Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti akademik litseyi o’quvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish imtixoniga tayyorgarlik uchun savollar kitobi



Yüklə 228,74 Kb.
səhifə1/5
tarix17.12.2023
ölçüsü228,74 Kb.
#150158
  1   2   3   4   5
1-kurs 2-variant Biologiya, Kimyo


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYI O’QUVCHILARINING OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIXONIGA TAYYORGARLIK UCHUN SAVOLLAR KITOBI

ABITURIYENT:________________________________ Savollar kitobi raqami: 10002


F.I.O



ABITURIYENT DIQQATIGA!
Test topshiriqlarini bajarishdan avval savollar kitobini varaqlab, unda har bir majburiy
fanlar bo‘yicha 10 tadan, mutaxassislik fanlari bo‘yicha esa 30 tadan savol mavjudligiga ishonch
hosil qiling. Agar savollar kitobi raqami bilan javoblar varag‘i raqami bir xil bo‘lmasa yoki
savollar soni kamligi aniqlansa, darhol auditoriya rahbariga ma’lum qiling.
FANLAR TEST MUALLIFLARI

Majburiy fanlar:
Fan 1: Ona tili Rahmonova Matluba
Fan 2: Matematika Hamidullayev Dilmurod
Fan 3: O‘zbekiston tarixi Sheraliyev Ismoil


Mutaxassislik fanlari:
Fan 4: Biologiya Umarov Elyorbek
Fan 5: Kimyo Qambarova Gulchehra



Izoh: agar test savollarini tahlil qilmoqchi bo’lsangiz nazoratdan so’ng test mualliflariga murojat qilishingiz mumkin
2022-2023 o’quv yili I kurs

ONA TILI

  1. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar noto‘g‘ri yozilgan?
    A)gramatika, yovoyi, afsuz
    B)minnatdor, komisiya, taraqqiyot
    C)komissiya, minnaddor, karra
    D)grammatika, yovvoyi, taraqiyot

  2. Tovush tushish hodisasi yuz bergan gapni toping.

A) Yomonliging boshingni yeydi, bolam.
B) Hech bo‘lmaganidan ko‘ra, kech bo‘lgani yaxshi.
C) Bu kuy hali mag‘zi ilimagan dalalarga taralar edi.
D) Idoraga bor, senga ham pul berishadi.

  1. Qaysi so‘zlardagi jarangli undoshni jarangsiz juftiga almashtirganda yangi so‘zlar hosil bo‘ladi?

A) bir, bol, tong B) bayt, darz, dori
C) dil, dor, ozod D) darz, sud, azon

  1. Qaysi gapdagi yasama so‘z asosida sirg‘aluvchi tovush mavjud emas?

A) Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib.
B) Ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi.
C) Xalqlar birligi - po‘lat qudrati.
D) So‘z so‘zlashda va undan jumla tuzishda uzoq andisha kerak.

  1. Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan?
    A) Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: fe’l kesim, ot kesim bo‘ladi.
    B) Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi.
    C) Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi.
    D) Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchapsan.

  2. Qaysi tasviriy ifodaning nomi noto‘g‘ri ifodalangan?

A) Oltin boshoq – bug‘doy
B) Qora oltin – neft
C) Oq oltin ijodkorlari – paxtakorlar
D) Kumush tola – paxta

  1. So‘zning ma’noli qismlari joylashuvi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) asos+so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi+sintaktik shakl yasovchi
B) asos+so‘z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi
C) asos+lug‘aviy shakl yasovchi+so‘z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi
D) asos-sintaktik shakl yasovchi+so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi

  1. Qaysi qatorda quyi keng unlilardan so‘ng talaffuzda tovush orttirilishi kuzatiladigan so‘zlar ko‘rsatilgan? 1) radio; 2) said; 3) okean; 4) saodat; 5) doimo; 6) taajjub; 7) shoira

A) 2,5,7 B) 1,2,3,5 C) 2,4,5,6,7 D) 1,2,5

  1. Bo‘g‘inlarga ajratish bilan asos va qo‘shimchalarga ajratish teng keladigan qatorni toping.

A) boshim, taxti B) bog‘im, tog‘ga
C) tongga, bog‘da D) boshqa, qoshni

  1. Barcha gap bo‘laklari joylashuvi hol,ega,ega,hol,kesim tartibida keladigan gapni

aniqlang.
A)O‘shanda Mavjuda va Sobir zavq bilan kuylashgan edi.
B)Shu onda hovliga Davron va Iskandar kirib kelishdi.
C)Shunda siz va biz bu haqiqatni tushunmagan ekanmiz.
D)Bog‘chada yosh-yosh qizaloqlar va bolakaylar davra qurib o‘ynashmoqda.

Yüklə 228,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə