statistik ko’rsatkich, qonun, qonuniyat, to’plam, variatsiya, statistik usullar, bosh to’plam, reprezentativ xato, analitik 
statistika. 
1.1.
 
Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi
Statistikaning paydo bo’lishi uzoq tarixiy ildizga ega bo’lib, barcha tarixiy formatsiyalarda namoyon bo’ladi va 
iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan birga taraqqiy etadi va takomillashadi.
Statistik hisoblarning rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar qadimgi Hindiston, Xitoy, Misr va boshqa 
davlatlarda yaratilgan tarixiy asarlarda o’z aksini topgan. Davlatlarning paydo bo’la boshlashi bilan, davlat yig’imlarni 
to’plash uchun, yer egalarida qancha yeri borligini, undan qancha daromad olishini, urush olib borish uchun qancha aholi 
va shundan qanchasi katta yoshdagi erkaklar va boshqalarni bilish zaruriyati tug’iladi. Bu ishlar qadimgi statistik 
ishlardan farq qiladi, ya’ni u faqat ro’yhatga olish emas, balki statistik hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab etadi va 
ularni boshlanganligidan dalolat beradi. 
1
Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida shakllana boshlandi. Shu davrda «Siyosiy 
arifmetika» degan fan vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U. Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-1674) 
bo’lganlar. U. Pettini o’z vaqtida iqtisodning «otasi» va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan. 
Yevropada statistikaning asoschisi bo’lib belgiyalik olim A. Ketle (1796-1874) hisoblangan. O’sha davrda 
Germaniyada G.Ahenvall (1719-1772) birinchi marta «statistika» so’zini qo’llagan. Angliyada esa A. Bouli (1869-1957) 
statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan. 
Statistikada matematik oqimni rivojlantirgan olimlar: angliyalik biolog F.Galton (1822-1911), K.Pirson (1857-
1936), V.Gosset va R.Fisherlardir. 
Statistikani rivojlanishida rus olimlari ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar: V.N.Tatishev (1686-
1750), K.I.Krilov (1689-1737), D.P.Juravskiy, Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914), Yu.E.Yanson (1835-1893),
A.I.Chuprov (1842-1908), V.I.Ulyanov (1870-1924); A.A.Chuprov (1874-1926), A.A.Kaufman (1864-1919) va 
boshqalar. 
Sobiq Ittifoq davrida ijod qilgan va statistikani rivojlanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan statistik 
olimlar: S.G.Strumilin, V.S. Nemchinov, V.N.Starovskiy, M.N.Smit, B.S.Yastremskiy, S.M.Yugenburg (ko’p yillar 
Samarqand kooperativ instituti statistika kafedrasida ishlagan), A.Ya.Boyarskiy, A.I.Gazulov, A.I.Petrov, 
T.V.Ryabushkin, V.M.Simchera, N.N.Ryauzov va boshqalarni kiritish mumkin. 
O’zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishida va uni o’zbek xalqiga o’rgatishda diqqatga sazovor 
ishlar qilingan. Birinchi “Statistika” kafedrasi 1932 yilda Toshkent, keyinchalik Samarqand va boshqa shaharlarda tashkil 
etilgan. Hozirgi paytda deyarli hamma iqtisodiy institut va fakultetlarda statistika kafedralari mavjud. Ularda o’zbek 
statistikasini yaratgan va yaratayotgan ajoyib olimlar faoliyat ko’rsatmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, bu fanni O’zbekistonda rivojlantirishda professorlar 
N.Soatov, E.Akramov, I.Ermatov, X.Nabiyev, S.Sirojiddinov, Yo.Abdullaev, R.Alimov, M.Hamroyev, X.Shodiyev, 
A.Ayubjanov, B.Usmonov, A.Nabixo’jayev, X.Xujaqulov kabi olimlarning ham xizmatlari katta bo’ldi. 
Statistika nima? Birinchidan

Yüklə 6,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə