Oq so‘yloq qissa g ‘afurG‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2010


Lip-Lipning hindular qarorgohida tug'ilgani va boshqa kuchuklar



Yüklə 40,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/122
tarix22.03.2024
ölçüsü40,05 Kb.
#182810
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   122
jek london oq soyloq qissa

Lip-Lipning hindular qarorgohida tug'ilgani va boshqa kuchuklar
bilan san-sanoqsiz urishgani bekorga ketmagan edi. U ning nisbatan
maydaroq, lekin o'tkir tishlariga dosh berolmay Oq So'yloq sharman-
dalarcha onasining yoniga qochib qoldi. Bu Oq So'yloq bilan Lip-Lip
o'rtasidagi birinchi to'qnashuv edi, istiqbolda ularni hali ko'p to'qna-
shuvlar kutar, chunki ikkovi ham bir-birini ilk bor ko'rgan onlardanoq
bir-biriga nisbatan haddan ziyod adovat, nafrat va xusumat tuygan edi-
larki, shu narsa doim iy ravishda yakkama-yakka olishishishga olib kelardi.
K ichi bolasini erkalab, yalab-yulqadi va uni yonidan qo'yib yubor-
m aslikni ko'zlab turdi, biroq Oq So'yloq n in g havasim i, qiziqishim i
ortgandan ortib borardi. Bir necha daqiqadan keyin, o'zini qiziqtirgan
narsalarni tekshirib ko'rish uchun yana o'sha vigvam sari yo 'l oldi va
K ulrang Q unduz degan od am ga y o'liq d i. K ulrang Q unduz oldid a
quritilgan yo'sin va shox-shabba — bir nimalar qilib o'tirardi. Oq So'yloq
yaqin bordi-da, qiziqsinib qarab turdi. Kulrang Q unduz allanechuk
tovush chiqarib puflar, kuchanar, uning harakatida, ovozida biron bir
tahdid yo'qligini sezgan Oq So'yloq yanayam yaqinroq bordi.


Ayollar bilan bolalar Kulrang Q unduzga shox-shabba, o ‘tin tashib
kelishardi. Cham asi, qandaydir qiziqarli tom oshaga hozirlik ko'rishardi.
Oq S o'ylo q shunchalar qiziqib ketganidan qarshisida xatarli od am zod
o ‘tirganini ham unutib, K ulrang Q unduzning pinjiga suqilgudek yaqin
bordi. Tuyqus Kulrang Q unduzning y o ‘sin va shox-shabba uzra, uzatilgan
qo'lid an tum an singari g'alati bir hovur ko‘tarildi. A loha, shu hovurdan
xuddi quyosh singari qizil va jo n li bir nim a paydo bo'ldi. Oq So'yloq

Yüklə 40,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə