Mavzu : O’q bilan yaralanganda buyrak, xazm, qon a’zolari kasalliklarining yuzaga kelishi, tashxisi



Yüklə 410,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix05.06.2022
ölçüsü410,06 Kb.
#88875
  1   2   3   4   5   6
Mavzu O’qotar jarohatlari №6 989d6e7dafa1e22d57e743a88d78fc6e



Mavzu :
O’q bilan yaralanganda buyrak, xazm, qon a’zolari 
kasalliklarining yuzaga kelishi, tashxisi. 
1853—56 yillardagi Qrim urushi davridayoq N. I. Pirogov yaradorlarda shok, 
kollaps, zotiljam va boshqa asoratlarni kuzatgan edi. Uning fikricha, jarohat insov 
tanasiga boshqalar tasavvur qilganidan ko’ra ancha murakkab ta’sir etadi. N. I. 
Pirogov ta’riflagan kollaps holati hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.
Ulug` Vatan urushi davrida jarroh va terapevtlarning kuzatishlaricha, 
yaradorlarda murakkab patogenez bilav kechuvchi xilma-xil ichki a’zolar 
kasalliklari aniqlangan. Yaradorlarda hayotiy jarayonlar boshqarilishining buzilishi 
bilan kechuvchi shok, yarador bo’lish natijasida qon bosimi tushib ketishi bilan 
namoyon bo’luvchi kollaps kabi asoratlar ham kuzatildi. Urush paytida o’pka, yurak 
va buyrak kabi ichki a’zolarda o’ziga xos o’zgarishlar aniqlangan. Bu 
shikastlanishlar murakkab bo’lib, ko’pincha tananing qaysi joyiga o’q tekkanligiga 
(bosh, ko’krak, korin) bog`liq. Ba’zi shikastlanishlar turli yuqumli kasalliklarga 
sabab bo’ladi. Yarador bo’lish qon yo’qotish bilan kechib, bu kasallikning tuzalishi 
va asoratlar qolishiga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Bundan tashqari, jangovar holat (tinimsiz janglar frontdagi urush to’xtagan 
davrlar) asablarga kuchli ta’sir etishi, yaradorlar tinkasini quritish bilan birga ular 
ichki a’zolari faoliyatini yomonlashtiradi.
Vatan urushi yillarida terapevtlarning yaradorlarni davolashlari puxta ishlab 
chiqilgan edi. Alohida tibbiy batalon va gospitallarda terapevtlar jarroh bilak 
birgalikda yaradorlarda kelib chiqqan ichki a’zolar kasalliklarini davoladilar.
BUYRAK KASALLIKLARI
Yaradorlarda jarohatlaiishdan so’ng tez orada reflektor ravishda siydik 
tutilishi mumkin. 1—2 kun o’tgach siydik chiqarish faoliyati asli holiga keladi.
Jarohat infekstiyasi zamirida ko’p hollarda yuqumli-toksik nefropatiya 
kuzatiladi. U jarohatlanishning dastlabki kunlaridayoq boshlanib, buyrakdagi kichik 
o’zgarishlar (siydikda bitta-yarimta gialin va donachali stilindrlar, biroz oqsil paydo 
bo’lishi) bilan ifodalanadi. Kasallik bir oycha davom ztadi va jarohatdagi yuqumli 
asorat ketishi bilan buyrak faoliyati tiklanadi. N e f r i t l a r odatda jaroxatlanishdan 
so’ng ancha vaqt o’tgach kuzatiladi. Kasallikning dastlabki kunlarida bemor shishib 
ketadi, qon bosimi ko’tariladi (sistolik bosim 200 MM c. u., diastolik bosim 100—
120 mm. s. u.). Siydik tarkibida oqsillar, qon hujayralari, ko’plab gialin stilindrlari, 
donachali stilindrlar uchraydi. Ba’zan buyrak etishmovchiligi
(uremiya) bemor o’limiga sabab bo’ladi. Vatan urushi davrida iefritlar buyrak 
xastaligi bilan og`rigan yaradorlarning taxminan yarmida kuzatilgan.
Nefrozlar kamroq (buyrak kasalliklarining 6,4 foizi) uchraydi. U ko’proq 
yiringli osteomielit bilan yug`rigan yaradorlarda kuzatiladi. Bemorda turli 
darajadagi shishlar paydo bo’ladi. Siydik tarkibida oqsillar gialin, donador va 
mumsimon stilindrlar ko’payadi. Gematuriya nefrozlarda uchramaydi. Ba’zi 
yaradorlar buyragida tosh hosil bo’lishi tufayli ularning buyragi sanchib og`riydi. Bu 


hol urush sharoitida ko’p kuzatilgan. Buyrak kasalliklarini o’z vaqtida aniqlash
yaradorlarning tezroq safga kaytishshariga imqon berishi shubhasiz.

Yüklə 410,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə