Oliy matematika, statistika va ekonometrika



Yüklə 6,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/237
tarix28.11.2023
ölçüsü6,24 Mb.
#135537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237
statistika (4)

1.3.
 
Statistik ilovalarning turlari
“Statistika” ko’pchilik odamlar uchun “raqamli tasvir” degan ma’noni anglatadi.
Statistika
– bu ma’lumotlar to’g’risidagi fandir. U raqamli ma’lumotlarni to’plash, tasniflash, umumiylashtirish, 
tizimlashtirish, tahlil qilish, taqdimot va talqin qilishni o’z ichiga oladi. 
Ma’lumotlar ko’p hollarda ularning xususiyatlarini baholash maqsadida qaysidir ma’lumotlar majmuasidan 
tanlanadi. Biz bu jarayonni tanlanma deb nomlaymiz. Misol uchun, siz onlayn tarzda ma’lum bir mahsulot harid 
qilayotgan 
barcha
mijozlarning o’rtacha yoshini hisoblash uchun Internetda ushbu mahsulotni harid qilayotgan mijozlarni 
yoshini to’plashingiz mumkin. Shunda o’z baholashlaringizni tegishli yosh guruhi uchun veb-saytida maqsadli reklama 
uchun foydalanishingiz mumkin. Shunga e’tibor beringki, statistika ikkita xilma-xil jarayonni o’z ichiga oladi: (1) 
ma’lumotlar to’plamini tasvirlash va (2) tanlanma asosida ma’lumotlar to’plami to’g’risida xulosalar (baholashlar, 
yechimlar, prognozlar va h.k.) ni ta’riflash. Shunday qilib, statistikaning qo’llanilishini ikkita asosiy sohaga bo’lish 
mumkin: 
tasviriy statistika 
va 
analitik statistika

1.4.
 
Statistikaning asosiy unsurlari
Statistik usul (metod) lar 
esperimental birliklarning bosh to’plamini 
o’rganish, tahlil qilish va bilim olish uchun 
foydalidir. 
Masalan, bosh to’plam o’z ichiga (1) AQShdagi 
barcha
yollangan xodimlarni, (2) Kaliforniyada 
barcha
ro’yhatdagi saylovchilarni, (3) OITS xastaligidan 
har bir 
aziyat chekayotganlarni, (4) muayyan yig’ish liniyasidan o’tgan 
yili ishlab chiqarilgan 
barcha
avtomobillarni, (5) United Airlines ga texnik xizmat ko’rsatish obyektidagi ehtiyot 
qismlarning 
butun
zaxirasini, (6) ma’lum yil davomida Makdonalds restoranining darchasidan yo’lovchilar tomonidan 
jami
qilingan xaridlarni, yoki (7) ta’til mavsumi davomida shtatlar orasidan o’tadigan avtomagistralning muayyan 
qismida sodir bo’ladigan 
barcha
halokatlar to’plamini oladi. E’tiboringizni shularga jalb qilsangiz, bosh to’plamning 

Yüklə 6,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə