O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə42/108
tarix05.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#104262
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   108
f6726ecde0adb5d0e687f4a0a68c2437 O`ZBEK ADABIY TANQIDI TARIXI

Shoh bo’lmas otani o’ldirgan odam,
Oshmas olti oydan agar bo’lsa ham”.
Ajabki, Odil Yoqubov romanida Abdullatifni Bobo Turkistoniy o’ldirganligi aytiladi.
Yetuk asarda mantiq izchilligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ulug’bek Ali Qushchi bilan bir voqeani eslaydi. Ustoz va shogird bir avliyo devonaga duch keladilar. Ulug’bek o’z taqdirini so’raydi. Shunda devona: “Seni Sheruya o’ldiradi,” – deydi. Sheruya – Nizomiy Ganjaviyning “Xusrav va Shirin” dostonidagi yetakchi obrazlardan biri. Yana bir fikr bor. Ulug’bek zinhor yulduzlarga qarab fol ochmagan. Lekin uning ruhida yulduzlar bilan tillashish xususiyati bor. Baytul Javzo – Iblis yulduzida u Abdullatif ruhi, ko’zlaridagi yovuzlikni ko’radi. Uch kun yaraqlab turgach, yo’q bo’lib ketadigan Alg’ulda qalbida mudom davom etayotgan notinchliklarni anglaydi.
“Bashorat” hikoyasida Abdullaziz avlodi taqdirini Ulug’bek aqlli kelini iltimosiga ko’ra bexato aytib beradi. Ulug’bek, garchi dunyoviy olim bo’lsa-da, yulduzlarning falakdagi joylashishiga ko’ra vaqti-vaqti bilan bashorat qilib turardi. “Alg’ul”da ulug’ munajjimning bashoratlariga imo-ishora bor. Xurshid Davron tragediyasi Ulug’bekning yuksak darajadagi olimligi, ilohiyot bilan bog’liqligini ostki mazmun tarzida ifodalagan.
Na Maqsud Shayxzoda, na Odil Yoqubov, na Bo’rivoy Ahmedov ikki zid qutb kishilari Ulug’bek va Abdulatifni baqamti tasvirlagan. Xurshid Davron ota va o’g’ilni qurol ishlatilmaydigan, har bir so’z zaharlangan o’q-yoy vazifasini o’taydigan maydonga olib chiqadi. Ulug’bek qahr otiga mingan, farzandi qilmishini zinhor qo’llamaydi. Ammo u otalik maqomidan pastlamaydi. Abdullatif maydonga g’azab bilan kiradi, otasini yer bilan yakson qilib tashlashga tayyor. Uning asosiy, zaharlangan o’q yoyi shundaki, Ulug’bek ichi qora, xudbin, iste’dodli odamni, garchi farzandi bo’lsa-da, yoqtirmaydi. Abdurahim iste’dodli edi. Shuning uchun u ota qahriga uchraganmish. Bechora Abdurahim o’n ikki yoshida vafot etib ketmaganida ota g’azabiga duchor bo’lardi. Abdullatif jon-jahdi bilan Abdullazizni yomon ko’radi. Ayniqsa uning valiahdlikka tayinlanishi og’ani o’rtab yuboradi. Unga tentak, ma’naviy buzuq singari ayblarni yuklaydi. Yigirma beshga to’lgan Abdullatif tezroq podshohlik tojini kiymoqchi. U o’zining qattiqqo’l bo’lib yetishishida Gavharshodbegim – Ulug’bek onasi ta’siri borligini qistirib o’tadi. Abdullatif dadil, do’q-po’pisa bilan gapiradi. Ammo uning davolari puch, dalillari asossiz. U Ulug’bek hukmronligi paytida necha amaldor o’ldirilganini ham hisoblab yurgan. Abdullatif podshohni “Padari buzrukvor” desa-da, eng ashaddiy dushman ekanligini yashira olmaydi.
Tragediyada Ulug’bek va Abdullatif aro fikr to’qnashuvi kul`minatsion nuqta vazifasini o’taydi. Ma’rifatli, fanda maktab yaratgan Ota johil, kaltabin o’g’lini haq yo’liga bura olmasligini anglaydi. Aksincha, ichi qora, butun borlig’i-la taxtga intilgan Abdullatif qalb mayliga zinhor quloq solmaydi:
Ulug’bek: Hu, anavi yulduz Baytul Javzadur. Huddi g’azabga mingan Abdullatif ko’zlariga o’xshaydur!
Ali Qushchi: Shomliklar ani iblis ko’zi demishlar”(60-bet).
Matiqan, asar shu dramatik holatda tugaydi. Qon to’kilmaydi. Xurshid Davron asari shu jihatdan an’anaviy tragediyalardan farq qiladi. Xususan, Maqsud Shayxzoda “Mirzo Ulug’bek” tragediyasida Ulug’bekning Sayyid Obid o’g’li Abbos tomonidan o’ldirilishi – qon to’kilishini ko’rsatadi:
Abbos (cho’chib sipohlariga): Jadal bo’ling, tez otlaning, darhol ketamiz,
Mana qasos, mana sizga otamning xuni!
Ulug’bek ko’ksiga xanjar tiqadi (M.Shayxzoda. Asarlar. 6 tomlik. 3-tom, 252-bet).
Odil Yoqubov “Ulug’bek xazinasi” romanida Ulug’bekning o’ldirilishigina emas, balki padarkush Abdullatifning ham tig’dan o’tkazilishini tasvirlagan: “Niqoblarini yulib olgan bu ikki suvoriyning biri… amir Sulton Jondor edi. Ikkinchisi… yo rab! Xuddi tushida barkash ko’tarib kirgan navkarga o’xshagan bu ikkinchi suvoriy… ko’pdan beri fitna qo’zg’ab qochib yurgan Bobo Xusayn Bahodir edi!…
Shahzoda jonholatda otining boshini burdi… to’satdan yelkasiga zarb bilan qadalgan o’q-yoy uni bukchaytirgancha egardan ag’dardi…”(312-bet)
Tragediya yozishga qo’l urgan adib qiyin yo’lni tanlaganini biladi. Xurshid Davron bevosita qon to’kilishini ko’rsatmaydi. Qora rang, motamsaro kuyni maromida tasvirlab o’ziga xos tragediya yaratadi.
Ulug’bek o’lim ostonasida turganiga qaramay, rasadxonani to’liq ta’mirlashni Ali Qushchiga topshiradi. Asosiy xazinasi – kitoblarni yashirib qo’yishni shogirdidan o’tinib so’raydi.
“Segoh” kuyi tragediyadagi yetakchi obrazlardan biriga aylanadi. Ulug’bek bir necha bor bu g’aroyib kuyni tilga oladi: “To’yjon xonish qilgan “Segoh”ga quloq tutib o’ltirgan kezlarim yuragimni kaftimga olib tomosha qilgandek bo’laman. “Segoh” alamimga, sirqirab og’rigan jonimga o’xshaydur” (60-bet).
Fojeiy operada shunday ariyalar borki, ular musiqiy asar joni vazifasini o’taydi. Shoir Xurshid Davron hayot bilan vidolashayotgan Ulug’bek ruhi, qalbi, jonini aks ettirmasligi mumkinmasdi.
Asar nihoyasida ixcham, ramziy voqea bor. Mirzo Ulug’bek Xirotda tug’ilib, voyaga yetayotan bola haqida To’yjondan so’raydi:
“ – Podshohim ul o’g’lonning ismi Alisherdur. Amir G’iyosiddin farzandi… volidasi dugonamdur, — dedi To’yjon” (86-bet).
Iste’dodli Ulug’bek mohir qo’shiqchidan ertangi kunning yorug’ yulduzi Alisher haqida so’raydi.
“Alg’ul” misoli ostin-ustun qavatli mustahkam bino. Yuqori qavat guyoki keng-mo’l sahna, ijrochilar o’z rollarini ijro etadilar. Birinchi qavat ma’no-mazmun, matn osti, shovullab oqadigan daryo. Har ikki qavatda ramziy hayot jo’sh uradi, “Segoh” kuyi yangrab turadi. Holat, kayfiyat ro’y berajak fojiadan xabar berib turadi. “-dur,”, “-men” singari qo’shimchalar asar ta’sirchanligini oshiradi. “Alg’ul” o’zbek dramaturgiyasining nurli asari bo’lib qolishiga ishonamiz.
Manba: «Yoshlik» jurnali, 2014



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə