Mavzu : O’q bilan yaralanganda buyrak, xazm, qon a’zolari kasalliklarining yuzaga kelishi, tashxisi


PORTLASH TULQINI TA’SIRIDA ICHKI A’ZOLARDA KELIB



Yüklə 410,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix05.06.2022
ölçüsü410,06 Kb.
#88875
1   2   3   4   5   6
Mavzu O’qotar jarohatlari №6 989d6e7dafa1e22d57e743a88d78fc6e

PORTLASH TULQINI TA’SIRIDA ICHKI A’ZOLARDA KELIB 
CHIQADIGAN KASALLIKLAR
Rusiya-Turkiya urushi davridayok shifokorlar portlash ta’sirida ichki a’zolarda kelib 
chikadigan o’zgarishlarga e’tibor berishgan. Bu o’sha vaqtda jang maydonida kuchli 
artilleriya snaryadlari qo’llanilishi bilan bog`liq edi.
«Karaxtlik» («qontuziya») iborasi shu yillari kelib chiqdi.
Snaryad yoki avia bombasi portlaganda xavo siqilib, atmosfera bosimi oshib 
ketishi va portlash ta’siri tugagan joyda bosimning kamayib ketishi odamlarga 
jarohat etkazadi. Birinchi navbatda portlash quloqqa ta’sir etib, quloq pardasini 
yorishi, o’rta va ichki quloqni shikastlantirishi mumkin. Portlash payti chiquvchi 
kuchli tovush impulslari ko’p hollarda miyaning akustik zonasiga ta’sir etib- kar 
bo’lib kolishga, havodagi bosimning keskin o’zgarishi - ichki a’zolarni 
zararlantirishta, portlash to’lqini esa odamni uloqtirib yuborib, turli jaroxatlar 
olishga sabab bo’ladi.Portlash to’lqinining ta’siri birinchi jahon urushidayoq harbiy 
shifokorlar tomonidan o’rganilgan bo’lib, Ulug` Vatan urushi davrida xarbiy 
tibbiyot bu yo’nalishda ko’plab kuzatishlarga ega edi. Taniqli nevropatolog, 
professor M. A. Zaxarchenko portlash to’lqini ta’sirini biriichi jahon urushi va Vatan 
urushi yillarida o’rganib, nerv sistemasiga oid shikastlanishlar asosiy o’rin tutishini 
ta’kidladi. Ko’plab jabrlanganlar hushdan ketadilar: ba’zilari darrov o’ziga kelsa, 
boshqalari .anchagacha behush bo’lib yotadilar. Qontuziyaga uchraganlarning 
ko’pchiligida hushiga kelganidan so’ng ham eshitish, gapirish, hidlash, ta’m bilish 
va ko’rish a’zolari faoliyati tiklanmasligi mumkin. Bu xolat uzoq paytgacha davom 
etadi va yaxshilab davolanishdan so’ng' ko’pchilik hollarda bemor sog`ayib ketadi. 
Agar jaroxat og`ir bo’lsa, qontuziyaga uchragan odam xushiga kelganidan keyin 
ham gaplashmaydi, vaqtni farqlamaydi, atrofdagilarga be-farq bo’ladi. Kuchli 
shikastlanganlarda bulbar holatlar kuzatilib bu umurtqa va miyaning asosiy 
arteriyasida qon aylanishining buzilishi bilan bog`liq. Kasallik belgilari yutishning 
qiyinlashishi, nutqning buzilishi, yurak faoliyatining izdan chiqishi va aritmiyada 
o’z ifodasini topadi. Portlash to’lqini ta’sirida bosh zararlanib, qo’l va oyoqlar shol 
bo’lib qolishi mumkin. Shuningdek u yoki bu miqdorda vazomotor buzilishlar: kaft 
va oyoq tagi ko’karishi, yuzning oqarishi va qizarishi, qo’l-oyoklarning sovishi, 
terlashning kuchayishi kuzatiladi. Ulug` Vatan urushi paytida portlash to’lqini 
ta’siridan o’pkada qator o’zgarishlar kelib chiqishi aniq landi. Bemor hansiraydi
yo’taladi, o’pkaga qon quyilishi nati-jasida qon aralash tupuradi. Yurak-tomirlar 
sistemasida bradikardiya va pulsning o’ta o’zgaruvchanligi kuzatiladi. Keyinchalik 
EKG da sinus bradikardiyasi, ko’p hollarda esa ekstrasistoliya aniqlanadi.
Ovqat xazm kilish a’zolari faoliyatining buzilishi jarohatlanishdan keyingi 
dastlabki soatlarda ko’ngil aynishi, ba’zan kusish, ich ketish va el ushlay olmaslik 
kabi belgilarda seziladi. Ba’zan uzok vaqt, hafta, oylar karaxtlik, parishonxotirlik, 
tushkunlik davom etadi. Harakat astasekin tiklansada, nutq va eshitishiing izdan 


chiqishi anchagacha saqlanadi.Uyqu buzilishi holati bunda o’ziga xos tarzda 
namoyon bo’ladi. Bedorlik va uyqu orasidagi chegara yo’qolib, har ikkalasidan 
bemor qoniqmaydi. Portlash to’lkini ta’sirida qon bosimi oshganlar keyinchalik (7— 
8 oy) shu dardga (gipertoniya) mubtalo bo’ladilar. Bosh og`rig`i, bosh aylanishi
kuloq shang`illashi, uykusizlik kabi sterebral holatlar ko’pchilikda uzoq saqlanib 
qoladi.Portlash to’lqinining me’da-ichak a’zolariga yana bir ta’siri, me’da yarasi 
bilan og`riganlarda me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yangi yaralari paydo 
bo’ladi.
Davolash. Bemor yotib davolanishi zarur. Engil va o’rtacha og`ir turda 
og`rigan bemorlar uchun o’rin-ko’rpa qilib yotish muddati uch haftadan kam 
bo’lmasligi kerak. Og`ir bemorlar uchun muhlat cho’ziladi. Jaroxat tufayli shok 
holatiga tushganlarga yurak-tomirlar faoliyatini yaxshilash maqsadida kofein, 
strofantin, kordiamin, me-zaton, nafasni izga tushirish uchun esa lobelin va stititon 
tayinlanadi. Miya shishini qaytarishda magniy sulfat, glyukoza va boshqa dorilar 
qo’llanadi. Kalla ichi bosimi-ii pasaytirish uchun orqa miya teshiladi.
Qontuziyaga uchragan bemorlarga trankvilizatorlar (tazepam, trioksazin, 
rogipnol, meprotan va b. q.) albatta berilishi kerak. Uyquni cho’zish va asab 
sistemasi ho-latini yaxshilash uchun narkotik dorilar, bemor bezovta bo’lsa, 
aminazin berish mumkin Agar vegetativ asab sistemasi va tomirlar reakstiyasi 
sezilsa, uni kamaytirish maqsadida antigistamin dorilar (dimedrol, pipolfen) 
tayinlanadi.

Yüklə 410,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə