Ona tili va Adabiyot



Yüklə 27,7 Kb.
səhifə2/3
tarix19.08.2023
ölçüsü27,7 Kb.
#120692
1   2   3
Ona tili va Adabiyot25

10. "Mirzo Ulug‘bek" fojiasida qatnashmaydigan
obraz berilgan javobni aniqlang.
A) Ota Murod B) Berdiyor C) Buqalamun D) Sakkokiy


11. Majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan kesim
qatnashgan gapni aniqlang.
A)Shundan keyin keksa qul Darxon zindonga tashlanadi.
B)Tandirdan endigina uzilgan nonning hidi
bo‘lakcha bo‘ladi, albatta.
C)Umid - parvozga otlangan lochin,
umidsizlik - oyoqqa bog‘langan tosh.
D)To‘kilsa manglay tering, Unumli bo‘lur yering.


12. Tarkibida sof ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang.
A)Kozimbek mashinani yo‘lga chiqarib, qishloq tomon yurdi.
B)Bitmas-tuganmas bilim tagida mashaqqatli mehnat yotadi.
C)Har bir ona singari Halima opa ham o‘z
jigarining baxtli bo‘lishini istardi.
D)Qorong‘ilik quyuqlasha borar, ko‘kdagi
yulduzlar ham yorqinroq chaqnar edi.


13. . . . XVIII asr oxiri - XIX asr 20-yillarida
Qo‘qonda yashab ijod qilgan mashhur masalnavis adib va hassos shoirdir. U she’rlarida Jur’at taxallusini ham qo‘llagan. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A) Turdi Farog‘iy B) Avaz O‘tar C) Gulxaniy D) Zavqiy


14. O‘z muallimi va ustozini e’zozlash, ularni hurmat qilish har bir o‘quvchining burchidir. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A)Tobe qismi ot va olmosh bilan ifodalangan
to‘ldiruvchili so‘z birikmalari qatnashgan.
B)Boshqaruvli so‘z birikmalarining hokim qismi
to‘ldiruvchi va ega vazifasini bajargan.
C)Hokim qismi ot, fe’l va olmosh bilan ifodalangan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan.
D)Hokim qismlari to‘ldiruvchi va aniqlovchi
bo‘lib kelgan bitishuvli so‘z birikmalari qatnashgan.


15. Qaysi javobda hozirgi zamon shakli kelasi
zamon ma’nosida qo‘llangan?
A)Do‘stim, men ertaga oyimni dam olishga olib ketyapman.
B)Nozima bu yil yozgi ta’tilda qishloqdagi
buvisinikiga ketmoqchi.
C)Hozir yomg‘ir yog‘yapti, yo‘lga chiqmaymiz.
D)Xo‘sh, anovi burchakda turgan divanni nima
qildik.


16. Qaysi javobda Navoiyning boshdan oyoq savol-javob tarzida bitilgan g‘azali nomi berilgan?
A)"Bo‘ldum sanga" radifli
B)"Jong‘a chun dermen . . . " deb boshlanuvchi
C)"Deyin" radifli
D)"Mani jondan o‘sondirdi . . . " deb
boshlanuvchi
17. “Qoplon” asariga oid qaysi ma’lumot to‘g‘ri
emas?
A)Qurbonboy yaxshi montyor bo‘lganligi
sababli uni urushga olib ketishmaydi.
B)Qurbonboy Tillayevga bir it olib kelib beradi
va keyinchalik olib ketib qoladi.
C)Tillayev eski bod kasali tutib qolganligi
sababli direktorlikdan bo‘shaydi.
D)Tillayev Qurbonboyga garaj direktorining
muovini bo‘lishi uchun yordam qiladi.


18. Qaysi gapda ega vazifasidagi so‘z imlosida
xatolik kuzatiladi?
A)Sizdan bu qilgan ishim uchun afv
so‘ramoqchiman.
B)Bu sohada ko‘plab ilmiy tavsiyalar ishlab
chiqildi.
C)Sizga shuni aytib qo‘ymoqchimanki,
tafsifnomangiz yozib qo‘yildi.
D)Hayotda rahm va shavqat borligiga xursand
bo‘lmog‘imiz kerak.


19. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga i
unlisi yoziladi?
1) muq...m; 2) sup...rmoq; 3) tov...q; 4) bult...r;
5) tug‘...lmoq; 6) yut...q
A) 1, 3, 5 B) 1, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 4, 6


20. U kishi, albatta, beraman desalar-ku qo‘llaridan keladi; har qalay katta zakunchining ishtahasini qondiradigan dunyolari bor. Faqat nechoraki, u kishi berib o‘rganmaganlar, olib o‘rganganlar; "O‘rgangan ko‘ngul o‘rtansa qo‘ymas", - deydi. U kishini berishga o‘rgatish qiyin! Ushbu parchada fikr yuritilgan "Kecha va kunduz" romani qahramoni nomi keltirilgan javobni aniqlang.
A) Miryoqub B) Razzoq so‘fi
C) Eshon bobo D) Akbarali mingboshi


21. Tobe qismi ko‘chma ma’noda qo‘llangan otli
birikmalarni aniqlang.
A)og‘ir xo‘rsinmoq, sayoz fikrlamoq
B)samolyotning dumi, rubobning qorni
C)siquv ostida yashamoq, uyga bormoq
D)yengil kuy, achchiq so‘z


22. Ellik yoshim menga qo‘l tegizdi,
Qora quzg‘un tusidek boshimni oq (qush) qildi (ya’ni sochim oqardi). Ellik (yosh) endi men tomon kel, deb chorlamoqda,
Pistirma (ya’ni nogahoniy o‘lim) bo‘lmasa, endi u tomon boraman. Ushbu mazmundagi misralar qaysi asardan o‘rin olgan?
A) “Xamsa” B) “Qisasi Rabg‘uziy”
C) “To‘nyuquq” D) “Qutadg‘u bilig”


23. Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi shartli belgilarga to‘liq mos keladigan shaxsi noma’lum gapni aniqlang.

A)Urush. . . Oynisa ayvon ustuniga
suyanganicha qotib qoldi.
B)Shaftolizor bog‘larni zavq bilan aylanib
chiqdim.
C)Bugun darsga hammadan oldin borish lozim.
D)Shahar hokimi bilan ertaga uchrashish kerak.
24. Qaysi ma’lumot Odil Yoqubov haqida emas?
A)Ijodkorning birinchi marta respublika
matbuotida “Xatingni kutaman” nomli asari
bosilib chiqqan.
B)Ijodkor ma’lum muddat Markaziy Osiyo
xalqlari madaniyati Assambleyasining
vitse-prezidenti vazifasini ham ado etgan.
C)Ijodkor Mo‘g‘ilistonning cheksiz Gobi cho‘lini
piyoda bosib o‘tib, Yaponiyaga qarshi olib
borilgan urushda ishtirok etgan.
D)Ijodkorniing dastlabki yirik asari
“Tengdoshlar” qissasidir.



Yüklə 27,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə