Mavzu : O’q bilan yaralanganda buyrak, xazm, qon a’zolari kasalliklarining yuzaga kelishi, tashxisi



Yüklə 410,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix05.06.2022
ölçüsü410,06 Kb.
#88875
1   2   3   4   5   6
Mavzu O’qotar jarohatlari №6 989d6e7dafa1e22d57e743a88d78fc6e

ME’DA-ICHAK KASALLIKLARI
Ulug` Vatan urushi yillari terapevtlar yaradorlarda gastrit, kolit, me’da yarasi 
kabi me’daichak kasalliklarini ham akiqladilar. Gastritlar kechishi odatdagiday edi. 
Bunda yaradorlar to’sh suyagi ostida og`riq turishi, og`izda bemaza ta’m sezish, ich 
qotishi, ko’ngil aynishi va qayt qilishdan shikoyat qiladilar. Jangovar jarohatlar 
rqibatida surunkali gastrit qo’zg`aladi. Gastritni me’da yarasidan fark qilish kerak, 
chunki xar ikkalasi ham jarohatlanishning birinchi haftasidayok yuzaga keladi. 
Kolitlar shikastlanishdan ancha keyin paydo bo’lishv mumkin.
Bunda qorinda og`riq turishi, meteorizm, ich ketishi, ba’zida tana xarorati 
ko’tarilishi kuzatiladi.
Kolitlarni ichburug`, ichak silidan farqlash kerak.
QON TUZILISHIDAGI UZGARISHLAR
Jarohatlangan zahoti, qon yo’qotish tufayli kamqonlik yuzaga kelishi 
mumkin. Odatda kamqonlik yirik tomirlar jarohatlanganida ro’y berib, vaqtida 
(ayniqsa qish faslida tibbiy yordam berilmasa, yarador o’limiga sabab bo’ladi. Qorin 
sohasi shikastlanganda ichga qon ketib, kamqonlik yuzaga kelganligi darhol 
sezilmaydi. Keyinchalik yaraga yuqumli asoratlar ko’shilishi bilan kamqonlik 
surunkali kechishi mumkin. Yaradorlarda ke-yinchalik kelib chiqadigan 
kamqonlikni o’rganish shuni, kursatadiki, bunda asosan eritrostitlar etilishi zarar 
ko’rar ekan. «Kechki anemiyalar» kelib chiqishiga asosan anaerob infekstiya sabab 
bo’ladi. Bu mikroorganizmlarning qon tarkibini buzuvchi zaharlar ishlab chiqarishi-
bilan tushuntiriladi.
Qo’p qon yo’qotishdan o’lish hollarini urush yillari ko’plab olimlar 
o’rgandilar. Ayniqsa, shifokor ko’p kuzatishlar olib bordi. Uning ma’lumotlariga 
ko’ra qon yo’kotishdan o’lish 40 foizni tashkil etgan. Ko’proq ichki qon ketish, 
kamrok tashqi qon ketishdan o’lim sodir bo’lgan. Ko’p qon yo’kotish so’nggi 
kamqonlik va kollaps belgilaridan iborat. Yarador boshi aylanib, hushidan ketadi, 
tomir urishi juda zaiflashadi, sovuq ter bosadi, ko’karib ketadi. Qon tarkibida 
eritrostitlar kamayib, to’qimalarni kislorod bilan ta’minlash keskin yomonlashadi. 
(gipoksiya). Bu holatga nerv sistemasi ayniqsa sezgirdir: bemor tana holati salgina 
o’zgartirilganda uning boshi aylanadi, ko’z oldi jimirlab, ko’z ko’rmay koladi (bu 
vaqtincha holat), yurak urishi tezlashadi. Qon yo’qotishdan so’ng uning tarkibidagi 
eritrostitlar ko’p chiqib ketganiga karamasdan, eritrostitlar soni va gemoglobin 
miqdori tekshirilganda avvaldagidek bo’ladi. Buning sababi qon yo’qotilgach jigar, 
talok, mushaklar, teri osti yog` to’qimasi tomirlarga qon chiqishidadir. Bu reflektor 
tomir to’ldirish davri bo’lib, bundan so’ng gidremik to’ldirish davri boshlanadi. 
Tomirlarga ko’p miqdorda to’qima suyuqligi— limfa chiqadi. Okibatda eritrostitlar 
va gemoglobin mikdori kamayadi. Oradan 4—5 kust o’ggach retikulostitlar krizi 
(suyak iligini to’ldirish) davri boshlanib, qizil qon donachalari qon tarkibida yana 
ko’paya boshlaydi. Uz vaqtida yordam ko’rsatilganda (poliglyukin, reopoliglyukin, 


eritrostitlar massasi, qon quyish) eritrostitlar va gemoglobin miqdori 2—3 haftadan 
so’ng asl holiga qaytadi.

Yüklə 410,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə