Optik aloqa tizimlari haqida umumiy ma’lumotlar O‘zbekiston respublikasi axborot



Yüklə 27,72 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü27,72 Kb.
#166187
Optik aloqa tizimlari haqida umumiy ma’lumotlar-fayllar.org


Optik aloqa tizimlari haqida umumiy ma’lumotlar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT


TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-
XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Optik aloqa tizimlari
Mustaqil ish
Mavzu:
Abonent ulanuvchi optik aloqa tarmoqlari
Bajardi: 051-19 guruh talabasi
Qodirova Laylo
Toshkent 2023



Mavzu: Abonent ulanuvchi optik aloqa tarmoqlari


Reja:
I.
Kirish
1.
Optik aloqa tizimlari haqida umumiy ma’lumotlar.
2.
Optik aloqa tizimlarining tuzilishi va uni tashkil etish usullari.
3.
Optik aloqa tizimlarida liniyalarni zichlashtirish usullari.
II. Xulosa
III. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Insoniyat taraqqiyotida aloqa, xususan, optik aloqa (OA)ning roli


katta boigan, bunga sabab yorugiik nurining tarqalish tezligining
juda yuqoriligi (3 *10 8 m/s), to‘g‘ri chiziqli tarqahshi va boshqa
xususiyatlaridir.
Axborotlarni uzatish uchun yorugiik nurining qo’llanilishi uzoq
tarixga ega. Dengizchilar axborotlarni uzatish uchun signal
lampalarini qoilaganlar, mayoqlar esa ko‘p asrlar davomida
dengizchilami xavf-xatardan ogohlantirgan.
XVIII asrning 90-yiharida I.P. Kulibin (Rossiya) va K. Shapp
(Fransiya) bir-biridan bexabar optik telegraf ixtiro qilishgan.
Bu optik telegraf quyosh nurini ko‘zguIar yordamida qaytarish
asosida ishlagan.Axborotlarni masofaga uzatishda yorug'lik
nurining qulayligini sezgan amerikalik ixtirochi Aleksandr
Grexem Bell 1882-yilda fokuslantirilgan quyosh nurini qo‘llab,
Vashingtonda ikki bino tomi o‘rtasida optik telefon (fotofon)
aloqasini o‘matgan. U o‘zining qurilmasi yordamida ovozni nur
orqali 200 metr masofaga uzatgan. Bu tizimlar atmosfera orqali to
‘g‘ri uzatishni ta’minlangan.
Axborotlami ochiq atmosferada uzatish yaxshi natija bermadi.
Bunga sabab atmosferadagi harorat, havo oqimi, changlar, tuman
va hakozolar tinimsiz o‘zgarib turganhgi sababli ochiq havo
yorug‘lik uzatuvchi muhit sifatida ishlashga yaroqsizligi va bu
muammoning yechimi - axborotlami yorug‘lik uzatkich bo'ylab
uzatish g‘oyasi olimlar tomonidan XX asming 60-yillarida
aniqlandi. Bu g‘oya yaratilgunuga qadar olimlar bu borada
tinimsiz ilmiy izlanishlar olib bordilar. Birinchi yorug‘lik
uzatkichlar — XIX asming 70-yillarida (1874— 1876-yillar)
Rossiyada yaratilgan.



1905-yilda R. Vud «fizik optikada shisha yoki eng yaxshisi kvars


tayoqcha devorlaridan «ichki qaytishni» qo'llab, yorug'lik
energiyasini katta yo‘qotishlarsiz bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga
o‘tkazish mumkin, deb yozgan.
1920 — 1930-yillari Germaniyada elektromagnit to'lqinlarni
shaffof yorug‘lik o‘tkazgichlar orqali uzatish bo‘yicha ishlar olib
borildi (O. Shriver, U. Bregg).
1927-yili Bayrd (Angliyada) va Xanzell (AQSHda)
televideniyeda tasvirlarni uzatish uchun juda ko‘p tolalar ishlatish
kerak, degan g‘oyaga keldilar.Shu tarzda, o‘tgan asrning 50-
yillarigacha tasvirlarni ingichka yorug'lik uzatkich orqali uzatish
g‘oyasi, ya’ni tolali optika g‘oyasi rivojlanib bordi.
1951-yilda tolali optik aloqa rivojlanishining yangi bosqichi
boshlandi: Van Xiil (Gollandiyada), Kapani va Xopkins
(Angliyada) bir-biridan bexabar tasvirlarni uzatish uchun shisha
tolalarning mustahkam sozlanuvchan jgutlarini yaratish va ular
yordamida tasvirlarni uzatish qonuniyatlarini tadqiq etish bo‘yicha
ish boshladilar.
2.Istalgan aloqa tizimining asosiy vazifasi axborotlarni bir
punktdan boshqasiga uzatishdan iborat. Optik to‘lqin va signallar
yordamida axborotlarni m a’lum m asofalarga uzatishga m
o‘ljallangan, boshqacha aytganda, optik signallarni shakllantirish,
qayta ishlash va uzatishni ta'minlovchi optik qurilmalar va optik
uzatish liniyasi yig‘indisiga optik aloqa tizimi (OAT) deb ataladi.
Optik aloqaning afzalliklari.O‘tkazish oralig‘ining kengligi.
Bu tashuvchi chastotasining juda yuqoriligi 1014 — 1015 Hz bilan
tushuntiriladi. Bitta optik tola bo‘ylab sekundiga bir necha terabit
axborotlar oqim ini uzatish imkoniyati mavjud. 0 ‘tkazish



oralig‘ining kengligi optik tolaning mis va boshqa axborot uzatish


muhitlaridan ustun turuvchi eng muhim afzalligidir.
Optik tolada yorug‘lik signallarining kam so‘nishi.Hozirgi
kunda ko'plab
kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan optik tolalar
kanal kilometr hisobida 1,55 mkm to‘lqin uzunligida 0,2 — 0,3
dB/km so‘nishga ega. So‘nish va dispersiya qiymatlarining
kichikligi optik signallarni liniya trakti bo‘ylab retranslyatsiyasiz
100 km va undan uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi.
Optik kabellarning yengilligi, hajmi va o‘lchamlarining
kichikligi. Optik kabellar mis kabellar bilan solishtirilganda ancha
yengil va hajmi kichik. Masalan, 900 juftli 7,5 sm diametrli mis
telefon kabeli 0,1 sm diametrli bitta optik tola bilan almashtirilishi
mumkin. Agar optik tola bir necha himoya qobiqlaridan iborat va
bron po‘lat tasma bilan qoplangan bo‘lsa, bunday tola diametri 1,5
sm ga teng bo‘ladi, bu esa ko‘rilayotgan mis kabel diametridan bir
necha marta kichik.
Shovqindan yuqori darajada himoyalanganligi. Optik tola
dielektrik materiallar — kvars, ko‘p tarkibli shisha, polimerlardan
tayyorlanganligi uchun u elektromagnit nurlanishni induksiyalash
xususiyatiga ega, atrofidagi mis kabelli tizim va elektr
qurilmalarning (elektr uzatish liniyalari, elektrodvigatelli uskuna
va boshqalar) tashqi elektromagnit shovqinlariga ta’sirchan emas.
Aloqaning maxfiyligi. Tolali optik kabellar radioto‘lcfin
diapazonida umuman nur uzatmasligi sababli, undan uzatilayotgan
axborotni uzatib-qabul qilishni buzmasdan ruxsatsiz tashqi
ulanishlarda eshitish juda qiyin.



3.Optik aloqa tizimlarining tasnifi. Optik signallar


tarqaladigan uzatish muhitiga bogliq holda OAT ochiq optik aloqa
tizimi va tolaii optik aloqa tizimlariga boiinadi. Axborotlar ochiq
optik uzatish muhiti orqali uzatilsa, ochiq optik aloqa tizimi
(OOAT), tolali optik uzatish muhiti orqali uzatilsa, tolali optik
aloqa tizimi (TOAT) deyiladi.
OOATda nurlanish manbalari elektromagnit toiqinlarni ochiq
fazoga nurlantiradi. OOATining uzatuvchi muhiti o‘z navbatida
uch turga boiinadi: atmosfera, kosmik va suvosti aloqa muhitlari.
OATning asosiy yo‘nalishi TOAT hisoblanadi. TOATda
elektromagnit nurlanishlarning tarqalish yoiini tashkil etish uchun
maxsus optik yom giik uzatkich — optik tolalar qoilaniladi.
Hozirgi vaqtda uzatish xarakteristikalari yuqori darajada boigan
yom giik uzatkichlar, optik tolalar ishlab chiqilgan. Ammo
axborotlarni ochiq fazo va atmosferada uzatishga asoslangan
OOAT ham, radioaloqa uchun ajratilgan chastotalarni toidim vchi
vosita sifatida qiziqishlarni namoyon etadi.
Optik aloqa tarmog‘i bu tugunlar orasi optik uzatish muhiti
orqali bogiangan aloqa tarm ogidir. Tugunlar orasi tolali optik
uzatish muhiti orqali bogiansa, tolali optik aloqa tarm ogi, ochiq
optik uzatish muhiti orqali bogiansa, ochiq optik aloqa tarm ogi
deb ataladi. Qoilaniladigan modulyatsiya turiga ko‘ra analog va
raqamli OAT ga bo‘linadi. Analog OAT da modulyatsiyaning
analog usullari: amplituda, chastota va faza modulyatsiyasi turlari
qoilaniladi. Optik nurlanish manbalarining yuqori nochiziqliligi va
analog uzatish uchun talab etiladigan shovqin bardoshlilikni
ta'minlash texnik murakkabligi sababli analog OAT dan
foydalanish chegaralangan. Shunga qaramay bir qator sohalar



(optik kabelli televideniye, telemetriya, operativ va xizmat aloqa


tizimlari)da qo‘llaniladi.
Vazifasi va signallarning uzatish masofasiga ko‘ra, OAT
magistral, mintaqaviy, mahalliy-shahar va qishloq aloqa
tizimlariga bo'linadi. Magistral OAT signallarni 1000 km ga,
mintaqaviy OAT signallarni 600 km ga uzatish, shahar OAT
shahar telefon tarmog'ining bog‘lovchi liniyalarini zichlashtirish
uchun xizmat qiladi.
3.1. Ikki tomonlama tolali optik aloqa tizimini tashkil etish
usullari.
Ikki tomonlama tolali optik aloqa tizimini tashkil etishning
quyidagi usullari mavjud:
— ikki tolali, bir polosali, bir kabelli (to'rt o'tkazgichli, bir
polosali, bir kabelli);
— bir tolali, bir polosali, bir kabelli (ikki o‘tkazgichli, bir
polosali, bir kabelli);
— bir tolali ko‘p polosali bir kabelli yoki to‘lqin uzunligi bo‘yicha
zichlashtirilgan tizimlar.TOAT ning tuzilish sxemasida faqat
uzatishning bir yo‘nalishi ko'rsatilgan. Bunday tuzilishda optik
signallarni uzatish va qabul qilish ikki tola bo‘ylab (2-rasm), bitta
to‘lqin uzunligida amalga oshiriladi. Har bir optik tola ikki simli
fizik zanjirga o‘xshaydi, chunki kabelning optik tolalari orasida
o‘zaro o‘tishlar bo‘lmaydi. Shuning uchun, TOAT ning uzatish va
qabul qilish traktlari bir kabelning ikki tolasi bo'ylab tashkil
etiladi, ya’ni TOAT bir kabelli hisoblanadi.



2-rasm. Ikki tolali bir polosali bir kabelli TOAT


sxemasi.
Shu tarzda, keltirilgan tolali optik aloqa tizimini tashkil etish
sxemasi ikki tolali, bir polosali, bir kabelli hisoblanadi. Ushbu
aloqani tashkil etish sxemasining afzalligi — bu oxirgi va oraliq
stansiyalarning uzatish va qabul qilish qurilmalarining bir
turdaligidir.
Kamchiligi esa optik tolaning o‘tkazish qobiliyatidan samarali
foydalanish koeffitsiyenti juda kichik. Kabel qurilmalariga
ketadigan xarajatlar optik aloqa tizimlari narxining katta qismini
tashkil etishini, optik kabel narxi yetarli darajada qimmatliligini
hisobga olsak, optik toladan bir vaqtda katta hajmdagi inform
atsiyalarni uzatish hisobiga uning o'tkazish qobiliyatidan
foydalanish samaradorligini oshirish masalasi yuzaga keladi.
Bunga masalan, bitta optik tola bo'ylab qarama-qarshi
yo‘nalishdagi signallarni uzatish hisobiga erishish mumkin.2-
rasmda bir tolali, bir polosali, bir kabelli tolali optik aloqa
tizimining tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan. OT ni bir to ‘lqin
uzunligida ikkala yo‘nalish signallari uchun qoMlanilishi, bu
sxemaning xususiyati hisoblanadi.
OAQ - optik ajratuvchi qurilma, yorug'lik toMqinlarining
qutblanishini yoki optik nurlanishning yo'naltirilgan toMqinlari



turini ajratishni amalga oshiradi. Qarama-qarshi ikki tomonlama


signallarni uzatganda oqimlar orasida o'zaro o‘tish shovqinlari
hosil bo’ladi.
O‘tish shovqinlari OT va tarmoqlagichlardagi teskari sochilish,
yorugMikni ulangan joylar va liniya oxiridagi ajraladigan
ulagichlardan qaytishi natijasida vujudga keladi. Shovqin sathi va
uning spektr tarkibi uzatilayotgan signalning uzatish tezligi,
impuls formasi va liniya trakti parametrlari (optik tolaning
so'nishi, toMqin uzunligi, sonli apertura, sindirish
ko‘rsatkichlari)ga bog’liq.
Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy
o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/s.ni tashkil etib,



kommutatsiya markazi orqali 750 Gbit/s tezlikda Internet


tarmog‘iga chiqish imkoniyati yaratildi va tarmoqning yuklanish
darajasi 76,6 foizni tashkil etdi.
2020 yilning 1 yanvaridan operator va provayderlarga Internet
xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34
foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 56,0 ming so‘mni tashkil
etdi.
Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 mln.dan ortdi,
shundan mobil Internet foydalanuvchilari soni 19 mln.ni tashkil
etdi.
Respublika bo‘yicha 237 ta ob’ektda magistral
telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, telekommunikatsiya
uskunalari modernizatsiya qilinib, magistral telekommunikatsiya
tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 200
Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 40 Gbit/s.ga yetkazildi.
Shuningdek, “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi
doirasida respublika bo‘yicha 10,0 ming km. optik tolali aloqa
liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6 ming km. ga yetkazildi.
Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2 017 ta mobil
aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning umumiy soni 26
mingtadan ortdi va respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan
qamrovi darajasi 96 foizga va mobil Internet tarmog‘iga keng
polosali ulanish qamrovi darajasi 70 foizga yetkazildi.
Internet tarmog‘iga keng polosali simli ulanishni kengaytirishni
amalga oshirish doirasida operatorlar va provayderlar tomonidan
786 mingta port montaj qilindi va umumiy keng polosali tarmoqqa
ulanish portlari soni 1,9 mln.ga yaqin yetkazildi.



Servis, turizm, savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlarining


jozibadorligini oshirish maqsadida barcha diqqatga sazovor joylar,
ziyoratgohlar, temir yo‘l vokzallari, aeroport, turistik ob’ektlar
hamda Toshkent metropolitenining barcha ob’ektlarida xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar, telekommunikatsiya operator va
provayderlari tomonidan 685 dan ortiq Wi-Fi tarmog‘i orqali
Internetga ulanish nuqtalari ishga tushirildi.



2020-yil axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari


sohasi uchun, shubhasiz, sermahsul bo‘ldi desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. O‘tgan yilda telekommunikatsiya infratuzilmani
rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar va qator yirik loyihalar
amalga oshirildi.
Optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihasini amalga oshirish
bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. 2018-yilda optik tolali
tarmoqlarning umumiy uzunligi 26,6 ming kilometrni tashkil etgan
bo‘lsa, 2020-yilda esa 68,6 ming kilometrgacha yetkazildi. Joriy



yil oxiriga qadar esa ushbu ko‘rsatqichni 118,6 ming


kilomertgacha yetkazilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda 1 millionta Internet tarmog‘iga keng polosali
ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga
yetkazildi. 2021-yil oxiriga qadar portlarning soni 3,9
milliongacha yetkaziladi.
Majvud bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlarni modernizatsiya qilish
ishlari natijasida Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy
o‘tkazuvchanlik qobiliyati 10 baravar o‘sib, 1 200 Gbit/s. gacha
yetkazildi. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik
qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobarga, tuman
markazlari darajasida esa 4 barobar oshdi.
Mobil aloqa tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha ham jadal ishlar
olib borilmoqda. Hozirgi kunda Respublika bo‘yicha 31,7 mingdan
ortiq mobil aloqa baza stantsiyalari mavjud bo‘lib, aholi punktlarni
mobil aloqa bilan qamrash darajasi 98 foizgacha yetkazildi. Joriy
yilda mobil aloqa baza stantsiyalari sonini 33,7 minggacha
yetkazilishi va mobil aloqa bilan qamrov darajasini 99 foizgacha
ko‘tarilishi rejalashtirilgan.
Ijtimoiy soha obyektlarini yuqori tezlikdagi Internet bilan
ta’minlash doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Respublikada 10 154 ta umumta’lim maktablari, 5 781
ta maktabgacha ta’lim muassasalari va 3 527 ta sog‘liqni saqlash
ob’ektlari mavjud bo‘lib, joriy yil 1 dekabr holatiga 7 150 ta (70
foiz) xalq ta’limi, 4 581 ta (80 foiz) maktabgacha ta’lim
muassasalari va 2 747 ta (78 foiz) sog‘liqni saqlash ob’ektlariga
jami 12 867 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan va
yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati
yaratilgan.



Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishi, o‘z navbatida,


munosib ravishda ma’lumotlarni saqlash quvvatlarni talab etadi.
Shu maqsadda 2020-yilda 5 Petabaytga sig‘imli Ma’lumotlarni
saqlash va qayta ishlash markazi ushga tushirildi.
Mazkur choralar, birinchi navbatda, asosiy vazifani amalga
oshirishga qaratilgan, ya’ni keng ko‘lamli raqamli islohotlarni
amalga oshirishga imkon beradigan barqaror va zamonaviy
texnologik platformani yaratish.



Xulosa: Men bu mustaqil ishda telekomunikatsiya tarmoqlarida


qo’llaniladigan eng asosiy tarmoq bo’lgan optik tolali aloqa
tarmoq haqida malumotga ega bo’ldim. Optik aloqa tarmog’ining
rivojlanish tarixi,uning avfzalliklari,tehnalogiyalari kabi
hususiyatlarini o’rgandim.O’zbekistonda ham optic aloqa tarmo’gi
bosqichma-bosqich rivojlanmoqda.dastlabki yillarda viloyatlar
o’rtasida optic tarmoq hosil qilingan bulsa bugungi kunga kelib har
bir xonadonga optic tarmoq tortilmoqda.Bu esa aloqa sohasini
yanada rivojlanishiga va insonlarni bu sohaga qiziqishi ortmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Enternet sayti www.ziyouz.com sayti.
OPTIK ALOQA ASOSLARI N. Yunusov, R. Isayev, G.X.
Mirazimova Toshkent 2014



http://fayllar.org
Yüklə 27,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə