O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə37/108
tarix05.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#104262
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108
f6726ecde0adb5d0e687f4a0a68c2437 O`ZBEK ADABIY TANQIDI TARIXI

Tayanch tushunchalar: mahoratshunos olim, oybekshunoslik, qodiriyshunoslik, qahhorshunoslik, mahorat qirralari, tasvirlash san’ati, mohiyat va badiiyat, ijod saboqlari, shaxsiyat va ijod, ijodiy jarayon, ijodkor mas’uliyati, adabiy portret ustasi, psixologik tahlil, badiiy ijodda inson xarakterini yaratish muammosi, ijod laboratoriyasi, yangi tamoyillar.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar :

1. M.Qo‘shjonovning ilmiy-ijodiy biografiyasi haqida so‘zlang.


2. Munaqqid ijodining mavzu va muammolar ko‘lami, estetik mohiyatini tavsiflang.
3. Olim oybekshunoslikka qanday hissa qo‘shdi? "Oybek mahorati” kitobining yaratilishi va o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat?
4. M.Qo‘shjonov ijodiga mumtoz munakkidlarning ta’siri kanday bo‘lgan?
5. Olim A.Qodiriy ijodining qirralarini qanday yo‘llar bilan kashf etdi?
6. Munaqqidning qahhorshunoslikka qo‘shgan hissasi haqida so‘zlang.
7. Tanqidchi kaysi adiblar hakida adabiy portretlar yaratgan?
8. M.Qo‘shjoiov bolalar adabiyoti vakillari hayoti haqida qanday tadkiqotlar yaratdi?
9. Adabiyotshunos olim badiiy asar tahliliga qaysi tamoyillar asosida yondashadi?
10. Munakkidning badiiy asardagi obrazlarni qayta kashf etish mahoratini izoxlang.
11. Sizga M.Qo‘shjonovning munakkid sifatidagi qaysi fazilatlari yokadi? Nima uchun?


Adabiy tanqidda uslub va individual yondashuv (М.Қўшжонов ва О.Шарафиддинов қарашлари мисолида)
Reja:



  1. Badiiy so‘z estetikasi va adabiyotshunos-tanqidchi mahorati

  2. Adabiy tanqidchilarning uslubiy o‘ziga xosliklari

  3. Badiiy asar va individual yondashuv

  4. Uslub – ijodkor siyratining aks etishi



Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati



  1. Назаров Б. ва бошқалар. Ўзбек адабий танқиди тарихи. T. Чўлпон НМИУ. 2012

  2. Озод Шарафиддинов замондошлари хотирасида. Т. O‘ZBEKISTON. 2007

  3. Раҳимжонов Н. Бадиий сўз эстетикаси Т. Ғ.Ғулом номидаги нашриёт матбаа-ижодий уйи. 2017.

  4. Расулов А. Танқид, таҳлил, баҳолаш. Т. Фан. 2006.

  5. Матёқуб Қўшжонов замондошлари хотирасида. Т. Muharrir. 2012.

  6. Каримов Ҳ. Адабий портретлар. Т. Yangi nashr. 2017.

  7. Камол Ж. Шеър санъати. IV жилд. Т. Янги аср авлоди. 2018.

Mavzuga oid qisqacha annotatsiya

Uslub – ijodkor siyratining aks etishi. Siyrat – o‘zlik, individuallik, hech kimnikiga o‘xshamaydigan asos. Iste’dod individuallikning tiniq ko‘rinishi, shaxs betakrorligining yorqin ifodasi. Iste’dodli shaxs boshqalar orasida ajralib turadi. Asrlar bo‘yi shakllangan tartib, qonun-qoidalarga bo‘ysunavermaydi. Fojia shundaki, ba’zan tuzum, ijtimoiy mafkura iste’dodga qarshi chiqishi ham mumkin.


Ma’lumki, adabiy tanqid ham fan, ham san’at. Tanqidchilik tarixida o‘z uslubiga ega, yorqin iste’dodli munaqqidlar ko‘p bo‘lgan. Mazkur faslda biz XX asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek tanqidchiligida iz qoldirgan, betakror uslubga ega bo‘lgan ikki munaqqid - Matyoqub Qo‘shjonov (1918-2005) va Ozod Sharafidsinov (1929-2005) uslubi xususida fikr yuritishni lozim deb bildik. Birinchidan, mazkur munaqqidlar ijodida aksariyat tanqidchilarimizga xos xususiyatlar aks etgan. Ikkinchidan, munaqqidlar uslubi talqini avvalgi bob, fasllarda bildirgan fikrlarimizni to‘ldiradi degan fikrdamiz.
Iste’dodli ijodkor faoliyatida dadillik diqqatni darhol jalb qiladi. «Oybek 1936 yilda Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ilmiy asarini yozib tugatdi, - deb yozadi Ozod Sharafiddanov. - Aytish kerakki, u vaqtlarda Navoiy haqidagi tasavvurlarimiz hali juda kambag‘al edi. Uning haqidagi ma’lumotlar har xil manbalarda tarqoq holda yotar, qat’iy bir sistemaga solinmagan edi... Oybek birinchi marta Navoiyning hayoti va ijodiga doir materiallarni qagiy sisgemaga soladi, ularga sinfiy pozitsiyadan yondashib, Alisher Navoiyning qiyofasini mukammal ochadi. Bu tadqiqotda Oybekning bilimi g‘oyat chuqur ekani, fikrlash doirasi benihoya kengligi, murakkab va chigal masalalarni dadil qo‘ya olishi aniq ko‘rinadi». Dadillik - mas’uliyatni his qilish. Mas’uliyat his qilinmas ekan, tanqidchilik ham, shoirlik ham ermak, shunchaki koyinmay, yurakni yondirmay yuraverishdir. «Meni eng ko‘p ranjitadigan narsa shuki, ba’zan yosh tanqidchi zimmasidagi ulkan mas’uliyatni mutlaqo his qilmagan holda qo‘liga qalam oladi. - deb yozadi Ozod Sharafidsinov, - maqolasida esa asar hakida ham, yozuvchi haqida ham dabdurustdan esiga kelib qolgan gaplarni mulohaza qilib o‘tirmay, yozib tashlayveradi. Holbuki, eng kichkina taqriz ham bosilib chiqqanidan keyin minglab, ba’zan yuz minglab nusxada tarqaydi. Demak, siz minglab odamga gap aytasiz, ularni boshqa ishlardan ajratib olib, og‘zingizga qaratasiz».
Dadillik nafaqat tanqidchilik, balki badiiy adabiyotning, umuman, san’atning barcha turlari uchun zarurdir. Ozod Sharafiddinov «She’r ko‘p, ammo shoir-chi?» maqolasida yozadi:
«Xo‘sh, nega endi bugungi she’riyatimizda o‘rtamiyonachilik kuchayib ketyapti? ... Nega she’rlarda olam tor, hayot nafasi zaif, kitobiylik kuchli?»
Menimcha, bu hodisaning bosh sababi «shoir» degai tushunchani to‘la anglab yetmaslikda. Nazarimda, ko‘pgina yoshlarimiz shoirliqdan oson kasb yo‘q deb o‘ylaydi, shekilli; vazn nimaligini, turoq qanday bo‘lishini, qofiyalash hunarini o‘rganib olsang, o‘xshatish va majozlardan xabaring bo‘lsa bo‘ldi, she’r yozaverish mumkin». O. Sharafiddinov ijodkor uchun iste’dodning suv bilan havoday zarurligini ta’kidlaydi, iste’dod «ichki nigoh» ekanligini so‘qir Gomer, kar Betxoven asarlari misolida isbotlaydi. Nihoyat, munaqqid iste’dodning zarurligini qayta-qayta ta’kidlagach, «Shoirlik - hamisha e’tiqodliliqdir. Shoirlik - hamisha vijdonning uyg‘oqligidir. Shoirlik - hamisha bezovtaliqdir. Shoirlik — hamisha ulug‘ mas’uliyatdir», - degan xulosaga keladi. Boshqacha aytganda, dadillik - ulug‘ mas’uliyat, doimiy bezovtalik, yuksak e’tiqod.
XX asr o‘zbek tanqidchiligida dadillik namunasini ko‘rsatgan munaqqidlar ko‘p. Lekin ular orasida Vadud Mahmud, Izzat Sulton, Homil Yoqubov, Ozod Sharafidsinov, Matyoqub Qo‘shjonovlar alohida ajralib turadilar.
Ozod Sharafiddityuv «Xarakger — badiiylik mezoni» maqolasida: «...xarakter yaratish masalasi badiiy adabiyotning eng murakkab va eng jumbokli vazifasidir. Jahon adabiyoti biri-biriga o‘xshamagai, biri-biridan mukammal rango-rang xarakterlarga nihoyatda boy... Turli tuman asarlarni tahlil qilib, ularda harakter qanday yaratilganini aniqlash mumkin, lekin uni qanday yaratish kerakligi haqida retsept berib bo‘lmaydi»1, - deb yozadi. O‘tgan asrning 50-yillari oxirida o‘zbek adabiyotidagi badiiylik mezoni - xarakter muammosini teran tadqiq etish mas’uliyatini dadillik bilan o‘z zimmasiga olgan munaqqid paydo bo‘ldi. U Matyoqub Qo‘shjonov edi. O‘zbek adabiyotida hamisha adabiiy xarakgerlar bo‘lgan: asarni mukammal xarakgerlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Matyoqub Qo‘shjonov faoliyati: xarakger masalasini badiiylikiing yuksak ko‘rinishi sifatida namoyon etdi. Adabiy tanqidchilik, adabiyotshunoslikning diqkati xarakger muammosiga jalb etildi.
Jahon xalqlari adabiyotshunosligida «xarakger» (karayuye) atamasi keng qo‘llaniladi. Ingliz, nemis, yapon, turk adabiyotshunosligida xarakter masalasiga bag‘ishlangan tadqiqotlar nihoyatda mo‘l. Qolarversa, adabiyotshunoslik ilmining boshlanishidayoq Aristotel’ «Poetika» va boshqa asarlarida inson tabiati, uning badiiy ijodda aks etishi — xarakter haqida to‘xtalingan edi.
Badiiy adabiyot qahramonini simvol (yunoncha «simvo- lon») deb atash ham umumlashgan. O‘zbek adabiyotshunosligida «simvol», «ramz» so‘zlari teppa-teng qo‘llanilaveradi. Turk adabiyotshunosligida adabiy qahramonni «simge» (simvol) deb atash odat tusiga kirgan.
XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida adabiy qahramon ne-ne nomlar bilan atalmadi, deysiz?! Sotti Husayn «O‘tkan kunlar» ham o‘tgan kunlar» taqriz - risolasida Abdulla Qodiriy qahramonlarini «suvrat» deb ataydi (Chunki, realistlar qahramonlariga suvratni o‘zlarining ahvol ruhiyatlariga qarata qabul qildiradilar. Abdulla Qodiriy turli suvratlar yaratadi. Ammo suvratlar ustida o‘zi fikr yurgizib baho qo‘ya boradi»).
Vohid Zohidovning ba’zi asarlarida «sajiya» atamasi xarakter ma’nosida qo‘llaniladi.
Hozirgi adabiyotshunoslikda, xususan, maktab darsliklari, majmualarida «timsol» atamasi keng qo‘llanilmoqda. «Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati»da (Toshkent-1984, II jild. 231-bet), «Farhangi zaboni tojik» (Moskva, «Sovetskgy ensiklopediya», 1969, II jidd, 363-bet) da timsol surat, naqsh, rasm ma’nosini anglatishi aytilgan. Navoiy asarlari tili lug‘atini tuzganlar timsolning yana bir qancha ma’nolarini keltiradilar.
O‘zbek mumtoz adabiyotida qo‘llanidgan tiynat (tinat) atamasi hozirgi adabiyotshunoslikka ham kirib kelmoqda. Alisher Navoiy adabiy qahramonga qarata «tiynati pokiza», «Ariq tiynatli» iboralarni qo‘llaydi. «Farhangi zaboni tojik» «tiynag» fe’l, tabiat, sirisht, yaratilish ma’nosini anglatishini bildiradi. «Tiynat» so‘ziga «nihod», «fitrat» ham ma’nodoshdir. Alisher Navoiy «nihod», «fitrat»ni tabiat, yaratilish ma’nolarida qo‘llaydi. Boshqacha aytganda, tiynat, nihod, fitrat so‘zlari, «o‘zlik», «asos», «o‘zak» ma’nolarini anglatadi. Biz xarakter haqida gapirar ekanmiz, uning individual, betakror, o‘ziga xos, yaratilishidayoq tabiiylik bo‘lishligini nazarda tutamiz. Tiynat, figrat - xarakter asosi. o‘zagi, moyasi. Adabiy qahramonni «tiynat», «fitrat» iboralari bilan atasak, xarakterdagi «Ijtimoiy munosabatlar “jamuljami»ni diqqatdan soqit qilayotganday bo‘lamiz. Aslida-ku, tiynat, fitrat iboralarida ham ijtimoiy munosabatlar birligi anglashiladi.
Xarakter — insoniy muyaosabatlar yig‘indisi. Insoniy munosabatlar allaqanday, g‘ayrishuuriy tanlov yo‘li bilan asosga, tiynatga yo‘nalinib, kirib boradi. Aksariyat munosabatlar shunchaki, tiyiatdan tashqarida davom etaveradi. Tiynatga dahldor munosabatlar kam, ammo ulug‘vor bo‘ladi. Ota-onaga, yorga, do‘sti sodiqqa, farzandga munosabat tiynatga taalluqli bo‘lishi mumkin. Xulosa shuki, ijtimoiy munosabatlar hamisha ichki harakatda, o‘zgarishda bo‘ladi. Ba’zi munosabatlar tiynatga kirib boradi, ba’zilar o‘zak, asosdan chiqib ketadi. Yashash zavqi shundaki, inson hamisha munosabatlarni qiyoslab, tanlab, baholab, saralab boradi. Tiynatga kirib boradigan munosabatlar insonni ulug‘laydi, ruhini yoritadi. Aksincha, munosabatlarning buzilishi, insonga ruhiy azob beradi, hatto shaxs sifatida yemirilishiga olib keladi. Demak, inson tabiatidagi munosabatlarda harakat, yashovchanlik ruhi bor.
Xarakterning asosi - o‘zlik, tiynat, af’ol, fitrat, «vatan ichra vatan»ni muqaddas xudbinlik, ruhiy-ma’naviy tashnalik nuqtasi, inson va insoniylik asrori, bezovta ruh maskani, tinib-tinchimagan xushyoqar og‘riq makoni deyish joiz. Boshqacha aytganda, barcha ijtimoiy munosabatlar jamuljami hisoblangan xarakterning asosini ruhiy-ma’naviy qadriyat, ilohiy ne’mat belgilaydiki, bu haqda Imom G‘azzoliy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Immanuel Kant, Xeorg Xegel asarlarida yozilgan. Ekzis- tensializm ta’limoti namoyandalari, xususan, Jan Pol’ Sartr ham insonni, uning xarakgerini anglashda an’anaviy qarashlarga suyanadi. Farq shundaki, ekzistensializm ta’limoti namoyandalari insonni anglashda ilohiy qarashni emas, ilmiy qarashni asos deb biladilar. «Inson qandaydir insoniy tabiat egasi, - deb yozadi Jan Pol Sartr. - Ana shu «insoniy» tushuncha hisoblangan insoniy tabiat hamma odamlarda bor. Bu esa har bir alohida inson faqat «inson» degan umumiy tushunchaning xususiy hodisasi ekanligini bildiradi. Kantdagi mana shu umumiylikka ko‘ra, yovvoyi odam - tabiiy inson ham, burjua ham bir xil ta’rif bilan izohlanadi, bir xildagi asosiy sifatlarga egadir. Binobarin, bu yerda ham inson mohiyati biz tabiatda uchratadigan uning tarixiy mavjudligidan oldinroq sodir bo‘lgan ekan».
Mumtoz adabiyotda, XX asr adabiyotida xarakter mohiyatini bexato anglash uzluksiz davom etgani holda sho‘ro adabiyotida xarakterni sayoz anglash va talqin qilish paydo bo‘ldi. Bunday nazariy chalkashlikning ildizi, avvalo Marks va Engels asarlarida ko‘rindi. K.Marks «Feyerbax to‘g‘risida tezislar»ining 6-bandida: «...insonning mohiyati ayrim individga xos bo‘lgan abstrakt emasdir. Haqiqat holida u barcha ijtimoiy munosabatlarning majmuidir», - deb yozgan.
Sho‘ro adabiyotshunoslitida, xususan, o‘zbek adabiyotshunosligida xarakter muammosi bir yoqlama - ijtimoiy munosabatlar majmuyi sifatida o‘rganildi. Matyoqub Qo‘shjonov tadqiqotlari yaratila boshlaganidan keyin ham xarakter haqidagi bir yoqlama fikrlarni aytish davom etdi. Bora-bora olimning maqolalari tilga tushdi, ilmiy-adabiy jamoatchilik diqqatini jalb etdi. Tanqidchi tilini uzun qilgan, jamoatchilik oldida obro‘sini oshirgan asosiy omil uning ilmi, mushohadasining kengligidir. «Yaxshi asarning xislatlarini ko‘rsatish uchun qay darajada did va mushohada kerak bo‘lsa, zaif asarning nuqsonlarini ko‘rsatish uchun ham shu darajada, balkim undan ham o‘tkirroq did va mushohada kerak bo‘ladi... Tanqidchi inkor qilib bo‘lmaydigan dalillarga suyanishi kerak bo‘ladi, toki uning fikrlarini yozuvchi tan olsin, kitobxon ishonsin. Dalilsiz tanqid quruq safsatadan boshqa hech narsa emas», - deb yozadi M.Qo‘shjonov. Olimning ilk kitobi «Masterstvo izobrajeniya xarakgerov v romanax Aybeka» (1959) deb ataladi. Keyinchalik u «Hayot va mahorat» (1962), «Jizn, xarakteri, masterstvo» (1963), «Oybek mahorati» (1965) kitoblarini yaratdi. Bu asarlar ruhi, ularda ko‘tarilgan muammolar, xususan, xarakter yaratish masalasi o‘zbek ada- biyotshunosligiga chuqur singib bordi. Yosh yozuvchilar, adabiyotshunosu tanqidchilar M.Qo‘shjonov qarashlari asosida xarakter yaratish muammosiga jiddiy e’tibor berib shakllana boshladilar.
Matyoqub Qo‘shjonovning o‘zbek tanqidchiligidagi katta xizmati shundaki, u sotsialistik realizm metodi, kommunistik mafkura adabiyot va adabiyotshunoslikda hukmron bo‘lib turgan bir paytda adabiy jamoatchilik va yoshlar diqqatini ilm o‘zaniga yo‘naltirdi. Boshqacha aytganda, ilmiy qarash, fanniy tafakkur mafkuraviy, siyosiy qarashlardan ustun kela boshladi. Matyoqub Qo‘shjonov mafkura maydonining yetakchilari bilan ilmiy qarashlari sohasida ziddiyat, kurashga kirishmadi. Aksincha, olim Oybek romanlarini, xususan, «Qutlug‘ qon»ni tahlil qilar ekan, Yo‘lchining inqilobchi bo‘lib yetishishi jarayonini kuzatadi. Olim tahlillari, kuzatishlari kitobxonni befarq qoldirmaydi. M.Qo‘shjonov «Navoiy» romanini talqin qilar ekan, ilmiy mantiqka, xarakter irodasi yo‘nalishiga e’tibor qaratdi. Uning ilmiy uslubi sotsrealizm metodidagi adabiyotshunoslik - tanqidchilikka, sirtdan qaraganda, zid kelmas edi. Lekin adabiyot sohasidagi mafkurachilar M.Ko‘shjonov qarashlarini qabul qilmas, ulardagi allaqanday ruh, asosga g‘ashlik qilardilar. Jiddiy o‘ylab ko‘rilsa, M.Qo‘shjonov na sotsrealizmga, na partiyaning adabiyot sohasidagi siyosatiga ko‘r-ko‘rona qarshi chiqmasa-da, ilmiy mantiq, olimona iroda yo‘nalishi bilan sotsrealizm, mafkura payini qirqib borar edi. Qizig‘i shundaki, M.Qo‘shjonov kommunistik partiya a’zosi sifatida sho‘ro davridagi bosh yo‘ldan chetga chiqmadi. Aksincha, uning maqola, kitoblarida partiya s’ezdi qarorlari, mafkuraviy da’vatlarga xayrixohlik bildirilar, rasmiy hujjat-maqolalardan iqtiboslar keltirilardi. Shubhasiz, M.Qo‘shjonov bu ishlarni atayin, yuqoridagilarga yoqish uchun qitmagan. M.Qo‘shjonovda ikki qarash o‘zaro kurashar, biri-birini yengishga intilar edi. Ulardan biri kommunist M.Qo‘shjonov qarashlari, bosib o‘ggan hayot yo‘li. M.Qo‘shjonov yoshligidanoq yangi tuzum ruhida tarbiyalanadi, sovet maktabida o‘qidi. Xarakteri jangchi shinelida toblandi.
Matyoqub Qo‘shjonov mohiyati uning ilmiy qarashlari, olimlik olamida ko‘zga tashlaiadi, Ilmiy haqiqatni ochishga intilar ekan, M.Qo‘shjonov fan mantiqiga, dalillar tahliliga beriladi. Ilmiy izchillik, tanqidchilikka sadoqat olimning mafkuraviy-partiyaviy qarashlaridan ustun keladi. Ilmiy faoliyatining asosi - xarakger yaratish muammosi uning o‘z tabatiga ham singab ketgan. M.Qo‘shjonov yarim asr davomida yuzlab maqolalar yozdi, ma’ruzalar o‘qidi, ellikka yaqin kitob yozdi. To‘g‘ri, hozir olim yarattan kitoblardagi hamma fikrlar, qarashlar beistisno zamonaga mos keladi deya olmaymiz. Lekin olimning xarakter haqidagi qarashlari, nazariy tadqiqotlari, bo‘sh asarlarni fosh etib yozgan o‘tli maqolalari hamon qiziqish bilan o‘qiladi.
Olim ijodini sinchiklab kuzatsangiz, qiziq holatlarga duch kelasiz. 50-60-yillarda M.Qo‘shjonov Oybek, Abdulla Qahhor, Abdulla Qodiriy roman, qissalaridagi asosiy xarakgerlarni tahlil qilgan bo‘lsa, keyinchalik yetuk o‘zbek roman, qissalari poetikasini keng ko‘lamda talqin qiladigan bo‘ldi. Mazkur ishlar asosida hamisha xarakterlar talqini masalasi turar edi. Olim xarakter muammosini turli rakurslardan yoritishga intildi: xarakterning barcha tomonlari, masalalarini ochdi. Nazarimizda, M.Qo‘shjonovning xarakgerni anglashdagi tushunchasi quyidagi ta’rifda o‘z ifodasini topganday: «Marksizm-leninizm ta’limoti shuni ta’kidlaydiki, har bir shaxs ijtimoiy hayot mahsulidir. Bu shak-shubhasiz, aksioma. Ammo har qanday jamiyat ham har bir shaxs taqdirini oldindan belgilab qo‘ymaydi. Har bir kishining ijtimoiy hayot negizidan, shuningdek, o‘zining individual xususiyatlaridan kelib chiqadigan, boshqalarnikini takror qilmaydigan, yaxshimi, yomonmi, o‘zining taqdiri, hayot yo‘li bor. Lekin ijtimoiy tuzum kishilar taqdirining mazmunini o‘zgartirib, ma’lum bir yo‘nalishga solib turadi». Mazkur ta’rif xarakter asosi-individual betakrorlik, tiynat, fitratni ham; xarakterda aks etadigan ijgimoiy munosabatlarni ham qamrab oladi, muhimi, sotsialistik realizm metodi adabiyotda hukmron bo‘lgan davr ruhiga ham zid kelmaydi. M.Qo‘shjonov ishlarida sotsrealizm metodi ijodkor erkini cheklashidan zorlanish yo‘q. Ayni vaqtda, olim zinhor sotsrealizm metodiyu mafkuraviy cheklanish doirasida qolib ketmaydi: ilmiy izchillik, masala mohiyatiga kirish M.Qo‘shjonov tadqiqotlarining asosini belgilaydi. Olim Bo‘taboy («Hukm» Said Ahmad), Yo‘lchi («Qutlug‘ qon» Oybek), Navoiy («Navoiy» Oybek), Saida («Sinchalak» A.Qahhor), Otabek va Kumush («O‘tkan kunlar» AQodiriy) xarakterini tahlil qiladimi, masala ildiziga kiradi-qahramon qalbining qa’ridagi asl xususiyatlarnn yuzaga olib chiqadi. Lekin olim mazkur qahramonlar xarakterining asosidagi iymon, insof, halollik, o‘zganing haqiga xiyonat qilmaslik singari fazilatlar asrlar davomida shakllanib borganligini ro‘y-rost aytmaydi. Kitobxonda shunday fikr paydo bo‘ladiki, ijobiy qahramonlar! aslida yaxshi edilar, ular zinhor o‘zgarmaydilar. Yo‘lchini Tantiboyvachcha bebiliska topilgan pulga o‘rgatmoqchi bo‘ladi, Nuri norgul yigit Yo‘lchini buzuqlik yo‘liga tortadi, lekin tabiati toza, iymoni butun Yo‘lchi qing‘ir yo‘llarga zinhor burilmaydi. Muhimi, Yo‘lchi Gulnorni Qora Ahmad panjasidan qutqarib olgach, qiz bilan yakka-yolg‘iz qoladi. Shu paytda ham Yo‘lchini shayton yo‘ldan urmaydi, u nafs rayiga erk bermaydi.
Sotsialistik realizm metodining mohiyati shunday ediki, u ijobiy fazilatlar yomonliklarga qarshi kurashda namoyon bo‘lishini taqozo etardi. Yo‘lchi, Navoiy, Saida singarilar mohiyati salbiy kuchlarga qarshi kurashda ochilmog‘i joiz edi. Mirzakarimboy, Husayn Boyqaro, Qalandarov singarilar ijobiy qahramonlarga nisbatan «charx» vazifasini o‘tashlari yoxud salbiy tomonlari bilan ko‘rinishlari kerak edi. M.Qo‘shjonov talqinni shunday olib boradiki, kitobxon salbiy qahramonlar tabiatida insoniy fazilatlar, o‘rnak bo‘ladigan tomonlar borligini his qila boradi.
M.Qo‘shjonovning xarakterni yoritishdagi o‘ziga xosligi uchta masalada aniq ko‘zga tashlanadi. Olim har bir asarida konkret vazifani belgilab oladi, Boshqacha aytganda, xarakgerni talqin qilishda yurilmagan «yo‘lakcha»dan boradi. «Sinchalak» qissasini talqin qilishga kirishar ekan, munaqqid-olim aniq maqsadni belgalaydi: «Kishi psixologizmini yaratishda A.Qahhor ijodida yana bir muhim xususiyat bor. Bu kishi ichki dunyosining dialektikasini chizishdan iboratdir. Bu ijodiy uslub yozuvchining ba’zi bir hikoyalarida ko‘zga tashlanadi. Uning «Sarob» romanida esa, bu uslub tendendiyasi kuchliroq seziladi. «Sinchalak» povestida bu holat o‘z kamolotiga erishdi». M.Qo‘shjonov «Sarob»ni ham, «Sinchalak»ni ham, o‘zi ta’kidlaganiday, ichki dunyo dialektikasi nuqgai nazaridan talqin qiladi. Lekin «Sinchalak» talkinidagi ruhiy dunyo dialektikasini ochish o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Tadqiqotchi mazkur tadqiqotida yozuvchi kechinmalarini qayta jonlantiradi yoxud kechinmadoshlik yo‘lidan boradi.
Badiiy asarni o‘qish, aslida, uni o‘zi uchun qaytadan ijro etishdir. Kitobxon asardagi voqea, holatlar ishtirokchisiga aylanadi; qahramonlarni jonlantiradi, harakatga keltiradi, ularning gap-so‘zlarini eshitadi, ruhiy holatlarini o‘zida his etadi. B.Tomashevskiy aytishicha, «kitobni o‘qib» biz uni «ichki nutq» shakliga keltiramiz yoxud uni gapirtiramiz, ovoz holiga keltiramiz.
Kitobxon qalbi asar ijro etila boshlagan sahnaga aylandimi, bilingki, qahramonlar ham kitobxon inon- ixtiyoriga o‘tgan hisoblanadi.
Badiiy asarni o‘qish, his qilish kitobxon-talqinchining yozuvchi olamiga kirib borishi jarayonidir. O‘qish, his etish olam hamisha emas, olamning ichida turib fikrlashdir. O‘qish-tadqinchining kechinmadoshlik holatidir. Boshqacha aytganda, badiiy asarni yaratishda yozuvchi ruhidan kechgan holatlar qayta jonlantiriladi. M.Qo‘shjonovning «Sinchalak» nomli tadqiqoti badiiy kechinmadoshlikning aniq qurinishidir. «Sinchadak» asarini yaratgan A.Qahhorni quyosh desak, «Sinchalak» tadqiqoti muallifini oyga tenglashtirish joiz: quyosh nuri oyga o‘tyapti. Oyning o‘ziga xos nuridan bahra oladiganlar qanchadan-qancha?!
Kechinmadoshlik - badiiy asar ruhini his etishdir. Badiiy asardagi voqea, hodisa, qahramonlar yodda saqlanadi, lekii asar ruhi uzoq saqlanmaydi. Kechinmadoshlik ruhini beruvchi talqinchi hamisha o‘zini matnga yaqin tutishi kerak bo‘ladi. M.Qo‘shjonov «Sinchalak» tadqiqotida qissadan ko‘plab iqtiboslar keltiradi. Talqinchining «Sinchalak» matniga bot-bot murojaat qilishi kitobxonga malol kelmaydi. Aksincha, talqinchi qarashlari asar matni bilan ko‘shilib, birlashib o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy ozuqa tayyorlaydi.
Matyoqub Qo‘shjonov ijodining betakror tomonidan yana biri shundaki, u hamisha badiiy matnni zaruriy ashyo deb biladi. «Qutlug‘ qon», «Navoiy», «Sarob», «O‘tkan qunlar», «Dunyoning ishlari», hatto «Odam qanday toblandi» asarlari haqidagi taqriz-tadqiqotlarda matn tahlili yetakchilik qiladi. Matnga yaqin bo‘lish - M.Qo‘shjonov asarlarining hayotiyligini, jozibasini belgilaydi. M.Qo‘shjonov nega sotsrealizm qonun-qoidalari doirasida qolib ketmadi, nega mafkuraviy da’vatlarga berilmadi? Olim hamisha jonli holat - badiiy matnga suyanib ish olib bordi. M.Qo‘shjonov yozishga emas, yozishdan oldingi holat - uqish, anglashga jiddiy e’tibor beradi. Nazarimda, M.Qo‘shjonov talqin qiladigan asarlari matnini yodlash darajasida o‘zlashtiradi.
«Munaqqidlik va adabiyotshunoslikka kirishimda o‘zimga yo‘l tanladim deb o‘ylayman. Moskvada o‘qigan paytlarimda matn ustida ishlashni o‘zimga shart qilib qo‘ydim. Shu maqsadda asarni o‘qib, «asar» yaratishga urindim. Aksariyat hollarda biror hikoyani 1-2 marta o‘qiyman-da, kitobni yopib o‘sha asarni qayta yozaman. Keyin asl matn bilan so- lishtiraman va yo‘l qo‘ygan kamchiliklarimni anglab olaman. Kamchiliklarimni hisobga olib ikkinchi marta yozishga o‘tiraman va yana matnga solishtiraman. Ko‘nglim to‘lguncha bu jarayon davom qiladi. Shu yo‘sinda matnga nisbatan muhabbat tuyg‘usi shakllandi menda. Asarni tahlil qilganda asl ma’noga nisbatan har bir so‘z, har jumla, har bir tinish belgisining o‘rni qay darajada ekanini anglaydigan bo‘ldim. Mening ilk bora «Zvezda Vostoka» jurnalida e’lon qilingan «Formirovaniye xaraktera» nomli maqolam shu uslubda yaratilgan. Hanuzgacha men shu uslubga sodiqman...
Men 50 yil davomida 40 ga yaqin kitob va risolalar, 500 ga yaqin maqolalar e’lon qildim. Umuman olganda, men ijodimdan qanoatlanaman... Menda qanoat hosil qilgan asarlarim asosan matn tahliliga bag‘ishlangan».
Sho‘ro davri o‘zbek tadqiqchiligida matnga beparvo munosabatda bo‘lish avj oldi. M.Qo‘shjonovga o‘xshash bir necha tanqidchilar matnni uqish, tahlil qilishni muqaddas bildilar. Olim badiiylik darajasiga yetmagan matnlarni tahlil qilishda ham shijoat ko‘rsatdi. Matnning badiiy emasligini aytish uchun bilim, uquv, mahoratdan tashqari jasorat, fidoyilik bo‘lishi kerak. M.Qo‘shjonov o‘z ijodi davomida qanchadan qancha matnlarning badiiy emasligini, emotsional ta’sirdan yiroq ekanligini ro‘y-rost aytdi. Mana shunday vaziyatda tanqidchi uslubining asosiy xususiyatlari ko‘zga yaqqol tashlanadi. Xo‘sh ular nimalardan iborat? Birinchidan, tanqidchining dadilligi, mas’uliyat burchini teran his qilishi. Zaif asarni hamma, jumladan, tanqidchilar ham o‘qiydi. Lekin ba’zi tanqidchilargina zaif asarning ojizligini ochiq-oydin aytadi. Boshqacha aygganda, tanqidchi ko‘ra-bila turib o‘zini o‘tga uradi, jangga kiradi. Yozuvchi ham odam, o‘z sha’ni uchun kurashadi. Qolaversa, yaxshimi - yomonmi asar-yozuvchi farzandi. Hatgo qo‘ng‘iz bolasini oppog‘im, tipratikon yumshog‘im degan ekan. Tanqid qilingan asar muallifi tanqidchini o‘z dushmani deb biladi. Shunday ekan, jang maydoniga kirish, xudbinona o‘ylaganda, o‘ziga dushman orttirish kimga zarur? Tanqidchining asli haqiqatni dadil, ro‘y-rost aygishi, jangovarligi bilan taniladi. Jangovarlik tanqidchining bosh belgisi emas. Shunday tan- qidchilar bo‘lganki, jangovorligi bilan tanilgan bo‘lsa-da, tanqid qilinayotgan asar haqida asosli fikr-mulohaza aytolmay mulzam bo‘lgan. Matyoqub Ko‘shjonov nafaqat jangga dadil kiradi, u raqibi kuragini yerga tekkazadi: shunday dalil, isbotlar keltiradiki, kitobxon asarning zaif ekanligiga ishonadi. Tanqid qilinayotgan asar muallifi, tilida bo‘lmasa-da, dilida tanqidchiga tan beradi. Tanqidchini g‘alabaga olib kelgan asosiy omil uning bilimi, mushohadasining kengligidir. M.Qo‘shjonov Yu.Shomansurning «Qora marvarid», Sayyoriing «Hulkar» qissalar to‘pla- mini, Mirmuhsinning bir qancha asarlarini, Ibrohim Rahimning «Odam qanday toblandi» romanini asosli tanqid qilgan. I.Rahim romanining tanqidi uchun munaqqid g‘aroyib usul tanlagan. U yozuvchini maydonga taklif qilgan, fikrlarini ochiq xat shaklida, betga aytganning zahri yo‘q qabilida ifoda etgan. Dalil sifatida M.Qo‘shjonovning «Davr talabi va ijod mas’uliyati» (Ibrohim Rahimga ochiq xat) maqolasidan ko‘chirma keltiramiz:
«Siz suddan keyin uni («Odam qanday toblandi» romanining qahramoni Erkin haqida gap boryapta - A.R.) katta qurilishga ketayotgan yo‘lovchilarga qo‘shib qo‘yasiz. Mana o‘sha satrlar. «Orqamdan gruzovik keldi. Kuzovda besh-olti odam. Meni o‘z yonlariga taklif qilshdi. Qayoqqa borishlarini ham so‘ramay ularga qo‘shilib oldim».
Nega yo‘lovchilar uni taklif qilishdi? Yo‘lda boshqalar ham bor edi-ku! Nega u surishtirmasdan mashinaga chiqadi? Nahotki uning uchun qayoqqa ketishning farqi bo‘lmasa? Telba odamlargina shunday qilishi mumkin. Siz «qahramonning holati shunddy edi» dersiz. Unday bo‘lsa, qani o‘sha holat tasviri? Ko‘ramizki, qahramonning xatti-harakati uning ichki ruhiyasidan uzoqda. Siz uni GRES qurilishiga jo‘natmoqchisiz, uni yo‘lga chiqardingiz, yuk mashinasini to‘xtatdingiz, ichidagi odamlarga taklif qildirdingiz, uni mashinaga chiqarib qo‘ydingiz... Manzilga yetib borgach ham taklif qilganlar «biz bilan ishlayverasan...» deyishdi. U «eng shimarib ishga» tushadi. Qahramoningiz buncha oson кo‘nuvchan bo‘lmasa?!...».
Munaqqid nazariy lavhalar yaratadimi, adabiy sharhlar bitadimi, taqriz yozadimi, hamisha xarakter muammosini diqqat markazida tutadi. M. Qo‘shjonovda ziyrak odamlarga xos his etish (intuitsiya) tuyg‘usi kuchli. 70-yillarda u interpretatsiya ta’limoti kuchayayotganini his qildi, ma’no badiiy asardagi asosiy mohiyat ekanligini angladi. 1974 yilda yaratgan asarini «Ma’no va mezon», 1977 yilda chop etgirgan to‘plamini «Mohiyat va badiiyat» deb atadi. «Ma’no va mezon» kitobida. eng ko‘p qo‘llangan so‘z «ma’no»; «umuman ma’no izlab topish»; «katga ma’no baxsh etmasdan»; «qissalarda ma’no bordek sezilsa»; «Ma’noning shu xilda tarqoq bo‘lishi ham ma’nosizlikning bir ko‘rinishidir»; «Tarixdan ham ma’no izlash zarur»; «degan ma’no chiqarayotgandek bo‘ladi»; «shu ma’noda asar yaxshi niyat bilan yozilgan».
M.Qo‘shjonov ma’no haqida ko‘p gapiradi-yu, fikrni talqinu baholashga emas, asar g‘oyasiga keltirib bog‘laydi. Lekin ba’zan olimdagi ichki sezish talqinning muhim o‘zagini anglaydi:
«Demak, har bir asarga va har bir obrazning talqiniga konkret shu obraz ma’nosi, umuman asar ma’nosi, unda tasvirlanayotgan go‘zallik talabi nuqtai nazaridan yondashilsagina to‘g‘ri xulosa chiqarish mumkin».
Qarangki, XX asrning 70-yillarida M.Qo‘shjonov to‘lib-toshib ijod qilayotgan, tadqiqotlar yaratayotgan paytda G‘arbiy Yevropa, anglo-amerika adabiyotshunosligida retseptiv estetika, gsrmenevtika, aksiologiya, strukguralizm hakida yangidan-yangi nazariy-metodologik qarashlar taraqqiy etayotgan edi. M.Qo‘shjonov xorijdagi adabiyotshunoslik, estetikaning ilg‘or yutuqlaridan to‘la xabardor emas edi. Lekin u ma’no va mezon, qalb va qiyofa, matnda so‘zning o‘rni, vazifasi haqida shunday qarashlarni bildirdiki, ular strukturalizm. ekzistensializm singari qarashlar bilan uyg‘unlashib ketdi. Olimning bunday ziyrakligi, nazariy qarashlar ildizini ko‘ra bilishi uning o‘ziga, o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligiga katta naf keltirdi. M.Qo‘shjonov o‘z kuchi, imkoniyatlarini yaxshi bilardi. U «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2002 yil 3 va. 10 maydagi sonlarida «Yelkam yer ko‘rmadi» maqolasida yangilikka intilish, ilmiy teranlikka yo‘nalish hamishalik yo‘ldoshi bo‘lganini yozadi.
M.Qo‘shjonov usluban tarkibshunos (strukturalist) munaqqid edi. O‘zining e’tiroficha, «matn tahlili, birinchidan, so‘zni his qilish, uning o‘rni, vazifasi, ma’no yukini aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, matn mohiyatini anglash - yozuvchi kechinmalarini qayta his qilish. Uchinchidan, matndagi so‘z, ohang, pafosni anglash - asar yutug‘i, kamchiliklarini aniq-tiniq ko‘rish kaliti.
M.Qo‘shjonov hayotining so‘nggi 14 yili Mustaqillik davrida kechdi. Bu davrda u o‘z qalbini «O‘zbekning o‘zligi», «A.Qodiriy - erksizlik kurboni», «Abdulla Oripov» singari ilmiy, «Dagish”, “Armon”,”Alam”, “Diydor” singari asarlarida to‘laligicha ifadalay oldi.



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə