Oliy matematika, statistika va ekonometrika



Yüklə 6,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/237
tarix28.11.2023
ölçüsü6,24 Mb.
#135537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   237
statistika (4)

Ishonchlilik darajasi
statistik xulosa bilan bog’liq bo’lgan noaniqlik 
me’yorining (odatda miqdoriy) tasdig’i hisoblanadi.
O’lchov
– bu bosh to’plamning alohida o’zgaruvchan birliklariga tartib 
raqamini berish uchun biz foydalanadigan jarayondir.



Keling endi bu bo’limni tasviriy va xulosaviy (analitik) statistikaning muammolari unsurlaring qisqacha bayoni 
bilan tugallaymiz.
3
Tasviriy statistika muammolarining to’rtta unsuri: 
Tasviriy statistika muammolarining to’rtta unsuri: 
1.
Bosh to’plam yoki qiziqtiruvchi tanlanma
2.
Tadqiqot qilinadigan bir yoki bir necha o’zgaruvchilar (bosh to’plam yoki tanlanma birliklarining tavsiflanishi); 
3.
Jadvallar, grafiklar yoki sonlarda jamlangan instrumentlar; 
4.
Ma’lumotlarda qonuniyatlarni aniqlash. 
Xulosaviy (analitik) statistika muammolarining to’rtta unsuri: 
1.
Qiziqtirayotgan bosh to’plam; 
2.
Tadqiqot qilinadigan bir yoki bin necha o’zgaruvchilar (bosh to’plam birliklarining tavsiflanishi); 
3.
Bosh to’plam birliklarini tanlash; 
4.
Tanlanmani tashkil etadigan informatsiyalar asosida bosh to’plam to’g’risida xulosa; 
5.
Xulosaning ishonchlilik ko’rsatkichi. 
1.5.
 
Ma’lumotlarning turlari
Statistika – bu ma’lumotlar to’g’risida fan hisoblanib, ushbu ma’lumotlar tanlama (yoki bosh to’plam) da bir yoki 
bir necha ko’p o’zgaruvchan birliklarining miqdorini o’lchash orqali olingan. Barcha ma’lumotlar (va shu sababli, biz 
o’lchashimiz mumkin bo’lgan o’zgaruvchilar) ikkita asosiy turlaridan biri sifatida tasniflanishi mumkin: 
miqdoriy 
ma’lumotlar
va 
sifat ma’lumotlar
.
Miqdoriy ma’lumotlar – bu tabiiy raqamli shkalada o’lchalanadigan ma’lumotlardir.
4
Quyida miqdoriy 
ma’lumotlar bo’yicha misollar keltirilgan: 
Aksincha, sifat ma’lumotlarni tabiiy raqamli shkalada o’lchanishi mumkin emas; ular faqat toifalarda tasniflanishi 
mumkin.
5
(Shuning uchun ma’lumotlarning bu turi 
toifali ma’lumotlar
deb ham yuritiladi). 
Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va tahlil qilish qulayligi uchun biz tez-tez sifat ma’lumotlariga raqamli 
qiymatlarni tayinlaymiz. Lekin ushbu tayinlangan raqamli qiymatlar faqat oddiy kodlardir: ular to’liq hajmda qo’shilishi, 
ayirlishi, ko’paytirilishi yoki ajratilishi mumkin emas. 

Yüklə 6,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə