SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 8
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 783
O'QITUVCHI VA O'QUVCHILAR O’RTASIDAGI MULOQOT
Polvonnazir Masharipovich Saparov
Sarvar Bahrom o'g'li Otayev
Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 27-umumiy o'rta ta'lim maktabi o‘qituvchilari
ANNOTATSIYA
O'quvchilar bilan muomala qilish pedagogning o'z tarbiyalanuvchilari bilan
muloqot olib borish mahoratini taqozo etadi. Biz uchun esa so'zlashishni bilish lozim.
So'zlashishni, muloqot olib borishni doimo o'rganib borishi lozim. U darsni samarali
olib
borishni, so'zlashishni bilishi, suhbat, leksiya, hikoya qilish kabi usullaridan
foydalanishi, umuman butun ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar bilan muloqotni
yo'lga qo'ya olishi lozim.
Kalit so’zlar:
muloqot, so’z, shaxs, pedagogika, o’quvchi
Muloqot - yunoncha so'z, so'zlashuv, suxbatlashuv,
shaxslararo suhbat va fikr
almashinuv, og’zaki nutq shakli, ikki yoki undan ortiq shaxslarning so'zlatuvidir.
O’qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot bo'lishi uchun o'qituvchi etarli
darajada qobiliyatga ega bo'lishi kerak, hamda o'z-o'ziga doimo quyidagi savollarni
berishi va unga javob berishga harakat qilishi kerak:
Nimaga o'rgatish? Kimni o'rgatish? Qanday o'rgatish?
Nimaga o'rgatish: a) lm-fandagi
yangiliklarni anglash, yangi fan terminlarini
tushunish, o'quv predmetini to'liq o'zlashtirish; b)malaka, ko'nikma va qobiliyatni
shakllantirish; v)o'quv predmetlari o'rtasidagi bog’liqlikni
amalga oshirish; g)o'quv
mazmunini tushunarli tizim asosida ko’rish.
Kimni o'rgatish: a)o'quvchilarning ba'zi psixik xususiyatlarini (eslab qolish, nutq,
fikrlash) hamda ularni qay darajada o'qimishli, tarbiyali ekanliklarini aniqlash;
b)o'quvchilarning bir darajadan ikkinchisiga o'tishidagi qiyinchiliklarni oldindan
aniqlash; v) o'quv-tarbiya jarayonini tashkil
etishda bolalariiig dalillari, fikrlarini
hisobga olish; g)o'quvchilardagi turli psixik o'zgarishlar va rivojlanishni hisobga olib o'z
pedagogik mehnatini tashkil etish; d)iqtidorli o'quvchilar
bilan ishlash, yakka holdagi
ishni tashkil etish.
Qanday o’rgatish: a) ish jarayonida ishlatiladigan kuch va ketadigan vaqtni
hksobga olgan holda o'qitish va tarbiyalashniing turli usullari majmuini ishlatish.
Pedagogik ta'sir ko’rsatishniig asosiy usullari - bu talab, istiqbol, rag’batlantirish
va
jazolash, jamoatchilik fikri.
Talab – tajribada juda keng tarqalgan usul bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonida
pedagogning tarbiyalanuvchiga shaxsiy munosabatining namoyon bo'lish yo'li bilan
yoki bu xatti-harakatlarning rag’batlantirilishi yoki to'xtatilishini ta'minlaydi. U