Olmos nur javohir


Schotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv



Yüklə 150,1 Kb.
səhifə5/14
tarix24.02.2023
ölçüsü150,1 Kb.
#101408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
asliyev

Schotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv.
Korxona aktivlari v ularning manbalari holati hamda harakatini aks ettirish uchun buxgalteriya hisobida «schotlar» deb nom olgan usul qo‘llaniladi.
Schotlarbu korxona aktivlari, xususiy kapitali, majburiyatlari, daromad, xarajat, foyda va zararlarini hisobot davridagi holati (boshlang‘ich va oxirgi), shuningdek ularning shu davrdagi harakati (ko‘payishi va kamayishi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni puli fodasida aks ettirish usuli.
OLMOS NUR JAVOHIR” MCHJ 2021-yil davomidagi asosiy vositalarning(boshlang’ich qiymati bo’yicha)o’zgarishiniT schotda berilishi.
AKTIVSCHOT (ming.so’m)
Debet0100Kredit
Boshqoldiq (S1)
3 368 025 476,00
Ko‘payishi( + ) Kamayishi ( - )
……
1 627 289 953,00 0,0
Debetoborot (Do )Kreditoborot (Ko )
4 995 315 429,00
Oxirgiqoldiq (S2)
Ushbu T schotda 2020-yil boshida 3368025476,00 ming so’mlik asosiy vositasi mavjud bo’lgan, jami 1627289953,00 ming so’mlik asosiy vositaning qiymati oshganihamda yil oxirida 4995315429,00 ming so’mlik boshlang’ich qiymatga ega asosiy vositasi mavjudligi aks ettirilgan.
Buxgalteriya hisobida yuz bergan operatsiyaning summasi unda ikki marta, ya’ni bir schetning debetiga, boshqa bir schetning kreditiga yoziladi. Bunday yozuvga ikki yoqlama yozuv usuli deb ataladi.

Baholash va kalkulyatsiya.
Baholash – bu buxgalteriya hisobi obyektlari qiymatini pulda ifodalash usuli.
Korxonalarda buxgalteriya hisobi obyektlarini baholashda uning haqiqiy qiymat, rejali yoki me’yoriy qiymat, nominal qiymat, diskontlangan qiymat, boshlang‘ich qiymat, qoldiq qiymat, sof sotish qiymati kabi turlari qo‘llaniladi.
Tannarx –bu aktivlarni ishlab chiqarish xarajatlari yoki ularni sotib olishga ketgan barcha sarflar majmuasi.
Korxonalarning o‘z mahsulotlari, tovarlari, ish va xizmatlarni sotishga, shuningdek boshqarish va moliyaviy faoliyatga oid xarajatlari tannarxga kiritilmaydi. Bunday xarajatlar korxonalarning sotishdan olgan foydasidan qoplanadi.
Tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishda turli baholash usullari qo‘llaniladi. Ularning asosiy sirasiga FIFO, LIFOva AVEKO usullari kiradi.
FIFO – bu kirim qilingan tovar-moddiy boyliklarni ularning kirim ketma-ketligida hisobdan chiqarish usuli, ya’ni ushbu usulda birinchi kirim qilingan tovar-moddiy boylik birinchi chiqim qilinadi.
LIFO – bu kirim qilingan tovar-moddiy boyliklarni ularning oxirgi kirim bahosidan boshlab hisobdan chiqarish usuli, ya’ni ushbu usulda oxirgi kirim qilingan tovar-moddiy boylik birinchi chiqim qilinadi.
AVEKO –bu kirim qilingan tovar-moddiy boyliklarni ularning o‘rtacha qiymatda hisobdan chiqarish usuli, ya’ni ushbu usulda kirim qilingan tovar-moddiy boylik o‘rtacha sotib olish (ishlab chiqarish) qiymatida chiqim qilinadi.
Kalkulyatsiya– bu xo‘jalik aktivlarining sotib olish, ishlab chiqarish va sotish qiymatlarini hisoblab toppish usuli.
Sotib olish va ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar aktivlarning tannarxini tashkil etadi.

Yüklə 150,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə