Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti akademik litseyi o’quvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish imtixoniga tayyorgarlik uchun savollar kitobi



Yüklə 228,74 Kb.
səhifə4/5
tarix17.12.2023
ölçüsü228,74 Kb.
#150158
1   2   3   4   5
1-kurs 2-variant Biologiya, Kimyo

X °C da to‘yingan MeSO4 tuzining 0,4 kg eritmasi

Y °C gacha qizdirildi. Hosil bo‘lgan eritmani to‘yintirish uchun 5/8 mol tuz qo‘shildi. Noma’lum tuzni aniqlang (S(X °C)=60; S(Y °C)=100).
A) MgSO4 B) CuSO4 C) ZnSO4 D) FeSO4

  1. 30 g o‘yivchi natriy suvda eritilib 600 ml eritma olindi. Hosil bo‘lgan eritmaning molyar konsentratsiyasini hisoblang.

A) 0,75 B) 1,5 C) 0,8 D) 1,25

  1. Quyidagi moddalarni kristall panjaralari turi bilan to‘g‘ri juftlab ko‘rsating.

1) kremniy (IV) oksid; 2) suv; 3) kalsiy; 4) sirka kislota; 5) Bertole tuzi; 6) uglerod (grafit);
a) molekulyar; b) atom; c) ion; d) metall.
A) 1-b; 2-a; 3-d; 4-a; 5-c; 6-b
B) 1-b; 2-a; 3-c; 4-a; 5-c; 6-b
C) 1-a; 2-a; 3-d; 4-a; 5-c; 6-a
D) 1-b; 2-d; 3-d; 4-a; 5-c; 6-b

  1. Reaksiyalar natijasida hosil bo‘lgan gazlarning (n.sh.) nisbiy molekulyar massa yig‘indisini toping.


Na2S CaCO3 Zn
A) 162 B) 98 C) 80 D) 100

  1. H2SO4 molekulasida nechta sp2- gibrid orbital bog‘ hosil qilishda qatnashganligini aniqlang.

A) 6 B) 3 C) 1 D) 2

  1. Emulsiya suspenziyadan nima bilan farq qiladi?

A) erituvchining tabiati bilan B) dispers fazaning agregat holati bilan
C) dispers faza zarrachasining o‘lchami bilan
D) erituvchi zarrachalarining o‘lchami bilan

  1. Bir xil massada olingan qaysi gazlarning hajmi (n.sh.) o‘zaro teng bo‘ladi?

1) SO2; 2) CO2; 3) N2; 4) NO; 5) Ar; 6) CO.
A) 2, 5 B) 3, 6 С) 1, 2 D) 1, 4

  1. Quyidagi zarrachalar haqidagi to‘g‘ri xulosani ko‘rsating.

, ,
1) X va Y o‘zaro izotop; 2) Y va Z o‘zaro izoton;
3) Z tarkibidagi proton va neytronlar soni teng
4) X va Z o‘zaro izotop; 5) Y va Z o‘zaro izobar
A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 4

  1. Massasi 630 g bo‘lgan 8 % li kislota eritmasini neytrallash uchun 44,8 g KOH sarf bo‘ldi. Kislota ekvivalentini aniqlang.

A) 49 B) 36,5 C) 63 D) 81

  1. 34 g ammiak va 33 g karbonat angidriddan iborat aralashmaning miqdorini (mol) aniqlang.

A) 3,5 B) 2,5 C) 4 D) 2,75

  1. Quyidagi grafikdagi "x" ni aniqlang?




A) 20 B) 8 C) 16 D) 12



  1. Yopiq idishda 87°C haroratda bosim 120 kPa teng. Agar idish harorati −93°C ga qadar sovutilsa, idishdagi bosim qanchaga (kPa) teng bo‘ladi?

A) 100 B) 60 C) 240 D) 48

  1. 1:3 mol nisbatda olingan oltingugurt (IV)-oksid va metan aralashmasining massa nisbatini aniqlang.

A) 1:2 B) 4:3 C) 1:1 D) 5:3

  1. 4p6 va 4p2 lardagi oxirgi elektronlari o‘zaro bir-biridan qaysi kvant sonlari bilan farq qiladi?

A) orbital va magnit B) magnit C) orbital
D) spin va magnit

  1. . Ushbu yadro reaksiyasida 15,06 g eynshteyniy parchalanganda 108,36·1021 ta neytron hosil bo‘lsa. Reaksiya natijasida olingan mendeleeviy izotopidagi neytronlar sonini aniqlang.

A) 149 B) 250 C) 256 D) 155

  1. Sxemaning quyi yacheykalariga mos keluvchi qiymatlar (a, b, c) to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini tanlang.


A) a=2; b=15; c=342 B) a=1; b=5; c=123
C) a=2; b=15; c=123 D) a=1; b=5; c=342

  1. Fosfor bug‘ining vodorodga nisbatan zichligi 62 ga teng bo‘lsa, uning formulasini toping.

A) P B) P2 C) P4 D) P6

  1. Reaksiya unumi 85 % bo‘lganda 5,61 g CO2 olish uchun 6,25 % qo‘shimchasi bo‘lgan CaCO3 dan necha gramm kerak bo‘ladi?

A) 16 B) 37 C) 50 D) 28

  1. 1332 g kalsiy xlorid eritmasida 3 mol tuz bo‘lsa, eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.

A) 20 B) 15 C) 25 D) 10


  1. Yüklə 228,74 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə