Optika 7 laboratoriya ishi



Yüklə 182,08 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix16.06.2023
ölçüsü182,08 Kb.
#117537
url refraktometrining ishlash prinsipi bilan tanishish suyuq eritma aralashma larning sindirish korsatkichini aniqlash



OPTIKA 
 
7 - laboratoriya ishi 
 
SUYUQLIKLAR SINDIRISH KO’RSATKICHINI "URL" 
REFRAKTOMETRI YORDAMIDA ANIIQLASH 
 [15.486-492, 20.400-48] 
 
Ishning maqsadi.
“Url” 
refraktometrining 
ishlash 
prinsipi 
bilan tanishish, suyuq eritma (aralashma) larning sindirish ko’rsatkichini 
aniqlash. 
 
ISH TO’G’RISIDA NAZARIY TUSHUNCHA 
URL (Universalnыy refraktomer laboratornыy) refraktometri 
sindirish ko’rsatkichi 1,2 dan 1,7 gacha bo’lgan suyuqliklarning 
sindirish ko’rsatkichini va eritmadagi qandning konsentratsiyasini 
noldan 95% gacha keng temperatura oralig’ida aniqlash imkonini 
beradi. O’lchash uchun juda oz miqdorda (0,2 ml.) suyuqlik namunasi 
yetarlidir. Refraktometr to’la ichki qaytish hodisasiga yoki limitik sinish 
burchagi shartiga asoslanib ishlaydi. O’lchanishi lozim bo’lgan suyuqlik 
tomchisi ikkita prizma orasidagi tutashuvchi tekisliklarga tomiziladi. 4-
prizma yoritish prizmasi, 5-prizma esa o’lchat prizmasi deyiladi (17-
rasm). Yorug’lik manbai (I) dan chiqayotgan nur ikki va uch kondensor 
orqali o’tib, yoritish prizmasi 4 ning kirish qirg’og’iga tushadi. 
Yorug’lik nuri yupqa suyuqlik qatlamidan o’tib, o’lchash prizmasi va 
suyuqlik chegarasida sinadi. Limitik sinish shartiga asosan: 
n
c
=n
0
Sin

0
 
(7.1) 
bo’lib, bu yerda, n
c
tekshirilayotgan suyuqlikning sindirish ko’rsatkichi, 
n
0
prizma moddasining sindirish ko’rsatkichi, 

0
limitik (chegaraviy) 
sinish burchagi. 


17 - rasm 
Chegaraviy turli burchakda singan nurlar o’lchash prizmasidan 
chiqib, 6-to’g’ri ko’rish prizmasidan o’tadi va 7-qaytaruvchi prizmada 
90° ga burilib, ko’rish trubasining ob’ektivi 8- da fokuslanadi. Ko’rish 
maydonida keskin chegaralangan yopyg’ va qopong’y soxalar hosil 
bo’ladi. Soyaning chegarasi chegaraviy nurlar hisoblanadi. Ko’rish 
maydonidagi turli xil ranglarni (dispersiya) 7 kondensor orqali 
yo’qotiladi. Qo’zg’almas shkala 10 ga nisbatan soya chegarasining 
vaziyatini aniqlash uchun ko’rish trubasi asta-sekin burib siljitiladi. 
Ko’rish maydonidagi "Krest" belgisi soyaning aniq chegarasiga 
o’rnatiladi va chap shkaladan sindirish ko’rsatkichi o’qiladi. Shkalaning 
o’ng tomoni esa qand eritmasining konsentratsiyasiga mos keluvchi 
qiymatlarda darajalangan bo’lib, bir vaktning o’zida qandning 
eritmadagi protsent miqdorini ham aniqlash imkonini beradi. 
17 

rasmda 9 – to’r, 11 - va 12 - esa ko’rish trubasining okulyaridir. 6 - 
to’g’ri ko’rish trubasi dispersiyani kompensatsiyalash - yo’qotishda 
ishlatiladi. 
Kepakli asbob va materiallar: 
"URL" refraktometri, distillangan 
suv, osh tuzi va shakar eritmasi, spirt va boshqa suyuqliklar. 
 
ISHNING BAJARILISH TARTIBI 
 
1. Distillangan suv oling va refraktometrning nol punktini 20°S da 
tekshiring, bunda, n
s
=1,33299 va eritma konsentratsiyasi 0% ni 
ko’rsatishi kerak. Buning uchun quyidagilarni bajaring. 
2. Yuqori kamera darchasi (teshigi)ni ochib qo’ying, quyi kamera 
darchasi esa yopiq bo’lishi kerak. 
3. Yuqoriga kamerani ko’tarib oching va prizmani spirt yoki 
distillangan suv bilan artib tozalang va quriting. 
4. Shisha tayokcha yoki tomizgich bilan quyi kamera prizmasining 


sirtiga 1-2 tomchi distillangan suv quying va yuqoridagi kamerani 
tushiring. 
5. Yorug’lik nurini yuqorigi kamera darchasiga to’g’rilab 
yo’naltiring. Okulyarni maxsus vint orqali surib, ko’rish maydonida 
soya chegarasini shkala ustidagi "Krest" bilan ustma-ust tushiring. 
6. Okulyar gayka qopqog’ini bo’rab, soya chegarasi, shkala va 
"Krest" belgisi aniq ko’rinishiga erishing (fokuslang).
7. Kompensator muruvvatini bo’rab, dispersiyani yo’qoting, bunda 
soya chegarasi va juda aniq ko’rish maydonida fakat oq qora soxa hosil 
bo’ladi. 
8. YOritish manbaini sal uyok bu yoqqa surib, ravshan oq qora soya 
chegarasi hosil bo’lishiga erishing. 
9. "Krest" ni soya chegarasiga qo’yganingizda n
s
=1,33299 va
S=0% natijaga erishishingiz kerak. 
10. Asbob yaxshi ishlayotgan bo’lsa, eritmani tomizib, 
yuqoridagidek o’lchashlar bajaring. 
11. Olingan natijalarni 11-jadvalga yozib boring. 
 
11-jadval 
№ 
n

C% 
Suyuqlik nomi 
 
O’Z-O’ZINI SINASH UCHUN SAVOLLAR 
1. "URL" refraktometrining tuzilishi va ishlash prinsipini gapirib 
bering (yo’riqnomasi asosida). 
2. Refraktometrda to’g’ri ko’rish prizmalari qanday rol o’ynaydi? 
3 Refraktometr yordamida qattik jismlar sindirish ko’rsatkichini 
aniqlasa bo’ladimi? 
4. Kristallar sindirish ko’rsatkichini aniqlashniig yana qanday 
usullarini bilasiz? 

Yüklə 182,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə