Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja


UNIX operatsion tizimi tarmoqda ishlash uchun tuzilgan. UNIX



Yüklə 3,22 Mb.
səhifə19/25
tarix11.12.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#144749
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
2-ma\'ruza. Operasion tizimlar

UNIX operatsion tizimi tarmoqda ishlash uchun tuzilgan. UNIX operatsion tizimida bitta kompyuter boshqaruvchi qolganlari o‘nga tobe bo‘ladi.
Operatsion tizim odatda kompyuterning tashqi hotirasi – diskda saqlanadi. Kompyuter ishga tushirilganda u kompyuterning tezkor xotirasiga o‘qiladi. Bu jarayon operatsion tizimni yuklanishi deyiladi.
Operatsion tizim quyidagi asosiy qismlardan iborat:

  • ma’lumotlarni xotiraga kiritish va chiqarish dasturi (BIOS nomi bilan ifodalangan);

  • operatsion tizimni faollashtiruvchi dastur (Boot Record);

  • ma’lumotlarni kiritish-chiqarish tizimini kengaytirish moduli;

  • amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zilishlarni tahlil qilish moduli;

  • buyruq protsessori.

Operatsion tizimlar kompyuter dasturlari orasida eng murakkabi bo‘libgina qolmay, ular kompyuterni nafaqat amal bajarishga, balki o‘zi bajarayotgan ishlarni ham nazorat qilishga majbur etadi. Bunday dasturlar bizning vazifalarimizni bajarish uchun emas, balki bizning ko‘rsatmalarimizni bajarishda kompyuter qurilmalarida biror kamchilik, muammo yuzaga kelmasligi uchun ishlab chiqariladi va qo‘llaniladi. 
UNIX OT 32 razryadli ko‘p vazifali ko‘p(kishi) foydalanadigan operatsion tizimlardir. UNIX ning kuchli tomoni shundaki, bitta tizimning o‘zi turli kompyuterlarda – super kompyuterlardan Shk gacha foydalaniladi, bu hol tizimni bir mashina arxitekturasidan boshqasiga kam sarf bilan o‘tkazish imkonini beradi.
UNIX taqsimlovchi ma’lumotlar bazasiga kirish, lokal tarmoqlar, olis masofadan aloqa qilish va oddiy modem yordamida global tarmoqlarga chiqish imkonini o‘zida birlashtiradi. UNIX da pochta xizmati – uning asosiy tarkibiy qismlaridandir. Hozirgi paytda UNIX uchun ko‘plab miqdorda ilovalar mavjud. DOS va Windows uchun ko‘plab ommaviy bo‘lgan ilovalar UNIXda foydalanilishi mumkin.
UNIX oilasida bir nechta OTlar mavjud. Bu oilaning turli versiyalari o‘z nomiga ega, biroq ular umuman olganda UNIX OT bazaviy xususiyatlarini takrorlaydi. UNIX OTning faylli tizimi foydalanuvchiga va foydalanuvchilar guruhi darajasida fayllarni beruxsat kirishdan muhofaza etishni ta’minlaydi. Korxonalar tarmoqlari uchun mo‘ljallangan UNIX Ware 2.0 – 32 razryadli ko‘p(kishi) foydalanuvchili ko‘p vazifali OTlar UNIX oilasidagi tarmoqli OT lar orasida keng tarqalmoqda.

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə