43
Oddiy optik mikroskopning sezgirlik darajasi 10
-7
metr, maxsus skaner qiluvchi
mikroskopniki 10
-8
– 10
-9
metrni tashkil qiladi. Demak, mikro- yoki
nanotuzilmalarni o‗rganishda, diagnostika va tadqiq
qilishning optik metodlarni
bilish talab etiladi.
2.1-rasm. Inson va mikroskoplarning ko‗rish chegarasi [15].
Hozirgi kunda mikro- va nanotuzilmalar tuzilishi va morfologiyasini
o‗rganishning bir necha optik metodlari ishlab chiqilgan. Bu metodlarni
qo‗llanilish sohasi hamda metodiga bog‗liq holda quyidagi turlarga bo‗lishimiz
mumkin:
moddalar diagnostikasi va tadqiq qilishning
optik metodlari;
elektron va ion nurlar dastasi yordamida diagnostika va lokal taxlil qilish;
skaner qiluvchi zondli mikroskop, spektroskop va boshqalar.
Bu metodlar
yuqori vakuum sharoitida, maxsus mikroskoplarda amalga
oshirilib, namunaning geometrik hamda atomar tuzilishi haqida to‗la ma‘lumot
olish imkonini beradi.
44
Hozirda, bu soha bo‗yicha asosan ilmiy tadqiqot institutlarigina
shug‗ullanadi. Oliygohlarda esa bu sohaning rivojlanishiga kam e‘tibor berilgan.
Biroq, bunday qurilma va metodlarni fizik mohiyatini o‗rganish, ularni o‗quv
jarayoniga tadbiq etish magistr hamda bakalavrlarni
jahon standarti talablari
doiroasida ta‘lim olishlaridagi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bu
muammolarning hal etilishi magistrant, bakalavr hamda ilmiy tadqiqotchilarning
ilmiy salohiyatini rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bularga bog‗liq holda,
mazkur bo‘limda, mikro- va nanotuzilmali yarimo‘tkazgichlar
diagnostikasi va
ularni tadqiq qilishnig optik metodlari, ularning fizik mohiyati bayon qilinadi.
Dostları ilə paylaş: