Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja



Yüklə 3,22 Mb.
səhifə16/25
tarix11.12.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#144749
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
2-ma\'ruza. Operasion tizimlar

Rasm - . WINDOWS 8 OT


2012 yilning 26 oktabrida Microsoft Windows 8 OTni ishga tushirdi. Unda “pusk” tugmasidan voz kechish va foydalanuvchi interfeysini butunlay qayta ishlab chiqib, ekrandagi “plitka” elementlari ko‘rinishida "Metro" muhitiga almashtirishga qaror qilindi.
Mazkur talqin oddiy kompyuterlarga qaraganda planshetlar uchun mo‘ljallangan deya tanqid ostiga olingan. Kamchiliklarning bir qismi Windows 8.1 da bartaraf etildi. Dastlabki olti oy ichida 100 milliondan ortiq nusxasi sotildi. Ilk narxi 14,55 dan 199,99 AQSH dollarini tahlil etgan. 2015 yil iyun oyi holatiga ko‘ra, 10,68 foiz shaxsiy kompyuterlarda undan foydalanilmoqda.

Rasm - . WINDOWS 10 OT


2015 yilning 25 iyulida yangi talqin Windows 10 sotuvga chiqarildi. U barcha platformalar – serverlardan tortib, mobil telefonlar uchun yagona tizimga aylandi. O‘zgartirilgan elementlar orasida shaxsiy kompyuterlar uchun "pusk" menyusi va tugmasining qaytishini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. Windows 7 va Windows 8 OT foydalanuvchilari yangi talqinga bepul “update” ga ega bo‘lishdi, yangi nusxa 119 dan 199 AQSH dollari qiymatida edi. Ilk 2,5 oy mobaynida yangi tizim 110 milliondan ortiq kompyuterlarda o‘rnatildi, operatsion tizim bozoridagi ulushi 2015 yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, 7,94 foizni tahlil etmoqda.
Microsoft kompaniyasining ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda Windows 10 operatsion tizimi ostida 300 millionga yaqin qurilma faol ishlab turibdi. “Droider.ru”ning yozishicha, tizim bir yildan kamroq vaqt ichida mazkur natijaga erishishga muvaffaq bo‘ldi.

Rasm - . Barcha qurilmalar uchun yagona Windows


Shu ko‘nga qadar Microsoft kompaniyasining Windows 10 operatsion tizimi 200 mln donadan ortiq qurilmaga o‘rnatildi.
2015 yilning yanvar oyidayoq 1,7 milliondan ortiq foydalanuvchilar Windows 10 ning beta-versiyasidan foydalanish uchun ro‘yhatga olingan3.
Turli hil statistika resurslarining ma’lumot berishlaricha, shaxsiy kompyuterlar orasida Windows 10 operatsion tizimi barcha davrlarning eng ommabo‘ tizimlari orasida ikkinchi o‘rinni muhim egallab turibdi. Misol uchun Net A’’lications tashkilotining xabar berishicha, Windows 10 ning jahon bozoridagi ulushi 14,35% ni tahlil etib turganda, Windows 8.1 10,11% natija bilan undan oldinda turibdi. Reytingda Windows 7 operatsion tizimi 48,79% lik ulush bilan yetakchilik qilib kelmoqda. Ta’kidlashlaricha, Windows 10 katta tezlik bilan olg‘a bormoqda. Net Applicationsning ko‘rsatishicha, uchinchi o‘rinda Windows X’ turibdi. Undan so‘ng esa Linux 1,56 % natijani ko‘rsatmoqda4.

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə