Ontogenez psihologiyasi fanining predmeti, muommolari va tatqiqot metodlari



Yüklə 153,7 Kb.
səhifə7/26
tarix13.12.2023
ölçüsü153,7 Kb.
#149181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Ontogenez psihologiyasi fanining predmeti, muommolari va tatqiqo-fayllar.org

Суҳбат методи. Bu metod bilan inson psixikasini o'rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob'ekti va subekti tanlanadi, mavzusi, o'tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o'tkazish rejalashtiriladi, o'rganilayotgai narsa bilan uzviy bog'liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o'zgarishlarni o'rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim saviyasi, e'tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to'g'risida ma'lumotlar olinadi.
Suhbat paytida fikrlar mantiqiy izchillikka ega bo'lishi shart. Biroq mashg'ulot sinaluvchilarni toliqtirib qo'ymasligi, ularning yoshiga, saviyasiga, mutaxassisligiga mutlaqo mos bo'lishi zarur.
Dialog shaklidagi suhbatlar ham o'z ko'lami, mohiyati, mazmuni, shakli, xususiyati, sur'ati, mavzusi, ob'ektga yo'nalganligi bilan bir-biridan farqlanadi. Suhbatning yana bir turiga misol:
− Opajon, eson-omon yuribsizmi? Uydagilaringiz yaxshimi?
− Opang qoqindiq, ming qatla shukur, tinch yuribmiz.
− Nechuk, qanday shamol uchirdi?
− Ko'zimdan o'taverding, o'taverding, keyin yo'lga otlandim.
− Qiynalmasdan etib keldingizmi?
− Aytarli qiynalmadim. Avval avtobusga, so'ng tramvayga o'tirdim, lekin metroga tushgim kelmadi.
Suhbat metodining yuqorida ta'kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so'zlar, "g'aliz" iboralar, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarligi muvaffaqiyatsizlikka sabab bo'ladi. Shuningdek, savol-javobning bir xil shaklda emasligi, sinaluvchida o'ziga xos ishlash uslubi, oshkoralik etishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma'lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to'g'ri keladi.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod ontogenez psixologiyasida keng qo'llanadi. Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob'ekt bilan sub'ekt o'rtasida muloqot o'rnatish uchun shaxsning psixikasi to'g'risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diagramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik model, moslama, milliy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, Referat, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, ilmiy ma'ruza, konspekt, taqriz, tezis, maqola, ko'rsatmali qurollar, loyiha, magistrlik, nomzodlik, doktorlik dissertasiyalari va hokazolar kiradi. Bular turli yoshdagi va jinsdagi odamlar, har xil kasb egalari tomonidan yaratilgan bo'lishi va shunga ko'ra shakli, mazmuni, sifati, originalligi, katta-kichikligi, xususiyati, mazmunmohiyati bilan bir-biridan keskin tafovut qilishi mumkin.
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o'quvchilar, talabalar, konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar, keksa yoshdagi qariyalar psixik xususiyatlari, mahorati, salohiyati, ijodiyoti to'g'risida ma'lumotlar to'plash mumkin. Lekin insondagi psixik o'zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini ifodalovchi materiallar yig'ish uchun bu metodning o'zi etmaydi. Shuning uchun inson psixikasini o'rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanish ma'qul.

Yüklə 153,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə