Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja


Windows, Unix, Linux va Doppix operatsion tizimlar



Yüklə 3,22 Mb.
səhifə15/25
tarix11.12.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#144749
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
2-ma\'ruza. Operasion tizimlar

Windows, Unix, Linux va Doppix operatsion tizimlar
“Window” so‘zi ingliz tilida “deraza, darcha, oyna, tuynuk” degan ma’noni anglatadi va bu nomda Windowsda bir vaqtda bir nechta dasturlar ekrandagi o‘z oynalarida bir-biridan mustaqil ravishda ishlay olishiga urg‘u berilgan. Bu esa, bundan 20 yil oldin, Windows operatsion tizimi yaratilgan paytda kompyuterlarda uning barcha resurslari bitta dastur tomonidan butunlay egallab olinadigan boshqa operatsion tizimlarga nisbatan oldinga tashlangan ulkan qadam edi.
Hozirgi paytda barcha qurilmalar: smart’hone, planshet, netbook, noutbook, virtual ko‘zoynak, monoblok va Shklar uchun yagona Windows 10 operatsion tizimlari keng tarqalgan bo‘lib, bir tomondan foydalanuvchi va dasturchilarning kompyuter ustida har qanday tajribalarni o‘tkaza olishlarini anglatsa, ikkinchi tomondan yangi avlod operatsion tizimlarini yaratishdagi yana bir, o‘ta muhim sinov ekanligini bildiradi.



Rasm - . WINDOWS X’ OT


2001 yilning 15 avgustida Windows XP OT savdolari boshlandi, u OT tarixidagi eng mashhurlaridan biriga aylandi. Texnik yordamga chek qoyilishi va viruslarga nisbatan nozik bo‘lishiga qaramay, NetMarketshare tahliliy saytining ma’lumotlariga qaraganda, u hozirga qadar dunyodagi barcha kompyuterlarning 11,68 foizida o‘rnatilgan. Dastlabki narxi 85 AQSH dollaridan boshlanadi. 2015 yil holatiga ko‘ra, 1 milliardga yaqin nusxasi sotilgan.



Rasm - . WINDOWS VISTA OT


2006 yilning 30 noyabrida Windows Vista paydo bo‘ldi. Asosiy yaxshilangan tomonlari orasida viruslarga qarshi himoya va Aero grafik interfeysini qayd etish mumkin. Mazkur OTni operatsiyalarni sekin amalga oshirishi, doimiy ravishda ‘arolni kiritish va kompyuter qaroqchiligi huquqidagi murakkab tizim tufayli tanqid qilishgan. Sotuvlar boshlanganidan bir oy o‘tgach, 20 million nusxa talqiniga qarab 199 dan 399 AQSH dollarigacha bo‘lgan narxda sotilgan.

Rasm - . WINDOWS 7 OT


2009 yilning 22 oktabrida Windows 7 OT savdoga chiqarildi. Unda Vistadagi kamchiliklar bartaraf etilgan va interfeys yaxshilangan. Dastlabki narxi – 159,99 dan 319,99 AQSH dollari qiymatida. Ikki yil ichida 450 milliondan ortiq nusxalar sotildi. NetMarketshare ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yilning noyabrida dunyodagi barcha kompyuterlarning 55,71 foizida o‘rnatilgan.

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə