Oliy matematika, statistika va ekonometrika



Yüklə 6,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/237
tarix28.11.2023
ölçüsü6,24 Mb.
#135537
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   237
statistika (4)

Miqdoriy ma’lumotlar
– bu tabiiy raqamli shkalada qayd etilgan 
o’lchovlardir.



Wall Street Journal
(moliyaviy ma’lumotlar) va 
Sport yangiliklari
(sport axborotlari) larni o’z ichiga oladi. Hozirgi 
vaqtda Internetda chop etilgan manbalardan ma’lumotlarni olish uchun oson bo’lgan vositalarni taqdim etadi.
6
Ma’lumotlarni yig’ishning ikkinchi usuli 
ishlab chiqilgan eksperimentni
o’tkazishni nazarda tutadi, bunda 
tadqiqotchi olib boriladigan izlanishlarda birliklar (odamlar, obyektlar yoki buyumlar) ustidan qattiq nazorat o’rnatadi. 
Masalan, tibbiy tadqiqotlar yurak xuruji oldini olish uchun aspirin salohiyatini o’rganildi deb ko’pincha keltirmoqdalar. 
Ko’ngilli shifokorlar ikki guruhga bo’lingan edi: 
davolash
guruhiga va 
nazorat
guruhiga. Davolash guruhida har bir 
shifokor bir yil davomida bir kunda aspirinni, nazorat guruhida har bir shifokor aspiringa o’xshash bo’lgan aspirin 
platsebosini qabul qilgan. Tadqiqotchilar – tadqiqotdagi shifokorlar emas – kim aspirinni (tibbiyot) kim esa aspirin 
platsebosini qabul qilganligini nazorat qilib borgan. To’g’ri ishlab chiqilgan eksperiment nazoratga olinmagan tadqiqotda 
nisbatan ma’lumotlardan ko’proq axborotni olish uchun imkon beradi. 
Nihoyat, ma’lumotlarni yig’ish uchun kuzatish tadqiqotlardan foydalanish mumkin. 
Kuzatish tadqiqotlarda

tadqiqotchi o’z tabiiy muhitda eksperimental birliklarni kuzatadi va uni qiziqtirayotgan o’zgaruvchilarni yozadi. 
Masalan, bolalar psixologi maktab hovlisida o’ynayotgan beshinchi sinf o’quvchilardan iborat tanlanmadagi tajovuzkor 
xatti-harakati darajasini kuzatib va yozib borishi mumkin. Xuddi shunday, zoolog asirlikdan yangi tug’ilgan fillarning 
og’irligini kuzatishi va o’lchashi mumkin. Ishlab chiqilgan eksperimentga nisbatan kuzatish tadqiqotida tadqiqotchisi 
eksperimental birliklarining har qanday jihatini nazorat qilish uchun hech qanday harakat qilmaydi. 
Kuzatish tadqiqotning eng keng tarqalgan turi 
so’rov
hisoblanib, unda tadqiqotchi odamlar guruhini tanlaydi, bir 
yoki bir necha savollar beradi va javoblarni yozib oladi. Ehtimol, so’rovning eng mashhur turi siyosiy saylovlari 
natijalarini bashorat qilishga mo’ljallangan bir qator tashkilotlaridan (masalan, Harris, Gallup, Roper va CNN) biri 
tomonidan o’tkaziladigan siyosiy so’rov hisoblanadi. Yana bir tanish so’rovlardan katta tarmoqlarni televideniyada eng 
mashhur dasturlari haqida ma’lumotlar bilan ta’minayotgan Nielsen tadqiqoti hisoblanadi. So’rovlar pochta, telefon 
so’rovlari yoki shaxsiy suhbatlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Biroq, shaxsiy suhbatlar pochta yoki telefon 
so’rovlariga ko’ra ancha qimmatroq tadqiqot hisoblansada, lekin murakkab axborot to’planishi uchun zarur bo’lishi 
mumkin. 

Yüklə 6,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə