Oliy matematika, statistika va ekonometrika



Yüklə 6,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/237
tarix28.11.2023
ölçüsü6,24 Mb.
#135537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237
statistika (4)

Tasviriy statistika
ma’lumotlar to’plamida qonuniyatlarni topish va 
axborotlarni umumlashtirish, hamda ushbu axborotlarni qulay shaklda taqdim 
qilish uchun raqamli va grafik usullardan foydalanadi.
Xulosaviy (analitik) statistika
tanlanma ma’lumotlaridan katta 
ma’lumotlar to’plamini baholashda, yechimlarda, prognoz qilishda yoki boshqa 
umumlashtirishlarda foydalanadi.
Eksperimental (yoki kuzatiladigan) birlik
– bu obyekt (masalan, 
inson, buyum, bitim yoki hodisa) bo’lib, biz u to’g’risida ma’lumotlar 
yig’amiz. 
Bosh to’plam
– bu birliklar to’plami (odatda, insonlar, ob’yektlar, 
operatsiyalar yoki hodisalar) bo’lib, ularni o’rganishga biz qiziqamiz.



birinchi uchta misoli (1-3) to’plam (guruh) larni ifodalasa, keyingi ikkitasi (4-5) obyektlar to’plamini, keyingisi (6) 
operatsiyalar to’plamini va so’nggisi (7) hodisalar to’plamini ifodalaydi. Shuni unutmangki, 
har bir guruh o’z ichiga 
bosh to’plamning barcha birliklarini qamrab oladi
.
2
Bosh to’plamni o’rganishda, biz to’plam birligining bir yoki bir qancha tavsifiga yoki xususiyatlariga 
diqqatimizni jalb qildiq. Biz bunday tavsifnomani 
o’zgaruvchan
deb ataymiz. Masalan, biz hozirgi davrda AQShdagi 
ishsizlarning yoshi, jinsi va ta’lim olgan yillari soni to’g’risidagi o’zgaruvchan ma’lumotlarga qiziqishimiz mumkin.
 
O’zgaruvchan ko’rsatkich
– bu bosh to’plamdagi alohida eksperimental (yoki kuzatiladigan) birliklarning tavsifnomasi 
yoki xususiyatidir. 
O’zgaruvchan
 
deb atalishi ushbu dalildan kelib chiqadiki, ya’ni har qanday muayyan tavsifnoma bosh 
to’plamdagi birliklar orasida farqlanishi mumkin. 
Muayyan o’zgaruvchini o’rganishga uning uchun raqamli tassavvurni olish imkoniyatiga ega bo’lish foydalidir. 
Ammo ko’p hollarda raqamli tassavvurni olish har doim ham imkoniyat bo’lmaydi, shuning uchun statistik tadqiqotlarda 
o’lcham muhim yordamchi rolni bajaradi. 
Biz, masalan, ro’yhatdagi saylovchilarga savol berib, prezidentning unumdorligini 1 dan 10 gacha shkala bo’yicha 
baholab, o’lchashimiz mumkin. Yoki biz Amerikaning ishchi kuchi yoshini o’lchash uchun har bir xodimga “Siz necha 
yoshdasiz?” deb shunchaki so’rab o’lchashimiz mumkin. Boshqa holatlarda o’lchash sekundomer, tarozi va krontsirkullar 
kabi asboblardan foydalanishni taqozo etadi. 
Agar biz o’rganishni xohlaydigan bosh to’plam kichik bo’lsa, unda bosh to’plamning har bir birligi uchun 
o’zgaruvchanlikni o’lchash mumkin. Masalan, abiturentlarni qabul qilish uchun siz GPAni o’lchayotgan bo’lsangiz, bu 
hech bo’lmaganda agar har bir GPA olsa amalga oshadi. Qachonki, biz bosh to’plamning har bir birligi uchun 
o’zgaruvchanlikni o’lchasak, uni bosh to’plamni 
ro’yhatga olish
deb ataladi. Odatda, ko’p holatlarda bosh to’plam juda 
katta bo’lib, minglab birliklar sonidan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Bosh to’plamning shunday guruhlari uchun 
ro’yhat o’tkazish juda ko’p mehnat va ko’p mablag’ sarf qilishni taqozo etadi. Shuning uchun muqobil ravishda oqilona 
ish yuritib, bosh to’plam birliklarining bir qismini tanlash va o’rganish zaruriyati paydo bo’ladi.
Tanlama
– bosh to’plam birliklaridan maxsus usullar bilan tanlab olingan qismini ifodalaydi. 
Yuqorida zikr etilgan ta’riflar xulosaviy statistika muammollarining beshtasidan to’rttasiga aniqlik kiritadi: bosh 
to’plam, bir yoki bir necha qiziqtiruvchi o’zgaruvchilar, tanlanma va xulosa.

Yüklə 6,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə