Oltin o‘rdadagi madaniy va adabiy hayot. Reja: Oltin o‘rdadagi madaniy hayot


Reja: “Yusuf va Zulayxo” manbalari haqida



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə11/25
tarix28.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#133981
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
1-15 ONA TILI BOYSUN

Reja:

    1. Yusuf va Zulayxo” manbalari haqida

    2. Yusuf va Zulayxo” turkumidagi dostonlarning shakllanishi

«Yusuf va Zulayho» syujeti xalq orasida nihoyatda mashhurdir. Manbalarda Yusufni juda qadimiy ildizga ega ekanligi, u yahudiylarning qadimiy xudolaridan biri boʻlsa kerak degan qarashlar bayon etilgan. Sharqda «Yusuf va Zulayho» obrazlari bilan koʻplab afsona va rivoyatlar yaratilgan. Bu syujetning yana ham keng yoyilishida «Tavrot» va «Qur’oni karim»ning ham juda katta ta’siri boʻldi. Bu muqaddas diniy kitoblarda Yusuf bilan bogʻliq voqealar, suralar keltirilgan. Yozma adabiyotda «Yusuf va Zulayho» syujeti ancha ilgari davrlardan boshlab yoritila boshlandi. Abul Muayyad Balxiy, Baxtiyoriy degan shoirlarning bu syujet asosida asar yozgan degan ma’lumotlar mavjud. Lekin ularning asarlari bizgacha saqlanib qolmagan. Yusuf-Ya’qub paygʻambarning kichik oʻgʻli. Durbek bu obrazni, diniy va insoniy mavzuni uzviy bogʻlagan holda tasvirlaydi. Yusuf obrazi koʻp jihatlari bilan Qur’oni karimdagi Yusufga yaqin va ayni paytda ba’zi jihatlari bilan farq ham qiladi. Yusufdagi ijobiy fazilatlar, insonga xos xususiyatlar, uning donoligi, insonparvarligi, xushmuomalaligi, vatanparvarligi, ota-onasiga nisbatan boʻlgan farzandlik muhabbati kabilarda koʻrinadi.
Yusuf-goʻzallik timsoli. Otasining sevimli farzandi. Shu sabab ham akalari unga hasad qilishadi. Yusufni chohga tashlashadi. Qul qilib sotishadi, azoblarga giriftor etishadi. Keyinchalik Yusufning hayoti va taqdiri Misr xalqi hayoti bilan bogʻlanadi. U Zulayhoning tuhmatlariga chidaydi, zindon azobini boshdan kechiradi, oʻtkir muabbirligi-tushni ta’birlay olishi, zindon azobini tortish Misr xalqini ochlikdan xalos etishi, akalari bilan uchrashuvi, Zulayhoga uylanishi, akalarining gunohlarini kechirishi, otasi Ya’qub bilan uchrashishi, Misrni odillik bilan boshqarishi va boshqalar bilan xarakterlanadi. Asardagi muhim obrazlardan yana biri Zulayhodir. Zulayho-goʻzal va ayni paytda oʻtli ishq egasi. U Yusufni tushida koʻrib, sevib qoladi. Magʻrib shohi Taymusshoh qizi boʻlgan Zulayho quyidagi qiyofaga ega: Bir qizi bor edi mahi xovariy,
Oraziga shamsu qamar mushtariy.
Yuzi quyosh erdi, vale bezavol,
Barcha funun bobida sohibkamol .
Hosili umri edi ul shohning,
Oti Zulayho edi ul mohning.
Zulayho ishq dardiga mubtalo boʻladi. Dardi kundan-kun alangalanadi. Tushida Yusufning Misrda ekanligini bilgach, Misrga borishga ahd qildi, ota-onasi uni Misrga uzatishadi. U Misr Aziziga duch keladi. Yusuf ishqi bilan yashaydi. Zulayho Yusufni sotib oladi, xalqning malomatlariga qoladi. Yusufga tuhmat qiladi. Qiyinchiliklarni sabr bilan engadi va oxir-oqibat Yusufga turmushga chiqib oʻgʻilqizlar koʻradi. Asardagi Ya’qub mehribon ota sifatida namoyon boʻlsa, Bashir va uning onasi obrazlarida shoirning yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlari oʻz ifodasini topgan. Yusuf va Zulayhoning Meshom va Farohim ismli oʻgʻillari va Rohima ismli qizlari ularning quvonchiga-quvonch, baxtiga-baxt qoʻshadi. Dostondagi salbiy obrazlarni Yahudo boshchiligidagi Ya’qubning katta oʻgʻillari tashkil etadi. Molik esa savdogarlarning tipik obrazidir. «Yusuf va Zulayho»da xalq ogʻzaki ijodining chuqur ta’siri seziladi. Tush koʻrish, tushni ta’birlash, behad goʻzallik, hayvonlarning gapirishi, bir zarb bilan tosning gapirishi, toshni koʻtarib otish, yigʻlaganda giyohlarning unishi, yigʻlayyigʻlay koʻzning koʻr boʻlishi, farzandining koʻylagini koʻziga surtishi bilan koʻr koʻzning ochilishi kabilarda bularni kuzatamiz.

Qisasi Rabg‘uziy”da kichik janrlar badiiyati



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə