Ona tili va Adabiyot



Yüklə 27,7 Kb.
səhifə3/3
tarix19.08.2023
ölçüsü27,7 Kb.
#120692
1   2   3
Ona tili va Adabiyot25

25. O‘z asarlaridan birida Alisher Navoiyni "Manzuri shohanshohi Xuroson" deb ulug‘lagan shoir kim edi?
A) Lutfiy B) Fuzuliy C) Jomiy
D) Bobur
26. Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli iboralar berilgan?
A)tepa sochi tikka bo‘lmoq, qovog‘idan qor yog‘moq
B)ko‘kka ko‘tarmoq, yerga urmoq
C)tilining uchida turmoq, ko‘z qorachig‘iday asramoq
D)do‘ppisini osmonga otmoq, ko‘kka ko‘tarmoq


27. Qaysi javobdagi ma’lumot “Kuntug‘mish”
dostoni qahramoni Kuntug‘mish haqida?
A)U o‘lib ketgan olti o‘g‘li o‘tida kuyib yurgan kampirga o‘g‘il tutinadi. Kampir uni “o‘lsam merosxo‘rim” deya e’zozlaydi.
B)U dinini o‘zgartirish haqidagi amaldorlarning taklifini rad etib, o‘z dinidan, e’tiqodidan kechmasligini aytadi.
C)U o‘n to‘rt yoshga to‘lguncha ilm-hunar o‘rganadi. O‘n to‘rt yoshdan keyin esa qilichbozlik, miltiq otish, nayzabozlik, ko‘pkari chopish kabi sipohlik hunarlarini o‘rganadi.
D)U o‘zga yurtga yolg‘iz o‘zi otlanadi. Yoshligi, soddaligi tufayli osongina bandi etilib, zindonga tashlanadi.


28. Sovuqqon odamlardan qo‘rq: ular o‘ldirmaydilar va xiyonat qilmaydilar, ammo ularning indamay qilgan razilliklari tufayli, afsuski, yer yuzida haligacha sotqinlik va qotillik yashamoqda. Ushbu gapda qatnashgan mustaqil so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A)Uyushiq ega vazifasida kelgan sodda yasama
otlar qatnashgan.
B)Sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan qo‘shma sifat qatnashgan.
C)Kesim vazifasida kelgan sodda yasama so‘z qatnashgan.
D)Kesim vazifasida kelgan fe’l+fe’l tipidagi
qo‘shma fe’l qatnashgan.


29. So‘z bilan ifodalangan har qanday fikr dunyoni
harakatlantiruvchi kuchdir.
Ushbu gap haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A)Gapda hokim qismi to‘ldiruvchi vazifasida
kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari
qatnashgan.
B)Gapda hokim qismi kesim vazifasida kelgan
aniqlovchili so‘z birikmasi qatnashgan.
C)Gapda hokim qismi to‘ldiruvchi vazifasida
kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmasi qatnashgan.
D)Gapda hokim qismi qaratqich aniqlovchi
vazifasida kelgan holli so‘z birikmasi
qatnashgan.


30. Tarkibida ot + ot tipidagi qo‘shma sifat qatnashgan kesim ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A)Kishilarga qo‘lingdan kelgancha mehr ulash, lekin toshbag‘ir odamdan hech qachon yaxshilik kutma.
B)Donolarning o‘giti shuki, hurmatga ega bo‘lish uchun kishilar bilan xushmuomala bo‘l.
C)Meni maftun etgan narsa shuki, uning havorang guldor ko‘ylagi o‘ziga yarashib turardi.
D)Xalqimiz azal-azaldan juda mehmondo‘stdir, shuning uchun yurtimizga kelgan har bir sayyoh uni sevib qoladi.

Yüklə 27,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə