46
metodga asosan, donor sathdan chiqqan energiya spektri va akseptorning nurlanish
spektri bilan tebranadi. Bu jarayonni quyidagicha tushuntirish mumkin.
Nurlar
ta‘sirida molekula yoki atom elektroni bir turg‗un orbitadan boshqa turg‗un
orbitaga o‗tganda yorug‗lik kvanti nurlatadi yoki yutadi. Bunda chiqarilgan yoki
yutilgan kvant energiyasi elektronning orbitadagi energiyalari farqiga teng ya‘ni,:
h =E
n
– E
m
(2.1)
2.3 – rasm. Donor va akseptorlarning energetik sathlari sxemasi.
Boshqacha aytganda, nurlar ta‘sirida donor sath bilan akseptor sathlar
o‗rtasida o‗zaro energiya almashunuvi vujudga keladi. Bu orbitalar energiyalari
farqi yoki shu energiyaga teng bo‗lgan donor sath bilan akseptor sathlar o‗rtasidagi
r
masofaga bog‗liq:
E ~ 1/ (1 + (r/R)6)
(2.2)
R – doimiy (~ 3 nm).
Bu jarayonda energiya donor sathdan akseptor sathga uzatiladi.
Natijada
energetik sathlar o‗rtasida tebranish vujudga keladi. Nurlanish intensivligi ular
o‗rtasidagi masofaga bog‗liq. Energiya uzatilganda akseptorning nurlanish
energiyasi ko‗rish soha spekriga to‗g‗ri kelib, konfokal mikroskopda qayd etiladi.
Olingan signgallar yordamida donor va akseptor sathlar aniqlanadi.
47
Konfokal mikroskop oddiy mikroskoplar singari ma‘lum bir aniqlikka ega:
= / (NA)
(2.3)
Bu erda, – nurlanishning to‗lqin uzunligi,
(NA)= sin
– obektivning aperatura
soni, – namuna bilan obektiv o‗rtasidagi sindirish ko‗rsatgichi,
- obektiv qabul
qilgan burchak yarimi.
Ruhsat etilgan sezgirlik darajasi ~ 250 nm (NA=1,45, n=1,51) tashkil qiladi.
Hozirgi kunda mikroskoplarning sxemasida namunalarning fluoresensiya xossasi
rivojlanishi tufayli, ularning ruhsat etilgan chegarasi ~ 3—10 nmni tashkil qiladi
[18].
Mikroskoplarda manba sifatida lazer nurlarining qo‗llanilshi konfokal
mikroskopning ishlash samaradorligini yanada oshirdi. Lazerlarning boshqa
yorug‗lik manbalariga nisbatan avfzalligi ularning monoxromatikligi
va diametri
juda kichik parallel nurlar dastasidan iboratligidir. Lazer nurlarining bu avfzalligi
optik sistemali mikroskoplarning ishlash samaradorligini hamda nurlar dastasinig
fokuslanishini oshiradi, tasvir hiraligini kamaytiradi. Lazer nurlari yordamida
o‗rganilayotgan namuna sirti to‗la
yoritilmaydi balki, kerakli sohaning o‗zi
yoritiladi. Konfokal mikroskop diafragmasi diametrini o‗zgartirish orqali har bir
qatlamga tegishli ma‘lumotlarni olish mumkin.
O‗rganilayotgan obekt va maqsadga mos holda konfokal mikroskoplarda turli
lazerlardan foydalaniladi. 2.1 – jadvalda konfokal mikroskoplar uchun
mo‗ljallangan lazerlarning turlari keltirilgan.
2.1-jadval
Konfokal mikroskoplar uchun mo„ljallangan lazerlarning turlari
Lazer turlari
Nurlanish to‗lqin uzunligi,
nm
Maksimal quvvati, MVt
Ar – UV
351, 364
80
Yarimo‗tkazgichli
405
50
48
He – Cd
442
30
Ar – Kr
488, 568, 647
125
Ar
458, 477, 488, 496, 514
200
He – Ne
543
1,5
Kr
568
40
He – Ne
594
4
He – Ne
633
15
Ti – Sapfire, impulsli
720 – 1000
1 (o‗rtacha quvvat)
Xulosa qilib aytganda, bu metod nafaqat moddaning tuzilishi, morfologiyasini
o‗rganishda balki, turli modda yoki tuzilmalar yaratishda ham keng qo‗llaniladi.
Bu mikro- yoki nanoelektronikaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: