Operasion tizimlar, ularning turlari. Reja


Ikkinchi davr (1955-1965 yillar)



Yüklə 3,22 Mb.
səhifə13/25
tarix11.12.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#144749
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
2-ma\'ruza. Operasion tizimlar

Ikkinchi davr (1955-1965 yillar). 1950 yil o‘rtalariga kelib, hammaga ma’lumki yangi texnik baza-yarim o‘tkazgich elementlarni yuzaga kelishi bilan, hisoblash texnikasi rivojlanishida yangi davr boshlandi. Ikkinchi avlod kompyuterlari ishonchliroq bo‘lib qoldi, chunki ular amaliy muhim masalalarni bajarish darajasida uzluksiz ravishda uzoq ishlay oladigan imkoniyatga ega bo‘ldilar. Aynan shu davrda hisoblash texnikasi bilan ishlaydigan mutaxassislar-dasturchilar, operatorlar, ekspluotatsiyachilar va hisoblash mashinasini ishlab chiqaruvchilarga ajraldilar. Shu yillarda birinchi algoritmik tillar yuzaga keldi va natijada birinchi tizimli dasturlar-kompilyatorlar ham yaratildi. Protsessor vaqti qiymati (narhi) oshdi, bu esa dasturlar orasidagi vaqtni qisqartirishni talab qildi.
Birinchi paketli ishlov berish tizimlari yuzaga keldi, bu tizimlarda dasturlarni ishga tushirish ketma-ketligini avtomatlashtirildi va shu bilan birga protsessor yuklanish koeffitsiyenti oshdi. paketli ishlov berish tizimlarini zamonaviy OT larining birinchi variantlari deyish mumkin, chunki ular hisoblash tizimini boshqarishga mo‘ljallangan birinchi tizimli dasturlar edi.
Uchinchi davr (1965-1980 yillar). Hisoblash mashinalari rivojlanishida keyingi muhim davri shu yillarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda, texnik bazada quyidagi o‘zgarishlar yuz berdi: alohida yarim o‘tkazgich elementlardan (tranzistor tipidagi) integral mikrosxemalarga o‘tildi, bu esa yangi uchinchi avlodga, yangi imkoniyatlar yaratdi. Bu davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, integral mikrosxemalarda yaratilgan birinchi dasturiy-mutanosib mashinalardir, ya’ni IBMG`360 mashinalari versiyasidir. 60- yillar boshida yaratilgan bu mashinalar oilasi ikkinchi avlod mashinalaridan unumdorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha oldinga anchagina o‘tib ketdi. Tezda, dasturiy-mutanosib mashinalar g‘oyasini umum tan olindi.
Albatta, multidasturlashni tahlil etishda OT roli juda muhimdir. U quyidagi operatsiyalar uchun javob beradi:

  • Tizimli chaqiriqlar yordamida OT va amaliy dasturlar orasida interfeysni tahlil etish;

  • Xotiradagi topshiriqlardan navbat tahlil etish va topshiriq uchun protsessor ajratish uchun protsessordan foydalanishni rejalashtirish;

  • Bir topshiriqdan ikkinchisiga o‘tish, hisoblashlarni to‘g‘ri tahlil etish uchun kontekstni saqlash;

  • Xotira chegaralangan resurs bo‘lgani uchun, xotirani boshqarish strategiyasi zarur, ya’ni xotiradan ma’lumotlarni olish, joylashtirish va almashtirish jarayonlarini tartibga solish talab qilinadi.

Ma’lumotlarni tashqi jamlamalarda fayl ko‘rinishida saqlashni va ma’lum fayllarni faqat aniq foydalanuvchilar foydalana olishni tahlil etish. Dasturlarga sanktsiyali ma’lumot almashish talab etilgani uchun, ularni kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash zarur.
Ma’lumotlarni to‘g‘ri taqsimlash uchun, ziddiyatli holatlarni yechishga to‘g‘ri keladi, bu ko‘pincha turli resurslar bilan ishlashda ro‘y beradi, shuning uchun harakatlarni dasturlar bilan sinxronlashtirish zarur.
Vaqt ajratish tizimlarida foydalanuvchi, dasturni interaktiv rejimda sozlash imkoniga ega bo‘ldi, bunda u ma’lumotli diskga perfokarta orqali emas, bevosita klaviaturadan kiritish mumkin bo‘ldi. On-line fayllarni yuzaga kelishi rivojlangan fayl tizimlarini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə