|
Oliy matematika, statistika va ekonometrikaQuti shaklidagi diagrammaning elementlaristatistika (4)Quti shaklidagi diagrammaning elementlari
1.
To’rtburchak (quti) oxirlari (uchlari) quyi va yuqori kvartillarda ( Q
L
va Q
U
) joylashgan rasmdir. Ma’lumotlarning
medianasi ushbu qutida, odatda to’g’ri chiziq bilan ko’rsatiladi.
2.
Har bir uchidan 1.5(IQR) masofada yotuvchi nuqtalar ma’lumotlar qatorining ichki chegarasini ifodalaydi. Chiziqlar
(yon chiziqlar) esa ichki chegara ichida eng ekstemum qiymatigacha chizilgan chiziqlardir. Demak,
Quyi ichki chegara = Q
L
- 1.5(IQR),
Yuqori ichki chegara = Q
U
+ 1.5(IQR)
26
3.
Chegaralarning ikkinchi juftligi, ya’ni tashqi chegaralar to’rtburchak uchlaridan 3(IQR)
masofada paydo bo’ladi. Ichki va tashqi chegaralar orasida yotuvchi ko’rsatkichlarni aks
ettirish uchun bitta belgidan (masalan, “*”) foydalaniladi. (“0”) belgisi esa tashqi
chegaralardan tashqarida yotuvchi ko’rsatkichlarni aks ettirish uchun qo’llaniladi. Shuning
uchun, bir yoki ko’proq ko’rsatkich tashqi chegaralardan tashqarida joylashmaguncha, ular
ko’rsatilmaydi. Biz quyidagilarga egamiz
Quyi tashqi chegara = QL - 3(IQR)
Yuqori tashqi chegara = QU + 3(IQR)
4.
Siz quti shaklidagi diagrammani yaratishda qanday dasturdan foydalanishingizga qarab,
mediana va ekstremal qiymat nuqtalarini (chegaradan tashqaridagi nuqtalar) aks ettirishda
foydalaniladigan belgilar farqlanishi mumkin. (Agar quti shaklidagi diagrammani qo’lda hosil
qilayotgan bo’lsangiz o’zingizning shaxsiy belgilaringizdan ham foydalanishingiz mumkin.) Siz
aynan qaysi belgi qo’llanilishini aniqlash uchun dasturning hujjatlarini ko’rib chiqishingiz
lozim.
Dostları ilə paylaş: |
|
|