O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə26/58
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137603
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
1.Ot turkumining son kategoriyasi

Bo‘lishsizlik olmoshi. Bo‘lishsizlik olmoshlari narsa yoki belgiga nisbatan inkor ma’nosini bildiradi. Bu olmoshlar ishtirok etgan gapning kesimi bo‘lishsiz shaklda kelib, inkor mazmunli gap hisoblanadi. Bo‘lishsizlik olmoshlari tuzilishiga ko‘ra ikki turli do’ladi: a) tub shaklidagi bo‘lishsizlik olmoshi; b) qo‘shma so‘z shaklidagi bo‘lishsizlik olmoshi.
Tub so‘z shaklida qo‘llanadigan bo‘lishsizlik olmoshiga hech so‘zi kiradi. Hecholmoshi yakka holda qo‘llanganda ko‘pincha fe’llar oldida kelib, ravish vazifasini bajaradi va ish-harakatning, batamom inkorini bildiradi: Onasi juda xursand bo‘lsa ham, hech uxlay olmaydi.(As. M.) 
Qo‘shma so‘z shaklidagi bo‘lishsizlik olmoshlari esa hechso‘ziga kim, nima, qachon kabi so‘roq olmoshlari yoki bir, narsa so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi va quyidagi ma’nolarga ega bo’ladi: 1) hech kim, hech nima, hech narsa, hech kimsaolmoshlari shaxs va narsaga nisbatan inkorni ifodalaydi va egalik, kelishik qo‘shimchalarini olib, gapda otlar kabi vazifa bajarib keladi:Uyda hech kimsa ko‘rinmas edi. 2) hech qaysi, hech qanday, hech birolmoshlari narsaning belgisiga nisbatan inkor ifodalaydi: Hech qaysi ish o‘z vaqtida bajarilgan ishdan barakali bo‘lmaydi. Bu olmoshlar otlashib qo‘lla-nishi ham mumkin: Bularning hech qaysisi hozirgi sharoitni tushun-maydi. 3) hech qachon,hech vaqt, hech qayer olmoshi payt va o‘ringa nisbatan inkor ma’nosini bildiradi va gapda ravish xarakteri-da qo‘llanadi: Qalandarov hech qachonbunaqa mehmonni kutgan emas edi. (A.Q.)
Bulardan tashqari, bir narsa (bir nima) so‘zi ham gaplarnig kesimi bo‘lishsizlikni ifodalaganda, inkor olmoshi vazifasini bajaradi: Turg‘unoy to Maston olib bermaguncha qo‘l uzatib bir narsaolmas edi. (A.Q)
Gumon olmoshlari. Gumon olmoshlari narsa, belgi yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurni bildiradi. Bu olmoshlar asosan ot va sifat o‘rnida qo‘llanadi va quyidagicha hosil bo‘ladi:
1.Alla– elementi ba’zi so‘roq olmoshlari bilan birga gumon olmoshlarini shakllantiradi: a) allanima, allakimolmoshlari ko‘pincha ot o‘rnida ishlatilib, turli kelishik affikslari, egalik va ko‘plik qo‘shimchalarini oladi: Bobom goho behushday allanima-larni shivirlab qo‘yadi.(O) b) allaqanday, allaqancha (allaqanaqa, allaqaysi)olmoshlari narsaning sifatiy va miqdoriy belgisi haqidagi noaniqlikni ko‘rsatadi: Shunday kunlarga allqanday mo‘’jiza kuchi bilan darrov yetisha qolishni o‘ylardim. (S.Ahm.) Tog‘ yo‘li-dan allaqancha yurgandan so‘ng qishloqga yetdik. d) allaqayer, allanechuk, allaqachon, allavaqt, allamahalolmoshlari o‘rin, sabab va paytgaga nisbatan noaniqlikni anglatadi: O‘zi uncha chiroyli bo‘lmasa ham, allaqayeriodamga juda yoqardi. (S. Ahm.) Ayvonda xira osma chiroq, allanechukkir yog‘du to‘kib turibdi.(A.Q.)


  1. Yüklə 0,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə