Mavzu : O’q bilan yaralanganda buyrak, xazm, qon a’zolari kasalliklarining yuzaga kelishi, tashxisi



Yüklə 410,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix05.06.2022
ölçüsü410,06 Kb.
#88875
1   2   3   4   5   6
Mavzu O’qotar jarohatlari №6 989d6e7dafa1e22d57e743a88d78fc6e

Septik davr
. Sepsis va yuqumli asoratlar rivojla-nishi bilan ajralib turadi. 
Terining katta kuygan qismi bu asoratlar bilan bog`liq bo’lib, shu tufayli ularda 
mikroblar rivojlanib, yara bitishi sekinlashadi.
Tuzalish davri
. Yaxshi davo tadbirlari olib borilganda bemor bir — bir yarim 
oydan so’ng sog`ayib ketadi.
Kasallik belgilari: organizmning umumiy zaharlanishi, yurak-tomirlar va 
ichki a’zolar 'faoliyati-ning buzilishi: zotiljam, nefrit, oksillar almashinuvi izdan 
chiqishi, gepatit, kamqonlik kabi qator asoratlar rivojlanishi bilan namoyon bo’ladi. 
III—IV darajali kuyish hollarida jiddiy asorat sifatida zotiljam kuzatiladi. Nafas 
yo’llari kuyganda yuqumli mikroblar bronxlar bo’ylab tarqaladi. Terining 10—15 
foizi kuyganda kelib chiqadigan kuyish kasalligining birinchi davridayok, yurak-
tomirlar faolilti izdan chiqadi. Bemorlar yurak soxasida og`riq sezadilar, yurak tez 
urib, nafas etishmasligidan shikoyat qiladilar. Kuygandan so’ng dastlabki 
soatlardayoq, ko’p miqdorda qon zardobi yo’qotilishi natijasida qon umumiy 
miqdori kamayib, yurak miokardiga kam kislorod keladi. Oqibatda keyinchelik 
yurak urishi tezlashib, eshitib ko’rilganda yurak cho’qisida sistolik shovqin 
eshitiladi. Yurak mushaklaridagi o’zgarishlar miokardiodistrofiya ko’rinishida 
bo’ladi. Ba’zi bemorlarda N. D. Voyste-xovich ma’lumotlariga ko’ra yurak 
etishmovchiligidan o’lim hollari ham kuzatilgan. Quyishdan keyingi dastlabki 
soatlarda bemorlarning yarmida EKG patologik o’zgarishlarni ko’rsatadi.
Me’da-ichak faoliyatida ham qator o’zgarishlarni ko’rish mumkin. Birinchi 
kunlardayoq bemor ishtahasi pasayib, ichi kuyadi, ko’ngli aynib qusadi. Keyinchalik 
ishtaha mutlaqo yo’qolib, bemor ozib ketadi. Jigar faoliyati o’zgaradi ayniqsa, III 
darajali kuygan bemorlarda. Siydik bilan urobilin chikib, bu jigarning o’t ishlab 
chiqarish qobiliyati susaygashshgini ko’rsatadi. Shuningdek jigarning zaxarlarni 
tozalash xususiyati ham pasayadi. Qon tarkibida protrombin, qand, bilirubin, plazma 
oqsillari o’zgaradi. Ayniqsa, qondagi oqsillar miqdori keskin kamayib ketadi.Kuyish 
kasalligida buyrak faoliyati ham izdan chiqadi. Boshlang`ich davrda o’tkir buyrak 
etishmozchiligi kelib chiqib, siydikda donador gialin va mumsimon stilindrlar, ko’p 
miqdorda oqsil paydo bo’ladi. Qonda azot ko’payib, siydik chiqmay qolishi 
mumkin.
Qon tarkibida o’ziga xos o’zgarishlar ko’rinadi. Boshlang`ich davrda qonning 
quyilishi bilan bir qatorda eritrostitlar gemolizi kuzatilsa, keyingi haftaga o’tib 
bemorlarda kamqonlik rivojlanadi. Kamqonlik eritrostitlar ishlab chiqarilishining 
pasayishi va autoimmun gemoliz hamda qonda eritrostitlarni gemolizga uchratuvchi 


antitellalar paydo bo’lishi bilan izohlanadi. Qonda rqsillar miqdori kuygan yara 
yuzasidan zardob chiqishi disobiga kamayib ketadn. Shushshgdek, qon tarkibida 
natriy miqdori ham kamayib ketadi.
Oksidlanish jarayonining sekinlashishi oqibatida to’qimalar etarlicha kislorod 
bilan ta’minlanmaydi. Kislota-ishqor muvozanati kislotalar tomok suriladi (astidoz). 
Qonda moddalar almashinuvining oraliq mahsulotlari — polipeptidlar, sut kislotasi 
ko’payadi.
Davolash. Kuyishda birinchi yordam kiyimdagi olovni o’chirish va terining 
kuygan joyiga steril bog`lam ko’yishdan iborat (bunda kuygan joy ustidagi kiyimlar 
kesib olinadi). Bemorni shikast etkazmasdai, yo’lda sovqotib qolishdan ehtiyotlab 
ko’chirnsh zarur. Dastlabki soatlarda davolash tadbirlari kuyish shokiga qarshi olib 
borila-di. Og`riqni qoldiruvchi preparatlar (2 ml 2% li promedol, 2 ml 2% li 
omnopon va 1 ml dimedrol bilan ko’shi2. qo’llanadi. Og`riq kuchli bo’lganda 2 ml 
droperidol va 1 ml fektanil tavsiya etiladi. Barcha kuyganlarga teri ostiga 1300—
3000 AE qoqsholga qarshi zardob sto’llanadi. Polk tibbiy punktida kuyganlarni 
keyingi bosqichga ko’chirish. oldidan ular qoniga tuzli zardob o’rnini bosuvchi 
disol, trasol, reopoliglyukin, laktasol yuboriladi. Bu zritmalar suv va tuz muvozanati 
buzilishining, astidozining oldini oluvchi va bartaraf etuvchi miqdorda, (ya’ni 400—
800 mg dan) tayinlanadi. Agar kuyish shoki bo’lsa, qo’shimcha 60—90 mg 
prednizolon tomirga yuboriladi. Astidozni bartaraf etish maqsadida laktasoldan tash-
kari 150—200 ml 5% natriy gidrokarbonat qo’llanadi. Buyrak faoliyati 
buzidishining oldini olish uchun 150— 300 ml 5% li mannitol ham tavsiya etiladi. 
Plazma va gemodez quyiladi. Bir kunda 3—4 litr suyuqlik yuboriladi. Suv 
almashinuvini doimo nazorat etib borib, kuniga 2 litr suyuqlik ajralib chiqishini 
ta’minlash kerak. Shuningdek, glyukozaning izotonik eritmasi ishla-tiladi. 
Kamqonlikda bir necha marta eritrostitlar massasi 100—200 ml dan 3—5 kun 
o’tkazib quyiladi. Qon zardobi xar kuni 200— 400 ml dan yuboriladi.Mahalliy 
davolash usullari: Bemorni keyingi bosqichga ko’chirish kechikadigan bo’lsa, 
kuyishning I—III darajalarida teri atrofini vodorod peroksid bilan tozalab, 
epidermisning qolgan-qutgani olib tashlanadi. Yirik pufaklar qoldirilib, 
yiringlaganlari kesiladi. Yara usti ehtiyotkorlik bilan quritilib, ustiga moyli-balzamli 
yoki streptostit emulsiyasi shimdirilgan steril bog`lam bog`lab ko’yiladi. Sharoit 
bo’lmaganda, kuygan joy keyinroq tozalanib, ustiga tezda steril bog`lam yopiladi. 
Keyinchalik, bemor maxsus jarrohlik shifoxonalariga ko’chirilgach, kuygan joyga 
tananing kuymagan terisi ko’chirib o’tkaziladi.

Yüklə 410,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə