O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə6/108
tarix05.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#104262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
f6726ecde0adb5d0e687f4a0a68c2437 O`ZBEK ADABIY TANQIDI TARIXI

Adabiy tanqidchilik ilmiy-estetik hodisa sifatida. O‘zbek adabiy tanqidchiligi rang-barang, barakali, lekin murakkab, og‘ir yo‘lni bosib o‘tdi, undagi ijobiy va salbiy hodisalarni tarixiylik talablari asosida haqqoniy tahlildan o‘tkazish zarur. Endi har bir ishimizda milliy mafkura asos bo‘lishi kerak. Chunki "milliy mafkura, avvalambor o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifaparni qamrab oladi.


3-Mavzu: O’zbek adabiy tanqidchilik janrlari
Reja:

  1. O‘zbek adabiy tanqidining janriy tasnifi.

  2. Taqriz janrining estetik tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni.

  3. Maqola istilohi haqida, maqola janrining tabiati.

  4. Tarixiy-biografik yondashuvga asoslangan adabiy-tanqidiy janrlar.

  5. Adabiy muloqotga asoslangan janrlar.



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



    1. Валихўжаев Б. Ўзбек адабиётшунослиги тарихи (X-X1X асрлар). T.: Ўзбекистон, 1993.

    2. Назаров Б. ва бошқалар. Ўзбек адабий танқиди тарихи. T. Чўлпон НМИУ. 2012

    3. Расулов А. Badiiylik – bezavol yangilik. T.: Фан, 2006

    4. Ўзбек адабий танқиди. Антология. Т. TURON-IQBOL. 2011

    5. Норматов У. Ижод сеҳри. Шарқ. 2007.



Mavzuga oid qisqacha annotatsiya
Mumtoz adabiyotimiz ko’lami va miqyosi jihatidan qanday rivojlangan bo’lsa, bu davrda adabiy tanqidchilik ham shunday ravnaq topganligini ko’rishimiz mumkin. Akademik B. Valixo’jaev bu davr tanqidchiligi taraqqiyotini va uning janrlar tarkibini ikki yo’nalishda ta’kidlab o’tadi. 1. Bavosita janrlar. Bunga tanqidchilikka daxli bo’lmagan.ammo tarkibida adabiy- tanqidiy fikrlar yuritilgan asarlar. 2.Bevosita janrlar. Bunda adabiy tanqidning o’zak masalalari aks etgan alohida nazariy- tanqidiy asarlar nazarda tutilgan.
Tanqid janrlarini shartli ravishda ikki yo‘nalishga – adabiy jarayonni hamda yozuvchi hayoti va ijodi masalalarini yorutuvchi yo‘nalishlarga ajratish mumkin. Ammo mazkur bo’linish o‘ta shartli, chunki adabiy jarayonni yorutuvchi sof janrlar bo‘lmaganidek, faqat ijodkor hayoti va ijodini ochishga xizmat qiladigan janrlar ham yo‘q. Haqiqatan ham, tanqidchilik janrlari qaysi janrda bo’lmasin, bevosita adabiy jarayon bilan bog‘liq holda ijodkor va uning asari haqida fikr yuritadi.
Ma’lumki, o’tmishda adabiyotshunoslik va adabiyot tanqid tushunchalari o’zaro chambarchas bog’liq bo’lib, adabiyotshunoslik atamasi hozir ishlatayotganimiz shaklda uchramaydi. Adabiy tanqidchilikdagi janr va shakllar xususida adabiyotshunos olimlar Boturxon Valixo’jayev va Abdug’afur Rasulovlar ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Shuning uchun ham biz mazkur mavzuni yoritishda ularning darslik va ilmiy maqolalari, maruza matnlari manbalariga asoslanib ish kurdik. “Tanqid” arabcha-naqada so’zidan tashkil topgan bo’lib, muhokama qilmoq, topshiriq, o’rganmoq, nimaningdir haqqoniyligi va to’g’riligini isbotlamoq, yutuq va kamchiliklarni belgilamoq va nihoyat, badiiy asarni tahlil qilish, izohlash kabi ma’nolarni ifodalaydi. Demak, bu hol tanqid tushunchasi doirasining kengligi, uning hayotdagi barcha hodisa-voqyealarga tegishli ekanini ko’rsatadi. Shu jihatdan tanqid hayotning qaysi bir sohasiga tegishli bo’lsa, u shu nom bilan ataladi. Jumladan, ijtimoiy tanqid, iqtisodiy tanqid va hokazo.
San’atning turli-tuman sohalari va uning o’ziga xos xususiyatlari nazarga olinib, hozirgi kunda har bir sohaga tegishli tanqid bir-biridan farq qiladi. Bunga teatr tanqidi, kino tanqidi va boshqalarni misol tarzida keltirish mumkin. San’atning sohalaridan biri bo’lmish adabiyot bilan bog’liq bo’lgan tanqid-adabiy tanqid deb nomlanadi. Chunki adabiy tanqidning qiziqish doirasini so’z orqali o’ymakorlarcha tasvirlash san’ati hisoblangan adabiyot tashkil etadi. Adabiy tanqid, bir tomondan, badiiy tanqidning shakllaridan hisoblansa, o’ziga xos xususiyati - adabiyot uning qiziqish doirasi bo’ladi. O’tmish adabiy tanqidchiligini 2 guruhga bo’lish mumkin: Birinchi guruh: 1) Faxriya, 2) She’riy parchalar-g’azalning ayrim baytlari, qit’a, soqiynoma, kichik masnaviy; 3) Ilmi adabga bag’ishlangan asarlar; 4) Dostonlarning ayrim boblari; 5) Tarixiy va tarixiy-esdalik asarlar; 6) Nasihatnomalarni kiritish mumkin.
2- guruh. Bevosita “janr”lar, ya’ni adabiyotshunoslik va adabiy tanqid masalalaridan bahs yurituvchi asarlar guruhi. Bu guruhga: 1) Tazkira; 2) Manoqib-holatlar, Faxriya; 3) Aruz, qofiya va she’riy san’atlarga bag’ishlangan risllalar; 4) Debocha; 5) Ro’znoma va oynomalarda (XIX asrning II yarmi va XX asrning avvali) e’lon qilingan taqriz va ixcham maqolalarni keltirish mumkin. Ikkinchi guruhga kiritilganlarni o’tmish adabiyotshunosligi va adabiy tanqidning maxsus janrlari sifatida qarash mumkin.
Tazkira-arabcha zikr so’zidan olingan bo’lib, esdalik daftari ma’nosini anglatadi. XIII asrda Muhammad Avfiy Buxoriyning “Lubob ul-albob” (“Bilimlar mag’zi”) tazkirasi yaratilgan. Muhammad Avfiy aslan Buxorolik bo’lib, Samarqandda yashab, keyinchalik Xurosonga safar qilib va, nihoyat, Hindistonda turg’un bo’lib qolgan adiblardandir. Uning “Lubob ul-albob” tazkirasi 1221 yilda hind o’lkasida yozib tugatilgan. Taskirada she’r va shoirlar xususiyatlariga bag’ishlangan alohida boblardan tashqari uch asr mobaynida yashab ijod etgan 300 shoirlarning tarjimai holi va ijodi haqida ma’lumot hamda asarlardan namunalar keltirilgan. Muallif shoirlarni zikr etar ekan, o’sha davrdagi jarayonda mavjud bo’lgan ikki yo’nalishni ta’kidlab, bir guruh shoirlar ijodiyotini Rudakiy uslubiga (“Ravoni Ro’dakiy) mansubligini qayd qilsa, boshqa bir guruhdagi shoirlar ijodiyotini Unsuriy uslubiga (“Ravoni Unsuriy”) mansub deb biladi. A.Navoiyning “Majolisun-nafois”i XV asr adabiy muhiti, aniqrog’i shu asrning 39-90 yillari orasida faoliyat ko’rsatayotgan 459 shoir haqida ma’lumot beradi.
20-yillardan boshlangan o’zbek professional tanqidchiligi taqriz, adabiy obzor, problematik maqola, badia, xotira-memuar, tanqidiy-biografik ocherk, adabiy portret, ilmiy-biografik tadqiqot singari janrlar, taqriz-maktub, taqriz-bahs, taqriz-monografiya, maqola-dialog, maqola-suhbat, portret chizgilari, adabiy o’ylar singari shakllardan keng foydalanib keldi.
Tanqidchilik janrlarini shartli ikki guruhga bo’lish mumkin.
1.Adabiy jarayonni tahlil etuvchi janr va shakllar.
2.Yozuvchining hayoti va ijodi masalalarini yorituvchi janr va shakllar.
Umuman, adabiy jarayonni yorituvchi “sof” janrlar bo’lmaganiday, faqat ijodkor hayoti, ijodini ochishga xizmat qiladigan janrlar yo’q. Tanqidchilik va adabiyotshunoslik adabiyot tarixi bilan o’zviy birlik va bog’liqda rivojlangan. O’zbek adabiyoti tarixida adabiyotshunoslikka oid asarlarni, adabiy jarayon haqida ma’lumot beruvchi tazkiralar biz yuqorida qayd etib o’tgandik. Adabiyotshunoslik va tanqidchilikka oid asarlar janrini biz endigina belgilamoqdamiz. Bunda Navoiy, Boburlar ilmiy-nazariy tadqiqot yaratganligini, “Majolisun-nafois” adabiy portret va portret chizgilaridan tashkil topganligini, “Boburnoma”da, Ogahiy, Munis asarlarida xotira, portret chizgilari janrlari diqqatni jalb qilishligini, nihoyat klassik adabiyotda biografik asarlar paydo bo’lganligini nazarda tutmoqdamiz. XX asr arafasida taqriz, maqola singari janrlar vaqtli matbuotda uchray boshlaganligini aniq faktlar misolida aytish mumkin. Asrimiz boshlarida talay gazeta va jurnallar chop etildiki, ular tanqidchilik janr va shakllarining paydo bo’lishi, rivojlanishiga hissa qo’shdi.
Taqriz Adabiy tanqidning eng qadimiy janri. V.G.Belinskiyning “Aqllilik balosi”, A.S.Griboyedov asari, “Zamonamiz qahramoni. M.Lermontov asari”, N.G.Chernishevskiyning “Kambag’allik ayb emas. A.Ostrovskiy komediyasi”, “N.Ogoryov she’rlari”, N.A.Dobrolyubovning “Zulmat ichra nur” singari monografik taqrizlari qimmatbaho uzukka qo’yilgan bebaho ko’z vazifasini o’tadi. Shoh asar shuhratini yetuk taqrizlar avloddan avlodga yetkazganday, tanqidchilikning toji bo’lgan maqolalar taqrizlarning uzoq “umr” ko’rishida o’lmas asarlarning hissasi katta. Demak, taqriz-tanqidchi qalamining qayroqi, “tanqidchining tikonli guli” (I.G’afurov), tanqidiy bahoning izchil o’lchovi, adabiy talqinning lo’nda, siqiq ko’rinishi. Har zamon ruhi taqrizda aks etadi. 20-50-yillar tanqidchiligida, xususan, taqrizda vulgar-sosiologik qarash aks etdi. Asarning qanday yozilganligidan ko’ra u kim tomonidan yaratilganligiga e’tibor berildi. Taqrizchi asarning g’oyaviy asosi, qahramonlarning qaysi sinf vakili ekanligi, sosialistik realizm metodi talablariga qanchalik mosligi singari masalalarga birma-bir to’xtalish joiz edi. Taqrizlar g’oyaviy-estetik yaxlitdan ko’ra, anketa savollariga javobga o’xshab qolardi. 60-yillardan boshlab o’zbek tanqidchiligida g’oyaviy-estetik tahlil jonlana bordi. 60-yillardan boshlab, hayotimizda demokratiya, oshkoralik ruhi aniq sezila boshlandi. “Sinchalak”, “Muqaddas”, “Qadrim”, “Qaro ko’zlar”, “Sevgim, sevgilim” singari asarlarga yozilgan taqrizlar sistemali tahlil, asarning badiiy-estetik mohiyatini ochishga harakat sezildi. “Ulug’bek xazinasi” romani yaratilgach, tanqidchilikning diqqati shu asarga qaratildi. P.Shermuhammedovning “Ulug’bek xazinasi” (“Sovet O’zbekistoni”, 1973 yil 26 avgust), N.Xudoyberganovning “Ikki hayot, ikki o’lim” (Toshkent oqshomi”, 1973 yil 14 sentyabr), I.G’afurovning “Roman tarix oynasi” (“O’zbekiston madaniyati”, 1974 yil 6 avgust) taqrizlari bosildi. Mazkur taqrizlarda g’oyaviy-estetik tahlil, har bir munaqqidning uslubi, nihoyat, turg’unlik yillarining ayrim belgilari aks etdi. P.Shermuhamedov taqrizida roman tili masalasi, N.Xudoyberganov maqolasida qarama-qarshi obrazlar qiyosi, I.G’afurov ishida romandagi uslubiy toblanishlar har xilligiga urg’u beriladi. G’oyaviy-badiiy mukammal asarlar haqida ijobiy taqriz yozilsa, yaxshi asarni “a’lo” deb ulug’lansa, unga katta gunoh bo’lmaydi. O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi yetuk tanqidchilar tomonidan yuksak baholandi. O.Sharofiddinov “Ona” (“O’zb. Adabiyoti va san’ati) gazetasi, 1982 yil 23-son), M.Qo’shjonov “Onaga ta’zim” (“Qishloq haqiqati” gazetasi, 1982 yil 66-son), S.Mirvaliyev “Ona haqida qo’shiq” (“Yosh leninchi gazetasi, 1982 yil, 23-son), B.G’ulomov “Mehr dostoni” (“Toshkent oqshomi” gazetasi, 1982 yil, 23-son) taqrizlarida “Dunyoning ishlari” qissasidagi yuksak badiyilikni, emosional ta’sirlilikni alohida ta’kidladilar. Tanqidchi N.Xudoyberganov “Me’yor va tasvir” maqolasida “Dunyoning ishlari” yaxshi asar ekanligini tan oladi-yu, biroq uning o’ta maqtab yuborilishiga, qissa muallifini, o’zbekning Aytmatovi, Markesi darajasiga ko’tarib qo’yilishiga qarshi chiqadi. N.Xudoyberganov asarda kamchilik bor ekanligini his qiladi, lekin u nimalarda ko’rinishini aniq aytib berolmaydi. Turg’unlik yillarining illatini taqriz janriga munosabat, uning adabiy jarayondagi o’rnida aniq sezish mumkin. Turg’unlik yillari (70-80) taqrizchiligida ofarinbozlik, ko’tar-ko’tarchilik ruhi yetakchilik qildi,-deb to’g’riqayd etiladi Norboy. Xudayberganov va Abdug’afur Rasulovlarning «O’zbek adabiy tanqidchiligi tarixi»darsligida.-O’rtaga, hatto yaroqsiz asarlar haqida maqtov taqrizlar bosildi. 70-80-yillardagi taqrizlarga qarab o’zbek adabiyoti haqida fikr yuritsak, bizda kashfiyot, nodir, mo’jiza asarlar to’lib-toshib ketdi. Bo’sh asarlar bo’sh taqrizlarda, havaskor tanqidchilar tomonidan maqtalsa, uni tushunish mumkin. Yomoni shundaki, estetik didi yuksak, kitobxonni o’z og’ziga qaratib o’rgangan tanqidchilardan M.Qo’shjonov, I.G’afurov, N.Xudoyberganov, O.Abdullayev, U.Normatovlar “Navro’z”, “Momaqaldiroq” (N.Safarov) “So’nggi barxan”, “Degrez o’g’li”, “Chotqol yo’lbarsi” singari asarlarga maqtov taqrizlar bitdilar. O’rtamiyona asarlar ko’paya borgani, maqtov taqrizlar soni orta borgani sayin tanqidchilikda tang ahvol yuzaga keldi. Tanqidchi Rafael Mustafin “taqriz-so’z bilan berilgan pora” degan aybnomani aytgan edi. Ustiga ustak taqrizni adabiy-tanqidiy janrdan chiqarib tashlashni taklif qildi. Emishki, taqriz adabiy-tarixiy jarayondan chetda turib metodologik asoslarga suyanmasdan yaratiladigan, demakki, ilmga aloqasi yo’q janr deb ham e’lon qildilar (“Voproso’ lit-ro’ “ jurnali, 1985, 10-son, 76-bet). Taqriz madhiyabozlik, oshna-og’aynichilik kasriga qolib yomon otliq bo’ldi. Lekin u adabiy jarayondagi o’rnini zinhor yo’qotmadi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə