Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja


Operatsion tizim tushunchasi va uning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 3,22 Mb.
səhifə11/25
tarix11.12.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#144749
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
2-ma\'ruza. Operasion tizimlar

Operatsion tizim tushunchasi va uning rivojlanish bosqichlari
“Operatsion tizim tushunchasiga aniq ta’rif berish qiyin. Chunki “tizim” so‘zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo‘llaniladi va turlicha talqin qilinadi; “operatsion” so‘zi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimada “amal” degan ma’noni anglatsa-da, uning tub mohiyatini bu birgina so‘z bilan aniq tavsiflab bo‘lmaydi. U holda “Operatsion tizim”ni qanday tushunish kerak? Kompyuter ishga tushirilganda, odatda uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuv­chi bilan kompyuter o‘rtasidagi muloqotni ta’minlaydi va u operatsion tizim (qisqacha OT) deb yuritiladi.
Odatda, operatsion tizim tashqi xotira – diskda joylashadi va shuning uchun disk operatsion tizimi yoki qisqacha DOS deb ham yuritiladi.
Demak, kompyuter ishga tushurilgach, uning qurilmalari bilan bir vaqtda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter o‘rtasidagi muloqotni ta’minlaydi. Shuningdek, operatsion tizim kompyuterning barcha qurilmalarini boshqarish imkonini beradi.
Operatsion tizim quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • Vinchester yoki disketalardan tanlangan dasturni tezkor xotiraga yuklaydi va bajarilishini ta’minlaydi. Dastur bajarilgach, tezkor xotirani “tozalaydi”. Navbatdagi tanlangan dastur bilan ham shu ishlarni amalga oshiradi.

  • Axborotlarni vinchesterdan diskka yoki aksincha, diskdan diskka ko‘chirish kabi turli servis xizmatlarni amalga oshiradi.

Shuni aytib o‘tish lozimki, kompyuterlarning texnik holatiga ko‘ra, ulardagi operatsion tizimlar turlicha bo‘ladi, ammo ularning asosiy vazifasi yagonadir. Bu - ichki va tashqi qurilmalarning birgalikda mutanosib ishlashini ta’minlashdan iborat.
Shaxsiy kompyuterlarning operatsion tizimlari bir necha parametrlar bilan farq qiladilar. Xususan, operatsion tizimni quyidagi sinflarga bo‘lish mumkin:

  • bir masalalik va ko‘p masalalik;

  • bir foydalanuvchilik va ko‘p foydalanuvchilik.

Bir masalalik operatsion tizimlar odamga bir vaqtning o‘zida kompyuterda faqat bir ish bilan shug‘ullanish, ya’ni faqat bitta amaliy vazifani hal etishga imkoniyat beradi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, bunday tizimlar odatda bitta dasturni asosiy tartibda va yana bitta qo‘shimcha dasturni fonli tartibda ishga tushirish imkoniyatini beradi. Masalan, asosiy tartibda matn protsessorini, fonli tartibda esa, chop etish dasturini ishga tushurish mumkin.
Ko‘p masalalik operatsion tizimlar bir vaqtni o‘zida bir necha dasturni ishga tushurish imkoniyatini beradi. Bu dasturlar bir-birlariga xalal bermagan holda ‘arallel ishlaydilar. Masalan, bir dastur odam bilan shaxmat o‘ynashi, ikkinchisi - modem orqali boshqa kompyuterlardagi axborotlarni tekshirishi, uchinchisi musiqa eshittirishi mumkin.
Bir masalalik operatsion tizimlar sodda, ixcham va juda kam quvvatli kompyuterlarda ishlagan, lekin ular ko‘p masalalik operatsion tizimlarga ishlash qulayligi nuqtai nazaridan yutqazdilar va shuning uchun ham, ular tez amaliyotdan olib tashlandi.

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə