O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə32/58
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137603
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
1.Ot turkumining son kategoriyasi

Kelasi zamon sifatdoshi fe’lga –r(-ar), -digan affikslarini qo‘shish bilan yasaladi va qo‘yidagicha ma’nolarni ifodalaydi:

  1. Sifatdosh yasovchi -(a)r (bo‘lishsizi –mas) affiksi hozirgi o‘zbek adabiy tilida juda kam uchraydi. Bu affiks bilan qo‘llanuvchi ayrim so‘zlar fe’ldan ko‘ra sifatlarga yaqin turadi: oqar suv, so‘nmas hayot kabi. Shuningdek-(a)r affiksi yordamida yasaluvchi shakl tuslanganda kelasi zamon gumon fe’lini hosil qiladi: yozarman, yozarsan, yozar kabi.

2.Sifatdoshning –digan affiksi bilan yasaluvchi shakli ravishdoshning –a (-y) affiksi bilan yasalgan shaklidan so‘ng qo‘shiladi va quyidagicha ma’nolarga ega bo‘ladi: a) fe’lining atributiv shaklini hosil qilishda faol ishlatiladi: o‘qiydigan kitob, bajaradigan yumush kabi; b) shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanib, kelasi zamon maqsad ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi: o‘qiydiganman, o‘qiydigansan, o‘qiydigan kabi.
Bundan tashqari, kelasi zamon sifatdoshining –jak, -gusi, -asi singari qadimiy shakllari ham mavjud bo‘lib, ular hozirgi tilimizda kelajak, kelgusi, kelasi singari so‘zlar doirasidagina uchraydi.
Sifatdoshlarning asosiy sintaktik vazifasi aniqlovchi bo‘lib kelishdir. Ular otlashganda otlarga xos sintaktik vazifalarni bajaradi: Aytilgan so‘z-otilgan o‘q.
Shaxs-son affikslari bilan tuslanib, mayl, zamon ma’nolarini ifodalaganda esa kesim vazifasida keladi: Men bu kitobni o‘qiganman. Sen ertaga borarsan. 9-§. Ravishdosh. Ravishdosh harakatning belgisini bildiradigan, uni biror tomondan xarakterlaydigan fe’l shaklidir. Hozirgi o‘zbek tilida ravishdoshlar quyidagi xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi:

  1. Ma’nosiga ko‘ra: a) holat ravishdoshlari -b(-ib), -a (-y) -gudek affislari vositasida hosil bo‘ladi; b) payt ravishdoshlari -gach (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, -quncha) vositasida hosil bo‘ladi; d) maqsad ravishdoshi -gani (-kani, -qani) affiksi vositasida hosil bo‘ladi.

  2. Tuslanish-tuslanmasligiga ko‘ra: a) tuslanadigan ravishdoshlar: a) -b(-ib), -a (-y) affikslari bilan yasalagan ravishdoshlar; b) -gach (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, quncha) -gani (-kani, -qani) affikslari bilan yasalagan ravishdoshlar kiradi.

  3. Zamon ma’nosiga ko‘ra: a) o‘tgan zamon ravishdoshi: a) -b(-ib), -gach (-kach, -qach) affikslari bilan yasalagan ravishdosh; b) hozirgi zamon ravishdoshlari: -a (-y) affiksi bilan yasalagan ravishdosh; d) kelasi zamon ravishdoshlari: guncha (-kuncha, -quncha) -gani (-kani, -qani), -gudek affikslari bilan yasaladigan ravishdoshlardan tashkil topadi.

Ravishdosh yasovchi affikslar quyidagi ma’no va grammatik vazifalarga egaligi bilan xarakterlanadi:

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə