O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə32/108
tarix05.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#104262
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108
f6726ecde0adb5d0e687f4a0a68c2437 O`ZBEK ADABIY TANQIDI TARIXI

Moxir qahhorshunos olim. Qahhorshunoslik O‘zbekistonda adabiyot ilmining muhim tarmoqlaridan biri darajasiga ko‘tarilgan. U haqda tadkikotlar, monografiya va dissertatsiyalar yaratilgan. P.Qodirov, I.Borolina, H.Abdusamatov, M.Ko‘shjonov, V.Smirnova, U.Normatov, A.Rasulov, S.Sodiqov, I.G‘afurov, R.Qo‘chqorov hamda boshqa o‘nlab tadqiqotchilar A.Qahhor ijodini tahlil qildilar. Har bir adabiyotshunos adib ijodining muayyan muammolari hamda muayyan adabiy-tanqidiy janr talabi asosida, o‘z uslubi yo‘nalishida o‘rganadi, yozuvchining adabiyotdagi o‘rnini belgilashga intiladi. O. Sharafiddinov ular ichida o‘z ovozi, o‘z so‘zi bilan alohida ajralib turadi.
Olimning A.Qahhor haqida yaratgan "Iste’dod jilolari” portreti ilmiy-badiiy talqini teranligi bilan diqqatni tortadi. Bir qarasangiz, tanqidchi A.Qahhor asarlarining yaratilish tarixi haqida, bir karasangiz, adabiyotda kulguning o‘rni haqida, yana bir bobda iste’dodning namoyon bo‘lishi, uning kimga xizmat kilishi xususida, boshqa bir o‘rinda yozuvchi mehnati to‘g‘risida fikr yuritadi. U yozuvchi ijodidagi "jonli odamlarni ko‘rsatish” maqsadida "O‘g‘ri" hikoyasini "ich-ichiga kirib" tekshiradi. Bunda yozuvchiga samimiyatgina emas, umuman, so‘z san’atiga, so‘z jozibasiga ehtiromi aniq sezilib turadi.
Tanqidchi adabiy portret janrida ham masalaga ma’lum bir muammo asosida yondasha olish namunasini ko‘rsatdi. Shu ma’noda portretda adabiyotning xalq uchun yashashi, jamiyatga xizmat qilishi masalasi markazga qo‘yiladi. Asarlardagi tabiiylik, xususan, hajvchi sifatidagi mahorati qirralari ochiladi. Shuningdek, yozuvchi mehnati, uning asar ustida chidam bilan ishlashi masalasiga ayricha diqqatini qaratadi.
Munaqqidning "Abdulla Qahhor"(1988) kitobi chop etildi. Bu asar yozuvchi hayoti va ijodi hakidagi badiiy lavhalardan iborat bo‘lib, ko‘proq esse janriga mansub, deyish mumkin. Kitobda yozuvchi tarjimai holi, ota- onasi, oilasi, farzandlariga oid ma’lumotlar berildi. Yozuvchining hayot yo‘li, qiziqishlari, tabiati haqidagi kuzatuvlar qiziqarli, sodda tilda tasvirlangan. "Sarob", "Qo‘shchinor" romanlarining muhokamalari haqida o‘z davrining yangi ma’lumotlari yozilgan.
O. Sharafidsinov mustaqillik yillarida ham A.Qahhor haqida yozishdan to‘xtamadi. Adib ijodi va shaxsining yangi-yangi qirrapari haqida yozdi. “Ijodni anglash baxti” (2004) kitobiga Abdulla Qahhor haqidagi etyudlar kiritilgan. Birinchisi “Chinorlardan biri...” (1995) da adibni adabiyotimizning qudratli, zabardast chinorlaridan biri deb hisoblagan tanqidchi asarlari, shaxsiyatining nozik jihatlari haqida fikr yuritadi. “Bu uyning chirog‘i hamisha yoniq” (2003) etyudi ko‘proq xotiralarga asoslangan. Bu etyudda olim o‘zini A.Qahhorning shogirdi deyishdan istihola qilishini yozadi. “Biz har qancha u odamga yaqin bo‘lmaylik, lekin Abdulla Qahhor iste’dodi jihatidan ham, aql-zakovat bobida ham, odamgarchilik masapasida ham bizdan bir necha barobar yuqori turar edilar”. “Qalbida istiqlol yolqini bor edi” (2002) qismida adib qalbidagi istiqlol yolqini asarlarida ko‘rinib turishi haqida fikr yuritiladi. Adibning O‘zbekistonni shohi so‘zanaga o‘xshatgani, orzulari, haqiqatparastligini ochib beradi. “Bir nutk tarixi”da o‘sha davrdagi Mil’chakov degan uyushma raisining qiyofasini mardona turib ochib bergan adibning jasorati yoritiladi. “Bir asar muhokamasi” (1998)da “Sinchalak” qissasining yozilishi va birinchi muhokamasi atrofidagi bahslar, qanchalik qoralashlariga qaramay, asarning adabiyotimizning katta yutug‘i bo‘lganligi ko‘rsatib beriladi. “Kibriyo opaning holvasi” (2002) deb nomlangan oxirgi etyud A.Qahhor bilan K.Qahhorova o‘rtasidagi insoniy munosabatlar, rafiqasining adib hayoti va ijodida tutgan o‘rni qiziqarli va samimiy tarzda hikoya qilib beriladi.
Ozod Sharafidsinov ko‘p olimu adiblarii qadrlar, hurmat qilar edi. Lekin Abdulla Qahhor O.Sharafiddinov uchun yo‘lchi yulduz bo‘ldi. U kishi Abdulla Qahhorga ergashar, o‘shanday bo‘lishga intilardi. Ustoz ijodida Abdulla Qahhor, uning asarlarn, oilasi, turmush tarzi haqida yozilgan portret, esse, taqriz, tadqiqotlar ko‘p. Ko‘rinadiki, O.Sharafiddinov umrining oxirgi daqiqalarigacha A.Qahhor, Oybek singari buyuk so‘z ustalari haqida yozishdan tolmagan, ana shu jihatlari bilan bugungi tanqidchiligimizga namuna bo‘ladigan munaqqid sifatida yashab koladi.
Ozod Sharafiddinov o‘rta va oliy ta’lim muammolari haqida kator maqolalar yozdi. Dastur va darsliklar yaratish ishida faol qatnashdi. O‘zi o‘qigan dorilfununda bir necha o‘n yillar mobaynida talabalarga saboq berdi. Mohir tarjimon sifatida o‘zbek kitobxonlariga jahon adabiyoti namunalarini tuhfa etdi. Istiqlol davriga kelib yozgan o‘nlab publitsistik maqolalarida Mustaqillikni yanada mustahkamlashga da’vat etib, fidoiy millatparvarlik namunasini ko‘rsatdi. Uning “Mukaddas burch”, “Buyuklarimiz bag‘rimizga qaytdi”, ”Modernizm jo‘n hodisa emas...”, “G‘aroyib haqiqatni kashf etdim”, “Istiqlol adabiyoti eng ilg‘or adabiyotdir”, “Adabiy tanqid va yangi tafakkur”, “Iste’dod bilan uchrashish bayrami” kabi maqolalari yangi davr tanqidchiligining ibratli namunalarn bo‘lib koldi. “E’tikodimini nega o‘zgartirdim?” nomli iqrornoma-maqolasi esa, XX asr oxirida insoniyat tarixida ro‘y bergan ulkan o‘zgarishlarning sabab va oqibatlari haqida teran tasavvur beruvchi jahon publitsistikasining eng sara namunalari qatorida turadi. Olimning Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan “Ijodni anglash baxti”, “Dovondagi o‘ylar” kitoblari o‘zbek tanqidchiligining yuzini ko‘rsatuvchi asarlardir.
Umuman, O.Sharafiddinov adabiyotning bosh vazifasi: Olam, Qalb va Go‘zallikni tasvirlash degan azaliy qadriyatga sodiq koldi.
Prezidentimiz I.A.Karimov O.Sharafiddinovni o‘zbek xalkining fidoiy, millatparvar va jasoratli farzandi deb ta’riflar ekan, undagi eng muhim fazilatlarni nihoyatda aniqlik bilan topib aytgan edi. Uning O‘zbekiston Qaxramoni yuksak unvoniga sazovor bo‘lgani el, yurt, davlat o‘zining fidoiy farzandlariga ko‘rsatayotgan yuksak ehtiromi namunasidir.
O.Sharafiddinov haqidagi zamondoshlarining dil so‘zlaridan iborat to‘plam “Matonat va muhabbat” deb nomlangan (1999). Mana shu ikki so‘zda O.Sharafiddinovning asosiy xislatlari mujassam deyish mumkin. Darhaqiqat, Olloh bergan benazir iste’dod sohibi bo‘lmish bu odam Qodiriy iborasi bilan aytganda, “shaxsi butun” zot, matonat, shijoat egasi edi. Bu fikr “Ozod Sharafiddinov zamondoshlari xotirasida (2009) nomli kitobdagi deyarli har bir maqolada o‘z ifodasini topdi.
O.Sharafiddinov keyingi yillarda ko‘plab xotira, esselar yaratdi. So‘z san’ati fidoyilari, ustozlar, qalamkash do‘stlar, shogirddar, shuningdek, ilm-fan, ma’rifat ahli, jamoat arboblari haqida go‘zal badialar bitdi. Ularda ilmiy tafakkur bilan badiiy iste’dod singishib ketdi.
Olimning yangi bosqichdagi ijtimoiy, ijodiy faoliyati nechog‘li rang-barang bo‘lmasin, birinchi navbatda u munaqqid, adabiyotshunos edi. Avvalgi bosqichlardagi kabi uning keyingi o‘n besh yil davomida chop etilgan kitob, risola, maqola, esse va adabiy suhbatlari yangilanayotgan zamonaviy milliy adabiy tafakkurning yorqin namunalari bo‘lib qoldi. “Ularning ko‘pchiligi hasbi hol xarakteriga ega. Mustabid tuzum asoratlaridan dadil voz kechib, XX asr o‘zbek adabiyoti tarixini yangicha qayta idrok etish, tahlil va talqin qilish, qolaversa, umuman, badiiy ijodni, ijodkor shaxsini, inson zotini sho‘ro davrida shakllangan andozalardan xoli, umumbashariy mezonlarda turib, chin insoniy, ilmiy anglash O. Sharafiddinovning yangi bosqichdagi adabiy-tanqidii ishlariga xos muhim xislatlardir”140. Jonkuyar munaqqid ijodi yangi-yangi avlodlar uchun doimo mahorat maktabi bo‘lib koladi.
Tayanch tushunchalar: she’riyat tanqidi, qahhorshunoslik, cho‘lponshu- noslik, adabiy portret, portret chiziqlari, fidoyilik, talant xalq mulki, tanqidchi uslubi, esse-roman, portretnavis munaqqid, badiiylik mezoni, jo‘shqin ehtiros, badiiyat, adabiy tafakkur, ijodiy jasorat.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar :

1.O.Sharafiddinov adabiy-tanqidiy qarashlarining o‘rganilishi haqida nimalarni bilasiz?


2.Tanqidchining o‘ziga xos uslubi nimada namoyon bo‘lgan?
3.Munaqqidning cho‘lponshunoslikka qo‘shgan hissasi haqida gapiring.
4.”Zamon.Qalb.Poeziya" kitobining ahamiyati nimada ko‘rinadi.
3.O.Sharafiddinov yaratgan adabiy portretlar va ularning o‘ziga xosligi nimalarda ko‘rinadi?
b.Tanqidchining adabiy tanqidga oid qarashlarini izohlang.
7.O.Sharafiddnovning A.Qahhor ijodini o‘rganishdagi hissasi nimalar bilan belgilanadi?
8. Munaqqidning modernizm haqidagi maqolasini sharxlang.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə