O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə34/108
tarix05.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#104262
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   108
f6726ecde0adb5d0e687f4a0a68c2437 O`ZBEK ADABIY TANQIDI TARIXI

Qodiriyshunoslik sahifalaridagi yog‘dular. O‘tgan salkam yuz yil mobaynida kodiriyshunoslik o‘zbek tanqidchiligining muhim tarmog‘i va mustahkam tarkibiy qismi sifatida qaror topdi. Bu yo‘nalishda o‘z kuchini sinab ko‘rmagan, Qodiriy ijodidagi yangi bir qirrani ochishga harakat qilmagan, yoxud uning noyob asarlarini o‘qib, u haqdagi hayajon va muhabbatini o‘zgalarga ma’lum qilishni istamagan taniqli o‘zbek adibi va adabiyotshunosni topish qiyin. Bu yo‘nalishda, ayniqsa, Oybek S.Husayn, I.Sulton, H.Yoqubov, M.Qo‘shjonovlar salmoqli ishlar yaratdilar! A.Aliyev, I.Mirzayev, F.Nasriddinov, U.Normatov, S. Mirvaliyev, B.Karimov va boshqalarning mehnati barakali bo‘ldi.
A.Qodiriy san’ati va mahoratini o‘rganish M Qo‘shjonov ijodining markaziy muammolaridan birini tashkil etdi. Uning "Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati" nomli asari adib ijodi nozik did va nafosat bilan, bor go‘zalliklari va qudrati bilan tahlil etilgan o‘zbek adabiyotshunosligidagi dastlabki fundamental tadqiqot sifatida XX asr o‘zbek tanqidida mustahkam o‘rin egalladi. Olim A.Qodiriyning xarakter yaratish mahorati, xarakterning shakllanish omillarini aniqlash, san’atkorlikdagi jozib nuqtalarni topish, xususan, sir saqlash san’atini birinchilardan bo‘lib M.Qo‘shjonov ko‘ra oldi.
Tadqiqotda A.Qodiriyning Oybek, A.Qahhor kabi ulkan san’atkorlar ijodiga xos xususiyat "voqealarni sirli bayon etish san’atini ko‘rsatishga keng o‘rin berildi. Zotan, voqealarni sirli bayon etish yozuvchiga qahramon ruhiy olamini ochishda asosiy omil bo‘lib xizmat qildi, degan xulosaga keladi munaqqid. A.Qodiriy badiiy mahoratining qirralarini olim (sir saqlash, perepitiya, ichki va tashqi kolliziyalar birligi, antiteza) asardagi nainki asosiy obrazlar - Otabek va Kumush xarakteri orqali ochish, balki bu ikki qahramonga kelib tutashuvchi va ularga aloqador bo‘lgan, beistisno, barcha katga-kichik obrazlarni ham tahlil etish orqali ko‘rsatishga intiladi. Lekin asosiy e’tiborini Otabek va Kumushga qaratadi, albatta. Otabek va Kumush xarakteri asardagi barcha hujayralarni bir-biriga bog‘lovchi, harakatlantiruvchi asosiy kuch "Romanning bosh g‘oyasi asosan yetakchi obrazlarda ifodalangani uchun bu obrazlarning yaratilishi to‘g‘risida ko‘proq to‘xtash foydalidir. Chunki bu masapa yozuvchi san’atini belgilovchi asosiy omillardandir", deb yozadi olim.
"O‘tkan kunlar”dagi xarakterlarni taxlil qilish jarayonida M.Qo‘shjonov o‘z qalbida tug‘ilgan his-hayajonlarni kitobxonda ham uyg‘otishga intiladi: "Ota-ona orzusi"! O‘zbekchilikning bu odati qancha- qancha sof insoniy his va muhabbatni, insoniy go‘zalliklarni o‘z olovida kuydirib yubormadi. Ota-ona orzusi deb qanchadan-qancha gul g‘unchalari ochilmay so‘ndi. Bu mudhish o‘tmish sarqiti hozir ham ozod, baxtiyor yoshlarimiz oldida ba’zan g‘ov bo‘lib turmaydimi?" - deya achinish bilan yozadi tanqidchi Otabekning ota-ona orzusi yo‘lida ikkinchi marta uylanishga majbur bo‘layotganidagi ruhiy holatini tahlil etarkan. Tanqidchi qalbidagi bu iztirob tezda kitobxonga ham "yuqadi" va uning xayoliga ham yangi yog‘dular sochadi.
"Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati" kitobini muallif mustaqillik yillarida qaytadan nazardan o‘tkazib, ixchamlashtirib va boyitib, "O‘zbekning o‘zligi" nomi bilan nashr ettirdi. Tarixiylik tamoyillariga qat’iy amal qilgan tanqidchi bu kitobda o‘zining qator yangi qarashlarini istiqlol mafkurasiga asoslangan holda bayon etadi. Bu asar mustaqillik ruhi bilan sug‘orilganligi, A.Qodiriy ijodining bugungi zamonamiz uchun ahamiyatli jihatlariga e’tibor berilishi bilan diqqatga sazovordir.
M.Qo‘shjonov buyuk adib Abdulla Qodiriy asarlarini katta e’tibor oilan urgandi, u hakda jiddiy monografik tadqiqotlar yaratdi "Mohiyat va badiiyat" kitobining "Ustozlar sabog‘i" deb nomlangan katta bo‘limi A.Qodiriy, Oybek, Sh.Rashidov va Gulxaniy ijodining tahliliga bag‘ishlangan.
M.Qushjonov ko‘pincha o‘z ijodini yirik va o‘lmas siymolar bilan bog‘ladi. Hamza, S.Ayniy, Oybek, A.Qahhor kabi adiblar ijodi haqida salmokdor, ko‘lamli va teran tadkiqotlar yaratdi. 60-80-yillar nasriga xos qator tamoyillarni ochib berdi, ayni zamonda konflikt, syujet kompozitsiya kabi nazariy masalalarga oid umri uzoq maqolalar tadqiqotlar yaratdi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə