Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə26/297
tarix21.10.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#129689
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   297
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

III.Yangi mavzuning bayoni.



1-topshiriq.
Berilgan she’riy parchalarni o‘qib, ma’no jihatdan noo‘rin qo‘llangan so‘zlarni toping va boshqa so‘z bilan almashtiring topshirig‘i beriladi.

1.Osmon chamanida
Yig‘lardi quyosh

2. Ishyoqmasni sevmayman,
Elga undan ko‘p foyda.





IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash:
30-mashq. Obid Rasul she’rlaridan berilgan parchalarni o‘qitiladi. Mazmunan noto‘g‘ri qo‘llangan so‘zlar aniqlanadi. O‘quvchilar ularni boshqa so‘zlar bilan almashtirib, daftarga husnixat bilan yozadilar. Shu so‘zlarning qanday gap bo‘lagi ekanini mustaqil ravishda aniqlaydilar.
Yig‘lardi so‘si kulardi so‘ziga ma’nodosh bo‘la oladimi?
‒ Ishyoqmas odamni el sevadimi?
‒ Ishyoqmas so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toping. (Dangasa, yalqov, landovur)
‒ Gapda so‘zlar qanday bog‘lanadi?
31-mashq. O‘qing. Matndagi ma’no jihatdan bog‘lanmagan so‘zlarni aniqlang. Ularni tushirib qoldirib yoki boshqa so‘z bilan almashtirib. matnni ko‘chiring.
Iqtisodiy bilimga ega bo‘lmagan odam hamyonidan ayrilmaydi. Har kim iqtisodni ko‘chadan, o‘z xonadonidan boshlamog‘i kerak. Elektr quvvatidan, suvdan, gazdan tejab va tejamasdan foydalanishni odat qiling. Do‘kondan ortiqcha non sotib oling. Ortiqchasi isrof bo‘ladi. Shularga amal qilmagan bolakaydan yaxshigina iqtisodchi chiqadi.
‒ Birinchi gapdagi iqtisodiy bilimga ega bo‘lmagan odam deganda nimani tushunasiz?
‒ Hamyon so‘zi qanday ma’noda kelgan?
‒ Hamyon o‘zi qanday narsa?
‒ Fikr ifodalashda nimalarga e’tibor berishingiz kerak?


Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə